Moliyaviy reja tuzish yuzasidan xorij tajribasi


Download 272.09 Kb.
bet1/3
Sana25.12.2022
Hajmi272.09 Kb.
#1064993
  1   2   3
Bog'liq
Молия режалаштириш фани


Moliyaviy reja tuzish yuzasidan
xorij tajribasi
Kayumova N.A.
Moliyaviy rejaning mohiyati va asosiy bo’limlari .
Moliyaviy reja bu biznes-rejaning yakunlovchi bo’limidir. Unda korxona faoliyatini moliyaviy ta’minlash hamda mavjud pul mablag’laridan joriy moliyaviy axborot va mahsulotni sotish bashoratlari asosida eng samarali foydalanish masalalari ko’rib chiqiladi.
Moliyaviy reja
Aynan shu bo’limdan investor yoki bankir olish mumkin bo’lgan foyda miqdorini, qarz beruvchi esa potentsial qarz oluvchining o’z qarzini qaytarish uchun imkoniyatlarini bilib olishi mumkin.
Moliyaviy reja biznes-rejaning boshqa bo’limlarida keltirilgan ma’lumotlarga zid kelmasligi lozim. Moliyaviy rejadagi nomutanosibliklar moliyachi mutaxassislarning malakasi kamligidan yoki insofsizligidan darak beradi. Sifatsiz tayyorlangan moliyaviy reja noto’g’ri xulosa chiqarishga va korxona nufuzini pasaytirishga olib kelishi mumkin.
Moliyaviy rejada moliyaviy resurslar (kapital) qachon, qaerda va nima maqsadda sarflanishi, biznesning muvaffaqiyatga erishishi uchun korxona oldida turgan maqsadlar batafsil yoritib beriladi. Boshqacha qilib aytganda, nafaqat xarajatlar, balki daromadlar va boshqa moliyaviy tushumlar ham ko’rsatiladi. Ko’ngildagidek tayyorlangan moliyaviy rejadan korxona zahiralarini baholash va jalb qilish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun foydalanish mumkin. Moliyaviy reja biznes-reja bilan bir xil muddatga ishlab chiqiladi. mavjud tavsiyalarga ko’ra uni 3-5 yilga ishlab chiqish ma’qul. Bunda dastlabki yil uchun rejadagi ko’rsatkichlarni oylar bo’yicha, ikkinchi yil uchun choraklar bo’yicha va keyingi davr uchun yillar bo’yicha guruhlarga taqsimlash maqsadga muvofiq. Masalan, xorijiy amaliyotda biznesning birinchi yili (yangi korxona ochilishi) uchun moliyaviy reja ko’rsatkichlari oylar bo’yicha va har bir modda bo’yicha taqsimlanadi.
Keyingi yillarda bu ko’rsatkichlar yil davomida mahsulotni sotish hajmi foizlarida aniqlanadi. Bunday rejaning umumiy sxemasi quyida shaklda bo’lishi mumkin:
Moliyaviy rejaning asosini tashkil etuvchi qismlardan biri korxonaning moliyaviy-iqtisodiy xolatini tahlil qilishdir1. Korxonaning moliyaviy iqtisodiy xolatini baholashda korxonaning moliyaviy xolati ko’rsatkichlarini tahlil qilish tavsiya qilinadi. Tahlil korxonaning moliyaviy hisoblari asosida oxirgi uch yildagi moliyaviy ko’rsatkichlardan foydalangan holda amalga oshiriladi

Download 272.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling