Banklar faoliyatining universallashuvi: zamonaviy tendensiyalar mavzu: banklar faoliyatining universallashuvi


BANKLARNING ZAMONAVIY BOSQICHLARGA OTISHI VA FAOLIYATI


Download 240.55 Kb.
bet4/10
Sana11.05.2023
Hajmi240.55 Kb.
#1454470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BANKLAR FAOLIYATINING UNIVERSALLASHUVI

1.2 BANKLARNING ZAMONAVIY BOSQICHLARGA OTISHI VA FAOLIYATI



SHunday qilib, O‘zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratishning birinchi bosqichi, milliy valyutani muomalaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog‘onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi» Qonuni asosida amalga oshirildi. Mazkur qonun bozor munosabatlariga o‘tish davri vazifalariga mos keluvchi bank muassasalari shakllanishini huquqiy asoslarini belgilab berdi.
Ushbu qonunga muvofiq, Sobiq SSSR Davlat bankining respublika muassasasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzildi va unga respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va to‘lov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Xalq xo‘jaligining turli sohalarini kreditlash va ularni investitsiyalash funksiyalari yangidan tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan tijorat banklariga berildi.
Mustaqil pul va bank tizimini yaratishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta muomalaga kiritilgan va ikki pog‘onali bank tizimining huquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o‘z ichiga oladi. 1994 yilda Milliy valyuta so‘mning muomalaga kiritilishi mamlakatimizda mustaqil pul va bank tizimi shakllanishining sof bosqichi hisoblanib, bu bosqichda banklar oldida turgan vazifalarga yanada aniqlik kiritildi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborini makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy o‘sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi, mamlakatda sifat jihatidan butunlay yangi to‘lov tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Ixtisoslashgan tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 1994 yil 18 martdagi qarori muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda banklarning axborot infratuzilmasini yaratish va xalqaro bank amaliyotining ilg‘or usullarini respublika bank amaliyotiga qo‘llash orqali bank tizimini takomillashtira borish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar belgilab berildi. 1994 yildan boshlab yangi buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish va ularni banklarga tadbiq qilish jarayoni boshlandi.
1996 yilda Respublika Prezidentining «Bank auditi tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan bank tizimida buxgalteriya hisobining xalqaro andozalarini joriy qilish jarayoni yanada takomillashtirildi va jahonning nufuzli auditorlik kompaniyalaridan «Artur Andersen», «Deloyt end tush», «Key Pi Em Ji-(KRMG)», «Ernest end YAng», «Kupers end Laybrand» kabilar etakchi tijorat banklari faoliyatini audit qilishga taklif qilindi. Bank tizimini rivojlantirishning yana bir xususiyatli tomoni shundaki, bank tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlash va zamon talablariga moslashtirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi va «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarning yangi loyihasi ishlab chiqildi.
1995 yil 21 dekabrda bank faoliyatining huquqiy va me’yoriy tartibga solish qoidalarini belgilovchi «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida» va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasida mustahkam qonuniy poydevor yaratdi.
Bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000 yillarni o‘z ichiga olib, unda banklarni xususiylashtirish va aksiyadorlik - tijorat banklarda boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni kuchaytirish ko‘zda tutiladi.
Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 24 apreldagi «Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonning qabul qilinishi bilan yanada faollashadi. Mazkur Farmonga ko‘ra, nizom jamg‘armasida jismoniy shaxslarning ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan holda tijorat banklarini ochish uchun bir qator imtiyozlar belgilangan edi. Natijada so‘nggi yillar ichida xususiy banklarning soni keskin ko‘payib, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsat berilganlari bilan qo‘shib hisoblaganda 20 taga etdi. Hozirgi paytda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklarining deyarli yarmi xususiy banklar hisoblanadi.
Bank tizimiga xususiy kapitalni jalb etish bilan birga, banklarni korporativ boshqarish tizimini yanada mustahkamlashga doir chora-tadbirlar ham amalga oshirildi. Xususan bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik tijorat banklarini faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 1998 yil 2 oktyabrdagi Farmonining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur farmon tijorat banklarini boshqarishda aksiyadorlarning va bank kengashining rolini oshirishga doir chora-tadbirlar majmuini belgilab berdi.
Ushbu farmon asosida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizda har tomonlama mustahkam bank tizimi, xalqaro andozalarga mos keluvchi zamonaviy bank nazorati va banklar faoliyatini tartibga solishning samarali mexanizmi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1999 yil 15 yanvardagi Qaroriga asosan bank tizimini barqarorligini safarbar etish, iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashda banklarning ishtirokini kengaytirish, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini rivojlantirish sohasida vazifalar belgilab berildi. 1991-2000 yillar mobaynida yuzaga keltirilgan bank tizimini yanada xalqaro andozalarga yaqinlashtirish maqsadida bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlarining boshlanishi bank tizimi rivojlanishining to‘rtinchi bosqichini belgilab berdi. Bu bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2000 yil 21 martdagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasinig «Bank tizimini isloh qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2000 yil 24 martdagi qarori qabul qilinishi bilan boshlandi.
Bu hujjatlarga asosan quyidagilar mazkur bosqichning asosiy vazifalari qilib belgilandi:
-bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklari mustaqilligini oshirish;
-bank tizimi va uning bo‘g‘inlari rivojlanishini rag‘batlantirish;
-bo‘sh turgan mablag‘larni bankka jalb qilish va omonatchilarning manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish;
-banklarning iqtisodiyotni aniq sektorida ishlayotgan korxonalarni, xususan dehqon, fermer xo‘jaliklarini hamda kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini kreditlash jarayonini kengaytirish;
-banklarni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish;
-banklarning mijozlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini shakllantirish;
-aholining bank-moliya tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish;
-xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, valyuta munosabatlarini erkinlashtirish va kengaytirish kabi vazifalar belgilandi.






Download 240.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling