Bank Moliya xizmatlari
Download 1.02 Mb.
|
Hamkorbank ATB hisobot 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank tо‘g‘risida
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand Iqtisodiyot va servis institute “Bank Moliya xizmatlari” fakulteti Bank ishi yo’nalishining 4-kurs talabasi Ismoilov Elshodning Malakaviy Amaliyoti Yakuniga doir tayyorlagan HISOBOTI
Korxonadan tayinlangan rahbar: __ ___ (f.i.o.) (imzo) Kafedradan tayinlangan rahbar: __ __ (f.i.o.) (imzo) Hisobot topshirilgan sana _______ Kun oy yil Hisobotning ro‘yxat raqami № ___ Hisobot bahosi___ ____ Ball % Reja
Cheki Hamkorbank ATB ning kelib chiqishi va rivojlanishi Hamkorbank ATB ning hozirgacha bo’lgan yillari bo’yicha yutuqlari Bankning missiyasi va strategiyasi Bankning xizmat turlari HAMKOR MOBILE ilovasi va uning imkoniyatlari Bankning sho’ba korxonalari Hulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar Bank tо‘g‘risida Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan yirik xususiy banklardan biri. Bank Respublikaning barcha ma’muriy hududlarini qamrab olgan 153 ta bank xizmatlari ofislariga ega. Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bankning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Bank mamlakat moliya bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini yuqori qoʻyadi.
Mikromoliyalash, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish, savdoni moliyalashtirish va institutsional rivojlanish uchun texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 15 yildan ortiq davr mobaynida muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi Hamkorbank ishonchliligi va barqarorligining muhim koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borish va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonish xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonchning tobora oʻshib borayotganligining dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC), Gollandiya taraqqiyot banki (FMO) va responsAbility Investitsion kompaniyasi tomonidan xarid qilinishi buning isbotidir. Hamkorbank ATB ning 1992-2001 yillar oralig’idagi yutuqlari “Тoshkent” Respublika birjasiga a’zo bo’ldi Rossiya banklari assotsiatsiyasiga a’zo bo’ldi O’zbekiston Respublika valyuta birjasiga a’zo bo’ldi O’zbekiston banklari assotsiatsiyasiga a’zo bo’ldi Filiallar tarmog’ining shakllanishi boshlandi Nomi “Hamkorbank” AТB ga o’zgartirildi Хalqaro audit o’tkazildi Хalqaro Moliya Korporatsiya (ХMK) hukumatning kafolatisiz birinchi kreditni taqdim etdi Jahon banki qishloq xo’jaligi korxonalari tuzilmasini qayta tashkil etish birinchi kredit liniyasini taqdim etdi YeBRR mikromoliyalashtirish uchun birinchi kredit liniyasini taqdim etdi "Korporativ etika Kodeksi" qabul qilindi Uzoq muddatli korporativ obligatsiyalar ilk bor chiqarildi O'zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasiga a’zo bo’ldi 2010 "Hamkorbank" ning aksioneri bo’lgan xalqaro Moliya Korporatsiyasi Osiyo Тaraqqiyot Banki, xususiy sektorni rivojlantirishning Islom Korporatsiyasi, R-Style Softlab Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlik qila boshladi Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling