Moliyaviy reja tuzish yuzasidan xorij tajribasi
Umumiy daromad va xarajatlar balansi
Download 272.09 Kb.
|
Молия режалаштириш фани
Umumiy daromad va xarajatlar balansiDaromad va xarajatlar balansi bilan birga korxona yil boshi va oxirida aktiv va passivlar yig’ma balansini turadi. Bu hujjatning ahamiyati daromad va xarajatlar balansi kabi yuqori bo’lmasada, biznes-rejani usiz tuzish mumkin emas. Ushbu balans tijorat banki mutaxassislari tomonidan turli shaklda kiritish mo’ljallanayotgan aktivlarning maqsadga muvofiqligi va ularningn summasini baholash, shuningdek, ushbu aktivlarni qaysi passivlar hisobiga moliyalashtirishga harakat qilinayotganligini aniqlash nuqtai nazaridan sinchiklab o’rganiladi. Korxonaning o’zi uchun bu hujjat moliyalashtirish manbalarining ishonchliligi va sifatliligini baholash uchun kerak bo’ladi. Chet el tajribalari o’rganilishi natijalariga ko’ra biznes-rejaning moliyaviy rejasi daromad va xarajatlar rejasi, balans-reja va pul oqimlari harakatlanishi rejasidan iborat bo’ladi. Moliyaviy rejani ishlab chiqish mahsulot sotish hajmini bashorat qilish, rejadagi foydani hisoblash va zararsizlik nuqtasini tahlil qilishni nazarda tutadi. Daromad va xarajatlar rejasida faoliyat turlari bo’yicha foydalilik nuqtai nazaridan korxona faoliyatining natijalari aks ettiriladi. Pul oqimlari harakatlanishi rejasi pul mablag’larining shakllanishi va chetga chiqishini, shuningdek, korxonada qolgan pul mablag’lari dinamikasini tavsiflaydi. Zararsizlik nuqtasi mahsulotni sotishdan olinuvchi daromad ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo’luvchi mahsulot ishlab chiqarishning minimal hajmini aniqlab beradi. Download 272.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling