Bank tizimi-moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
Download 311.65 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Istiqlolga erishganimizdan so’ng, bank tizimida ham sezilarli darajada o’zgarishlar yuzaga keldi. Mamlakatimizda bank tizimining uzluksiz rivojlanishi bozor munosabatlari sharoitidagi ob’yektiv zaruriyat bo’lib, bu o’z navbatida tijorat banklar foalyatini uzluksiz nazorat qilishni va ularni samarali boshqarish uchun zarur ma’lumotlar bazasining yaratilishining uslubiy asoslarini takomillashtirishni talab etadi. Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlashda eng muhim omil hisoblanadi. Shu sababli ham ushbu sohani rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Biroq shuni tan olish lozimki mamlakatimiz bank tizimi yetarli darajada rivojlanmagan. Bu kabi fikrlar prezidentimi Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ham bir necha bor ta’kidlab o’tilgan. Xususan, Prezidentimiz o’z nutqlarida “Endi banklar resurs jalb etish bo’yicha "o’z aravasini o’zi tortishi” kerak. Shundagina bozor sharoitiga mos, zamonaviy boshqaruv tizimiga ega moliyaviy institutga aylana oladi” degan edilar1. O’zbekiston bank tizimi o’z sifatini yangi bosqichini boshidan kechirmoqda. Bu makroiqtisodiy vaziyatdagi jiddiy o’zgarishlar, umuumiqtisodiy vazifalarni hal etishda banklarning faoliyati va ta’sirining o’sishi bilan bog’liq. Chunki kredit va moliya operatsiyalarini asosiy qismini qamrab oladigan kredit tizimining hal qiluvchi bo’g’ini bank tizimidir. O’zbekistonda bank tizimi mustaqil davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri bo’ladi. Aynan yuqorida ta’kidlab o’tilgan fikrlar mazkur kurs ishining ahamiyatini belgilab beradi. Kurs ishining maqsadi Respublikada bank tizimini rivojlantirish va ularni takomillashtirish yo’nalishlariga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: - O’zbekiston Respublikasining moliyaviy qonunlari va bank-moliya tizimini tadqiq qilish hamda o’rganish va moliyaviy islohatlarning o’tkazishning muhimligini asoslash; - O’zbekiston Respublikasida bank tizimini takomillashtirishning mavjud imkoniyatlarini aniqlash; - Banklarning kreditlash tizimida tutgan iqtisodiy o’rnini aniqlash va uning asosiy tuzilmalarini ko’rib chiqish; - Bank tizimi faolyatini tahlil qilish, iqtisodiy mohiyatini o’rganish ularni xorijiy tajriba bilan solishtirish. Download 311.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling