Bank xodimining kasb odob-ahloqi


VIII. ISHGA DOIR ODOB-AHLOQ QOIDALARI


Download 30.23 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi30.23 Kb.
#1534359
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word

VIII. ISHGA DOIR ODOB-AHLOQ QOIDALARI
Bank tizimi xodimlari:

  • o’zlarining ishga doir madaniyatlarini namoyon qiluvchi tashqi kiyim va ko’rinishlarini doimiy ravishda kuzatib boradilar va odmi ko’rinishdagi uslubga, tajribaga, xushmuomalalik va odoblilik qoidalariga rioya qiladilar;

  • hamkasblar bilan o’zaro munosabatlarda xushfe’llik va xayrixohlikni namoyon qiladilar, ish yuzasidagi munosabatlarda subordinatsiyaga rioya qiladilar;

  • boshqa tashkilotlar xodimlari va fuqarolar bilan munosabatlarda ishchanlik uslubiga va xayrixohlikka rioya qilgan holda, professionallik va bosiqlikni namoyon qiladilar; rasmiy uchrashuvlarda ish tartibiga qat’iy rioya qiladilar;

  • o’zlarining va boshqalarning vaqtini qadrlaydilar. Og’zaki va yozma ravishda tushunarli, aniq va lo’nda fikr bildiradilar; mazkur Kodeks ilovasiga muvofiq, tijorat banklari xodimlari uchun kiyim va tashqi ko’rinishga oid talablar bo’yicha o’zlarining tashqi ko’rinishlariga mos holda ishbilarmon va ozoda ko’rinishda bo’ladilar.

IX. ISH FAOLIYATIDAN TASHQARI ODOB-AHLOQ QOIDALARI
Bank tizimi xodimlari:

  • ish faoliyatidan tashqarida ham o’zlarining xulq-atvorlari bilan fuqarolarni o’z kasbiga bo’lgan hurmatini, bank tizimiga bo’lgan ishonchini shakllantirishga va bankning yuqori nufuzini saqlab qolishga sababchi bo’ladilar;

  • bank xodimi obro’sini to’kadigan munosabatlardan yiroq bo’lgan holda, o’zlarining muomala doirasini shakllantirishda ehtiyotkorlikka rioya qiladilar;

  • sog’lom hayot tarzini yuritadilar hamda alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishni, narkotik, psixotrop va toksik moddalarni qabul qilishni nomaqbul deb hisoblaydilar.

X. BANKLARNING MAS’ULIYATI
Mazkur Kodeks qoidalariga rioya qilinmagan taqdirda, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Umumiy yig’ilishiga aybdor bankni Assotsiatsiya ishtirokchilari qatoridan chetlashtirish masalasini ko’rib chiqish tavsiya etiladi.
Mazkur Kodeks qoidalarini buzgan banklarni javobgarlikka tortish uchun asoslarni aniqlash va ularga mas’uliyatni yuklash O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Kengashi zimmasiga yuklatiladi.

Download 30.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling