Bank operatsiyalari va ularni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarning xuquqiy asoslari
Bank hisob-kitobi shartnomasi (bitimi) va uning fuqarolik huquqiy jihatlari
Download 31.87 Kb.
|
1 2
Bog'liqbank huquqi joriy
Bank hisob-kitobi shartnomasi (bitimi) va uning fuqarolik huquqiy jihatlari. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining asosiy elementlaridan biri bu hisobkitob shakllaridir. O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar, akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar, inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar, cheklar bilan hisob-kitob shakllarda amalga oshiriladi: 35 Naqd pulsiz hisob-kitoblarda to‘lov vositasi sifatida plastik kartochkalardan ham foydalaniladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining asosiy elementlaridan biri bu hisob-kitob hujjatlaridir. Naqd pulsiz hisob-kitoblar shaklining har birida alohida hujjatlar ishlatiladi.Naqd pulsiz hisob-kitoblarning to‘lov topshiriqnomasi shaklida to‘lov topshiriqnomasi, akkreditiv shaklida akkreditivga arizadan foydalaniladi. SHu bilan birga, inkasso shaklida inkasso operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan ikkita hujjat, ya’ni inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasidan foydalaniladi. Bank ichki operatsiyalarida memorial order, cheklar bilan hisob-kitoblarda hisob-kitob cheklari yordamida operatsiyalar bajariladi. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi tijoratchi tashkilotlar hamda turli notijorat tashkilotlari, byudjet muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar naqd pulsiz, tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Ana shunday hisob-kitoblar amalga oshirilishi bank biror mijozining hisobvarag‘idan pul mablag‘larini belgilangan tartibda boshqa mijoz yuridik yoki jismoniy shaxs, yakka tadbirkor tashkilot, firma va boshqalar hisobvarag‘iga ko‘chirish orqali amalga oshiriladi. Har bir mijoz hisob-kitob operatsiyalari amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan hisobvarag‘lariga ega bo‘lmog‘i lozim. YUridik va jismoniy shaxslarga o‘zlari istagan bank muassasasida hisobvarag‘i ochish xuquqi berilgan. Banklarda hisobvarag‘ ochish mijozning bankka murojaat qilishi va shu asosda bank hamda mijoz o‘rtasida maxsus hisobvarag‘ shartnomasi tuzilishi orqali amalga oshiriladi. 352013 yil 13 iyunda 2465-son bilan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida”gi Nizom. 166 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 771-moddasida bank hisobvarag‘i shartnomasiga ta’rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra: Bank hisobvarag‘i shartnomasi bo‘yicha bir taraf – bank yoki boshqa kredit muassasasi ikkinchi tarafning – mijozning (hisobvaraq egasining) hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilish va kiritib qo‘yish, mijozning hisobvaraqdan tegishli summalarini o‘tkazish va to‘lash hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi farmoyishlarini bajarish majburiyatini oladi. Bank muassasalaridan boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ularga berilgan litsenziya asosida hisob-kitob ishlari amalga oshirilgani chog‘da ham hisobvarag‘i shartnomasiga oid yuqoridagi qoidalar tatbiq qilinishi nazarda tutilgan. Bank o‘z mijozi hisobvarag‘idagi mablag‘lardan foydalanishi mumkin. Biroq, mijozning birinchi talabi bilanoq mablag‘ unga qaytarilishi yoki uning tomonidan ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sarflanishi imkoniyati yaratilishi lozim. Bank mijozning bank hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan pul mablag‘laridan mavjud bo‘lishini hamda hisobvaraq egasining ushbu mablag‘larni hisobvaraqda turgan summalar doirasida moneliksiz tasarruf etish xuquqini kafolatlagan holda foydalanishi mumkin. Mijoz bankdagi hisobvaraqda turgan o‘z pul mablag‘larini mustaqil tasarruf etadi. Bank mijozning pul mablag‘laridan qay tarzda foydalanishni belgilashga va nazorat qilishga hamda uning pul mablag‘larini o‘z hohishiga ko‘ra tasarruf etish xuquqlariga qonunda yoki bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas. Bank hisobvarag‘i shartnomasi bank tomonidan mijozga yoki u ko‘rsatgan shaxsga bankda taraflar kelishgan shartlarda hisobvaraq ochish yo‘li bilan tuziladi. Yuridik shaxslar va fuqarolar o‘zlariga hisob-kitob va kassa xizmati ko‘rsatiladigan banklarni mustaqil tanlaydilar hamda bitta bank ham, shuningdek bir nechta bank bilan ham bank hisobvarag‘i shartnomalari tuzishlari mumkin. 167 Bank muayyan turdagi hisobvaraqlar ochish uchun e’lon qilingan, qonunda va qonunga muvofiq belgilab qo‘yilgan bank qoidalarida nazarda tutilgan tegishli talablarga mos keladigan shartlar asosida hisobvaraq ochishni taklif qilib murojaat etgan mijoz bilan bank hisobvarag‘i shartnomasi tuzishi shart.Bank tegishli operatsiyalarni amalga oshirish qonunda, bankning ta’sis xujjatlarida va unga berilgan litsenziyada nazarda tutilgan hisobvaraqni ochishni rad etishga haqli emas, ana shunday rad etishga bankda bank xizmati ko‘rsatishga qabul qilish imkoniyati yo‘qligi sabab bo‘lgan hollar bundan mustasno. Bank, bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzishdan asossiz ravishda bosh tortgan taqdirda, mijoz uning oldiga ushbu Kodeks 377-moddasining oltinchi va ettinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqli. Mijoz nomidan hisobvaraqdagi mablag‘larni o‘tkazish va berish haqidagi ko‘rsatma beradigan shaxslarning xuquqlari mijoz tomonidan bankka qonunda nazarda tutilgan, xolatga muvofiq bank qoidalari hamda bank hisobvarag‘i shartnomasi bilan belgilangan xujjatlarni taqdim etish yo‘li bilan tasdiqlanadi. Mijoz uchinchi shaxslarning talabiga muvofiq, shu jumladan mijozning ushbu shaxslar oldidagi majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq talabiga muvofiq pul mablag‘larini hisobvaraqdan o‘chirish haqidagi farmoyish berishi mumkin. Bank tegishli talab qo‘yilgan vaqtda uni qo‘yishga haqli bo‘lgan shaxsni aniqlash va bunday talabning xarakteri va asoslarini belgilash imkonini beradigan zarur ma’lumotlar bu farmoyishlarda yozma ravishda ko‘rsatilgan taqdirda ularni qabul qiladi. Bank hisobvarag‘i shartnomasida hisobvaraqda turgan pul mablag‘larini tasarruf etish huquqini elektron to‘lov vositalaridan hamda ularda mijozning o‘z imzosi, kodlari, parollari hamda farmoyish tegishli vakolati bo‘lgan shaxs tomonidan berilganligini tasdiqlaydigan boshqa vositalarning o‘xshatmalaridan foydalanilgan boshqa xujatlar bilan tasdiqlash nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. 168 Agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank qonunda, qonunga muvofiq belgilab qo‘yilgan bank qoidalarida va bank amaliyotida qo‘llaniladigan ish muomalasi odatlarida ushbu turdagi hisobvaraqlar uchun belgilab qo‘yilgan operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan hisobvaraqqa kelib tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilishi va kiritib qo‘yishi hamda mijozning pul mablag‘larini qo‘lga berish xaqidagi topshiriqlarini bajarishi shart. Agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha muddatlar belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, bank tegishli to‘lov xujjati banka tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan tushgan pul mablag‘larini hisobvaraqqa kiritib qo‘yishi, mijozning topshirig‘iga muvofiq hisobvaraqdan pul mablag‘larini qo‘lga berishi yoki o‘tkazishi shart. Hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish muddatlarini buzish bank uchun ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bank mijozi hisobvarag‘ida vaqtincha pul mablag‘lari bo‘lmagani taqdirda mijozning iltimosiga ko‘ra bank hisobvarag‘ining kreditlash – ya’ni mijoz uchun pul o‘tkazish amalga oshirilishi mumkin. Bunda bank tegishli xaq (foiz) oladi. Hisobvaraqda turgan pul mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lgan bank operatsiyalarini amalga oshirganligi uchun bank mijozdan hisobvaraq shartnomasida belgilangan miqdorda haq olinadi. Mijozning hisobvarag‘ida turgan pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun bank o‘z mijoziga xaq (foiz) to‘lashi ko‘zda tutilgan. Ushbu foizlar bank tomonidan bank hisobvarag‘i shartnomasida belgilanadigan miqdorda, shartnomada tegishli shartlar nazarda tutilmagan takdirda esa - odatda bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar yuzasidan to‘laydigan miqdorda to‘lanadi. 169 Foizlar summasi bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda tu-tilgan muddatlarda, bunday muddatlar bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda tutilmagan hollarda esa - yilning har choragi tamom bo‘lgach, hisobvaraqqa kiritib qo‘yiladi. Bankning hisobvaraqni kreditlash hamda bank xizmatlari uchun haq to‘lash bilan bog‘liq holda mijoz oldiga qo‘yiladigan pul talablari, shuningdek mijozning pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlar to‘lash xaqida bank oldiga qo‘yadigan talablari, agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bir-birlariniig talablarini hisobga olish yo‘li bilan bekor qilinadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablar bank tomonidan hisobga olinib, u talablar hisobga olinganligi to‘g‘risida mijozga bank hisobvarag‘i shartnomasida belgilab qo‘yilgan tartibda va muddatlarda, bordiyu tegishli shartlarni taraflar kelishib olishmagan bo‘lsa, banklar odatda tegishli hisobvaraqdagi pul mablag‘larining holati to‘g‘risida mijozlarga axborot beradigan tartibda va muddatlarda axborot berishi shart. Bank hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari mijozning topshirig‘i bilan, shuningdek, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra o‘chirilishi mumkin. Mijozga kelgan pul mablag‘lari hisobvaraqqa o‘z vaqtida kiritib ko‘yilmagan yoki bank hisobvarakdan mablag‘larni asossiz ravishda o‘chirgan hollarda bank mijozning talabi bilan tegishli summani darhol hisobvaraqqa kiritib qo‘yishi shart. Bank o‘z vaqtida kiritilmagan yoki asossiz o‘chirilgan summaga foizlar to‘lashi va zararning o‘rnini qoplashi ham shart. Bank hisobvarakdan mablag‘larni o‘z vaqtida bermaganligi va mijozning hisobvaraqdan mablag‘larni o‘tkazish haqidagi farmoyishlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun ham javobgar bo‘ladi. Banklar bank hisobvarag‘i va bank omonati, hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar hamda mijoz haqidagi ma’lumotlar sir saklanishini kafolatlaydi. 170 Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar faqat mijozlarning o‘zlariga yoki ularning vakillariga berilishi mumkin. Davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga bunday ma’lumotlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda berilishi mumkin. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar bank tomonidan oshkor qilingan taqdirda, huquqlari buzilgan mijoz keltirilgan zararning o‘rnini qoplashni bankdan talab qilishi mumkin. Mijozning hisobvaraqda turgan pul mablag‘larini tasarruf qilish huquklarini cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi, hisobvaraqda turgan pul mablag‘larini xatlash yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno. Bank xisobvarag‘i shartnomasi mijozning arizasiga muvofiq istalgan vaqtda bekor qilinadi. Bankning talabiga ko‘ra bank hisobvarag‘i shartnomasi quyidagi hollarda sud tomonidan bekor qilinishi mumkin: Mijozning hisobvarag‘ida saklanayotgan pul mablag‘lari summasi bank qoidalarida yoki shartnomada ko‘zda tutilgan eng kam miqdordan oz bo‘lsa; Agar bunday summa bank bu xaqda ogoxlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa, agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu hisobvaraq bo‘yicha bir yil davomida operatsiyalar qilinmagan bo‘lsa. Hisobvaraqdagi pul mablag‘larining qoldig‘i mijozning tegishli yozma arizasi olinganidan keyin kechi bilan etti kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko‘rsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa o‘tkaziladi. Bank xisobvarag‘i shartnomasining bekor qilinishi mijoz xisobvarag‘ini yopish uchun asos bo‘ladi. Download 31.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling