Bank tizimining moliyaviy barqarorligini stress-testdan o‘tkazish usullari yordamida boshqarishni takomillashtirish


Download 190.83 Kb.
bet4/8
Sana16.02.2023
Hajmi190.83 Kb.
#1203989
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bank tizimining moliyaviy barqarorligini stress1

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Prof O.Lavrushinning fikriga ko‘ra, tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini baholashda asosiy e’tibor guruhlash va tarkibiy tahlilga qaratilishi lozim, shundagina har bir guruh operatsiyalardan olingan foydaning darajasi va barqarorligiga real baho be- rish mumkin[2].
Biz O.Lavrushinning ushbu xulosasiga to‘liq qo‘shilamiz va qo‘shimcha sifatida, tijorat banklari- ning moliyaviy barqarorligini baholashda qiyosiy tahlil usuli ham muhim o‘rin tutadi. Bunda qiyosiy tahlilni boshqa banklar bilan amalga oshirishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
N.Semenova, I.Ivanova, A.Vasilkinalar “Barqa- rorlik – bu bankning butun rivojlanish davri davo- midagi holatining sifat ko‘rsatkichi bo‘lib, tashqi va ichki muhitning o‘zgaruvchan omillari sharoitida muvozanatda bo‘lish va o‘ziga xos funksiyalarini uzluksiz bajara olishi imkoniyati” degan xulosaga kelganlar[3].
AQShlik iqtisodchi olim Edvin Dj. Dolan tijo- rat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’min- lashda asosiy e’tibor yuqori likvidli aktivlar bilan yuqori daromadli aktivlar o‘rtasidagi nisbatning oqilona darajasini ta’minlashga qaratilishi lozim, deb hisoblaydi [6].
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ekspert- larining tavsiyasiga ko‘ra, tijorat banklari yalpi da- romadlarining umumiy hajmida foizli daromadlar- ning salmog‘i kamida 70 foiz bo‘lishi kerak [7]. Bu- gungi kunda respublikamiz tijorat banklarida bu ko‘rsatkich sezilarli darajada past bo‘lsada, ekspert- larning tavsiyasiga yaqinlashtirish lozim.
V.Usoskinning xulosasiga ko‘ra, tijorat banki- ni haddan ziyod kapitallashib ketishi, o‘z mablag‘la- riga bo‘lgan ehtiyojga nisbatan ortiqcha aksiyalarni muomalaga chiqarish tijorat bankining moliyaviy holatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirishi mumkin. Chunki, kapital moliyalashtirishning nis- batan qimmat shakli hisoblanadi, undan ko‘ra omo- natchilarning mablag‘larini jalb qilish arzon va qu- lay hisoblanadi [8].
V.Usoskinning ushbu fikri O‘zbekiston bank amaliyoti uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki, O‘zbekiston banklari passivlarining umu- miy hajmida kapital nisbatan yuqori salmoqni egal- laydi. Masalan, 2021 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, respublikamiz tijorat banklari passivlarining umu- miy hajmida regulyativ kapitalning salmog‘i 16,7 foizni tashkil etdi [14].
A.Mian va A.Safining xulosasiga ko‘ra, uy xo‘jaliklarining o‘z risklarini nazorat qilish imko- niyatlarini firmalarnikiga qaraganda sezilarli dara- jada cheklanganligi bois ularga berilgan kreditlarni o‘z vaqtida qaytmaslik ehtimoli yuqoridir[4].
Dando va Skodberg tomonidan amalga oshi- rilgan tadqiqot natijalari ko‘rsatdiki, reytinglar o‘rtasidagi migratsiya matritsalari asosida ekstra- polyatsiyalarni baholash yuqori reytingli kredit portfellari uchun, shu jumladan, past defoltli kredit portfellari uchun defolt maqomiga o‘tishni aniq baholash imkonini beradi [5].
M.Gorsky, E.Reshulskayalar kengaytirilgan ma'noda "moliyaviy barqarorlik" - bankning to'p- langan likvidligi va o'z kapitali bo'yicha moliyaviy- iqtisodiy holatining xarakteristikasi, makroiqtisodiy sharoitlarda kreditlash va investitsiya faoliyati so- hasida beqarorlik va tashqi (tartibga soluvchi organ tomonidan belgilanadigan) va ichki (bankning kre- dit strategiyasi bilan belgilanadigan) standartlarni hisobga olgan holda moliyaviy natijaning saqlanishi va o'sishini ta'minlaydi[11] deya ta’kidlaydi.
K.Kumar va A.Prakashlar “banklar uchun eng ustuvor bo'lgan barqarorlik masalalari moliyaviy qulaylik, moliyaviy savodxonlik va energiya samara- dorligi kabi biznes operatsiyalari bilan bevosita bog'liq va banklar muhim jihatlarga emas, balki bank faoliyatida barqarorlikning ijtimoiy jihatini hal qilishga ko'proq e'tibor qaratmoqda”[10] deb o`z fikrlarini bildirib o`tgan.
O.Sattarov “bank tizimi barqarorligi-bu Mar- kaziy va tijorat banklari faoliyati davomida o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajara olishini ta’minlagan holda, rivojlanishga intilishdir” degan xulosaga kel- gan[12].
Yo. Muxmudaliyeva “bank tizimi barqarorligi- bu Markaziy va tijorat banklari faoliyati davomida o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajara olishini ta’min- lagan holda, rivojlanishga intilishdir” degan fikrga kelgan[13].
Doimiy ravishda berib boriladigan Yevropa Markaziy Banki va Xalqaro Hisob- kitob Bankining moliyaviy barqarorlikni baholash usullari bo‘yicha tadqiqot natijalarida ko‘rish mumkinki, barqarorlikning boshqaruv metodologiyasi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga asosiy e‘tiborni qaratadi.
YMB (Yevropa Markaziy Banki) moliyaviy barqarorlik tahlili vositalarini 3 guruhga ajratadi:

  • umumtarmoq uzilishlarning kelib chiqish manbalarini aniqlash

  • og‘ir moliyaviy tanglik sharoitida real iqtisodiyotga qilinishi mumkin bo‘lgan potensial xarajatlarni baholash

  • moliyaviy institutlar tarmog‘ining sinuvchanligi

Shuningdek, Irving Fisher Qo‘mitasi bayonnomasida moliyaviy barqarorlikni baholash mezonlarini yaratishda markaziy banklar tomonidan ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar, yagona umumiy o‘lchovlar atroflicha keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra, iqtisodiy sektorlar xarakteriga qarab 6 guruhga ajratilgan:

      1. Real sektor (Sanoat)

      2. Korporativ tarmoq riskliligi

      3. Uy xo‘jaligi tarmog‘ining sog‘lomliligi

      4. Tashqi sektor

      5. Moliyaviy sektor

      6. Moliyaviy bozorlar

Jahon Banki saytida keltirilib o‘tilgan ta‘rifga ko‘ra moliyaviy barqarorlik – bu moliyaviy tizimning moliyaviy tanglikka moslashuvchanligi va chidamliligidir. 1 Moliyaviy nobarqarorlik banklar sinishi, giperinflyatsiya yoki fond bozori inqirozi kabi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yuqorida keltirib o‘tilganidek, barqarorlikni o‘lchashning bir qancha usullari mavjud, jumladan, z-score usuli, Merton modeli (aktivlar qiymati modeli), KMV modeli, to‘lovsizlik masofasi (The Distance to Default) va boshqalar.
Masalan, z-score usuli. Bu usulda bankning to‘lovga qobillilik riskini aniqlash maqsadida kapitalizatsiya va risk (kapital qaytim qo‘nimsizligi) solishtiriladi. Ya‘ni:
z ≡ (k+µ)/σ
Bunda,
k – kapital, aktivlarga nisbatan foiz ko‘rinishida µ – qaytim, aktivlarga nisbatan foiz ko‘rinishida
σ – aktivlar qaytimining standard og‘ishi, qaytim qo‘nimsizligi qiymati ko‘rinishida
Bizning mamalakatimizda ham bu borada bir qator qarorlar ishlab chiqilgan va tijorat banklari uchun ushbu masalani to‘g‘ri hal etishga zarur asos yaratib berilgan.



    1. Download 190.83 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling