Bank tizimi-moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida


O’zbekiston bank tizimini rivojlanish tendensiyalari tahlili


Download 311.65 Kb.
bet9/17
Sana17.06.2023
Hajmi311.65 Kb.
#1533712
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
4. O’zbekiston bank tizimini rivojlanish tendensiyalari tahlili
Hozirda mamlakatimizda mavjud barcha 30 ta tijorat banklarining barchasi universal faoliyat olib borishmoqda (3-jadval). Barcha tijorat banklarining faoliyati yuqori darajada rivojlantirilmoqda va banklarning barqarorligi ta'minlanmoqda. Islohotlar samarasi o'laroq so'ngi yillarda banklarimiz lahzali likvidlilik me'yori 2020 yil 1 mart holatiga 49,8% ni tashkil etmoqda, bu esa minimal talabdan qariyib 5 baravar ko'pdir12.
Respublikamizda bank infratuzilmasining kengayib borishi banklar o’rtasidagi raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmat turlari sifati va ko’lamining oshishiga xizmat qilmoqda.

2-rasm. O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan banklar soni
(2018-2020 yillar oralig’i)13

2018 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, respublikamizda 28 ta tijorat banki faoliyat yuritayotgan bo’lib, ularning 11 tasi davlat ulushi mavjud bo’lgan tijorat banki, 17 tasi davlat ulushi mavjud bo’lmagan tijorat banklari hisoblanadi (2-rasm).
2019 yilda tijorat banklarining respublika hududlaridagi filiallar tarmog’i yanada kengayib, 2020 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, ularning soni 850 taga yetdi. Bank muassasalarini aholi va ishlab chiqarish korxonalari hududlariga yaqinlashtirish orqali bank xizmatlaridan foydalanish sharoitlarini yanada qulaylashtirish maqsadida tashkil etilgan bank xizmatlari offislari soni o’tgan yilda 90 taga ko’payib, ularning soni 1050 taga etdi.
Bundan tashqari, 2019 yilda 907 ta 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish shoxobchalari tashkil etildi (3-jadval).

3-jadval
Kredit tashkilotlari va ularning tarkibiy bo’linmalari soni14






01.01.
2018 й.

01.01.
2019 й.

01.04.
2019 й.

01.07.
2019 й.

01.10.
2019 й.

01.01.
2020 й.

1. Markaziy bank tomonidan ro’yxatga olingan kredit tashkilotlari, jami

104

121

121

131

140

147

shu jumladan:



















1.1. Tijorat banklari, shundan:

28

29

29

30

30

30

Davlat ulushi mavjud banklar

11

13

13

13

13

13

Kapitalida davlat ulushi bo’lmagan banklar

17

16

16

17

17

17

1.2. Nobank kredit tashkilotlari, shundan:

76

92

92

101

110

117

Mikrokredit tashkilotlari

30

37

37

45

51

56

Lombardlar

46

55

55

56

59

61

2. Tijorat banklari filiallari, jami

862

876

870

864

847

850

3. Bank xizmatlar ofisi (shu jumladan mini-banklar)

980

1 151

1 139

1 021

960

1 050

4. 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatish shoxobchalari
















907

Respublikamizdagi tijorat banklari bilan keng qamrovli va o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida mamlakatimizda xorijiy yirik banklarning 6 ta vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. Bank infratuzilmasining engayib borayotganligi, o’z navbatida, moliya bozorida raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmatlari sifatining yanada oshishiga xizmat qilmoqda.


3-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, so’nggi yillarda mamlakatimizda kredit tashkilotlari soni kengayib bormoqda. 2018 yilda kredit tashkilotlari soni 104 tani tashkil etgan bo’lsa, 2019 yilda ularning soni 121 taga va 2020 yilda 147 taga yetgan. Bu ijobiy holatlardan bo’lib, mamlakatimizda bank xizmatlari ko’lami va sifat darajasi oshib boayotganligidan dalolat beradi.




Download 311.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling