Bank tizimi-moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida


O’zbekistonda bank tizimining konsentratsiyasi


Download 311.65 Kb.
bet16/17
Sana17.06.2023
Hajmi311.65 Kb.
#1533712
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
O’zbekistonda bank tizimining konsentratsiyasi
Bugungi kunda O’zbekiston bank tizimi yuqori konsentratsiyasi bilan ajralib turadi: barcha bank aktivlarining 86% hali davlatga, 70% esa 5 ta davlat banklari (Milliy bank, Asaka bank, Sanoat qurilish bank, Ipoteka bank va Agro bank) ga qarashli. Shuningdek, kreditlarga nisbatan davlat ulushi bo’lgan bank omonatlarining ulushi 31,5 foizni tashkil etishi qayd etildi. Taqqoslash uchun, xususiy banklarda bu ko’rsatkich 100% ga teng19.
Markaziy Bank va Moliya vazirligi Jahon banki bilan birgalikda bank sektorini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqmoqda. Bundan tashqari, Moliya vazirligi huzurida tijorat banklarini davlat ishtirokida isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi. O’zbekistondagi ko’plab tijorat banklari 2020 yilda transformatsiya jarayonidan o’tishlari tavsiya etiladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida bank tizimini takomillashtirish banklarning iqtisodiyotdagi roli nafaqat banklarning o’ziga, balki milliy iqtisodiyotning rivoji va raqobatbardoshligiga bevosita bog’liq. O’z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshligi mamlakatda barqaror va samarali bank tizimining tashkil etilganligi bilan bevosita bog’liqdir. Bir so’z bilan aytganda, banklar va milliy iqtisodiyot bir – biridan ayri holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular biri – birini to’ldirgan holda, bir – biriga o’zaro hamoxang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy – moliyaviy sub’ektlar hisoblanadi.
Aynan yuqoridagilardan kelib chiqib O’zbekiston bank tizimini takomillashtrish jarayonlarini jadallashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
- tijorat banklarida mijozlarga sifatli xizmatlar ko’rsatish maqsadida zamonaviy va ilg’or axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanish zarur;
- mamlakatimiz banklarining moliya bozridagi faoliyat ko'lamini oshirish, ularga ushbu bozorda ishtirok etishlarini rag’batlantiruvchi imtiyozlar joriy qilish;
- tijorat banklarining xizmatlari sifatini oshirish birinchi navbatda mijozlarga xizmat ko’rsatadigan bank xodimlarining muomala madaniyatiga nihoyat darajada bog’liq bo’lib, bugungi kunda tijorat banklari xodimlarining bu boradagi malakasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi;
- tijorat banklari moliyaviy barqarorligini oshirish va bu orqali ko’rsatilayotgan bank xizmatlari ko’lamini kengaytirish lozim;
- mamlakatimizning chekka hududlarida aholiga ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish orqali bank tizimiga bo’lgan ishonchni yanada mustahkamlash;
- kredit kartalar faoliyatini yo’lga qo’yish va takomillashtirish. Jumdladan, overdraft kreditlash tizimini rivojlantirish;
- qisqa muddatli mikroqarzlarni yo’lga qo’yish. Hech qanday hujjat, kafil, garov talab etmasdan, EKIHning 10 barobarigacha bo’lgan miqdorda mikroqarzlarni bir necha soniya ichida berish onlayn tizimi yaratish;
- bank aksiyalarining onlayn ommaviy sotuvini yo’lga qo’yish;
- aholi mablag’larini sarmoyaga yo’naltirish tizimini ishlab chiqish;
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustaqillikning ilk davrlaridayoq mamlakatimizda mustahkam bank infratuzilmasi shakllandi. Tobora taraqqiy etib borayotgan bank tizimi mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirishda, xalq farovonligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirishda o’zining salmoqli hissasini qo’shib boraveradi.


Download 311.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling