Bank Moliya xizmatlari


Download 1.02 Mb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1537839
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hamkorbank ATB hisobot 2


O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Samarqand Iqtisodiyot va servis institute
“Bank Moliya xizmatlari” fakulteti
Bank ishi yo’nalishining 4-kurs talabasi
Ismoilov Elshodning Malakaviy Amaliyoti
Yakuniga doir tayyorlagan

HISOBOTI
Amaliyotning ob‘ekti __ Agrobank ATB Vobkent tuman filiali


Korxonadan tayinlangan rahbar: __ ___
(f.i.o.) (imzo)
Kafedradan tayinlangan rahbar: __ __
(f.i.o.) (imzo)

Hisobot topshirilgan sana _______


Kun oy yil
Hisobotning ro‘yxat raqami № ___
Hisobot bahosi___ ____
Ball %

Reja
Kirish



  1. Cheki Hamkorbank ATB ning kelib chiqishi va rivojlanishi



  1. Hamkorbank ATB ning hozirgacha bo’lgan yillari bo’yicha yutuqlari



  1. Bankning missiyasi va strategiyasi



  1. Bankning xizmat turlari



  1. HAMKOR MOBILE ilovasi va uning imkoniyatlari



  1. Bankning sho’ba korxonalari

Hulosa va takliflar

Foydalanilgan adabiyotlar







Bank tо‘g‘risida
Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan yirik xususiy banklardan biri. Bank Respublikaning barcha ma’muriy hududlarini qamrab olgan 153 ta bank xizmatlari ofislariga ega.

Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bankning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Bank mamlakat moliya bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini yuqori qoʻyadi.

Mikromoliyalash, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish, savdoni moliyalashtirish va institutsional rivojlanish uchun texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 15 yildan ortiq davr mobaynida muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi Hamkorbank ishonchliligi va barqarorligining muhim koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.


Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borish va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonish xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonchning tobora oʻshib borayotganligining dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC), Gollandiya taraqqiyot banki (FMO) va responsAbility Investitsion kompaniyasi tomonidan xarid qilinishi buning isbotidir.


Hamkorbank ATB ning 1992-2001 yillar oralig’idagi yutuqlari



  • “Тoshkent” Respublika birjasiga a’zo bo’ldi

  • Rossiya banklari assotsiatsiyasiga a’zo bo’ldi

  • O’zbekiston Respublika valyuta birjasiga a’zo bo’ldi

  • O’zbekiston banklari assotsiatsiyasiga a’zo bo’ldi

  • Filiallar tarmog’ining shakllanishi boshlandi

  • Nomi “Hamkorbank” AТB ga o’zgartirildi

  • Хalqaro audit o’tkazildi

  • Jahon banki qishloq xo’jaligi korxonalari tuzilmasini qayta tashkil etish birinchi kredit liniyasini taqdim etdi

  • YeBRR mikromoliyalashtirish uchun birinchi kredit liniyasini taqdim etdi

  • "Korporativ etika Kodeksi" qabul qilindi

  • Uzoq muddatli korporativ obligatsiyalar ilk bor chiqarildi

  • O'zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasiga a’zo bo’ldi

2010

  • "Hamkorbank" ning aksioneri bo’lgan xalqaro Moliya Korporatsiyasi Osiyo Тaraqqiyot Banki, xususiy sektorni rivojlantirishning Islom Korporatsiyasi, R-Style Softlab Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlik qila boshladi


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling