3-rasm. O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kredit tashkilotlari sonining o’zgarish dinamikasi (2018-2020 yillar oralig’i)15
2019 yilda bank tizimida amalga oshirilgan izchil va aniq maqsadli islohotlar banklar kapitallashuv darajasi va depozit bazasining yuqori sur’atlarda o’sishiga imkon berdi va natijada bank tizimining moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, moliyaviy vositachilik roli kengaydi hamda ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifati yanada oshdi.
Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va rivojlanishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvardagi PQ-1464-sonli Qarori bilan tasdiqlangan indikatorlar tizimiga asosan tahlil qilinganda, bank tizimining barcha ko’rsatkichlari «yuqori darajada»gi indikator baholariga muvofiq kelmoqda.
Xususan, bugungi kunda bank tizimi kapitalining monandlik darajasi 23,0 foizni tashkil etmoqda. 2020 yilning 1 mart holatiga ko’ra, banklarning umumiy I darajali kapitali 47,9 trln. so’mdan oshib ketdi (4-jadval).
4-jadval
Bank tizimi jami kapitali monandlilik darajasi16
Ko’rsatkichlar nomi
|
01.01.2020 y.
|
01.03.2020 y.
|
mlrd. so’m
|
ulushi, foizda
|
mlrd. so’m
|
ulushi, foizda
|
I darajali kapital
|
43 659
|
83,2%
|
47 912
|
88,8%
|
Asosiy kapital
|
43 622
|
83,1%
|
47 874
|
88,7%
|
Qo’shimcha kapital
|
38
|
0,1%
|
38
|
0,1%
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |