Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida
-bob. Banklarning faoliyati ustidan prudensial nazorat va nazorat tadbirlari
Download 116.76 Kb.
|
O bank
6-bob. Banklarning faoliyati ustidan prudensial nazorat va nazorat tadbirlari
45-modda. Prudensial nazorat Oldingi tahrirga qarang. Bank faoliyatining o‘ziga xos tavakkalchiliklarining oldini olish va qisqartirish maqsadida Markaziy bank, basharti banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilsa, banklar faoliyati ustidan prudensial nazoratni ta’minlaydi. (45-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Prudensial nazoratni ta’minlash uchun Markaziy bank: Oldingi tahrirga qarang. banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning prudensial talablariga muvofiq bo‘lishi uchun banklar tomonidan foydalaniladigan tizimlar, strategiyalar, tartib-taomillar hamda mexanizmlar ustidan; (45-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) banklarga tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklar, oqilona boshqaruv ta’minlanganligi hamda tavakkalchiliklarni muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar banklarning kapitali va likvidligi bilan qoplanganligi ustidan; Oldingi tahrirga qarang. banklarning tavakkalchilikni boshqarish, shuningdek korporativ boshqaruv jihatidan banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi. (45-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Banklar o‘zining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning prudensial talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni Markaziy bankka taqdim etishi shart. (45-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Banklarning ichki boshqaruv mexanizmlari, buxgalteriya hisobi va hisobotlarning yuritilishi, shuningdek ma’muriy tartib-taomillari banklarning prudensial talablarga muvofiqligini tekshirish imkonini berishi kerak. Banklar Markaziy bank tomonidan prudensial talablarga muvofiqlikni tekshirish uchun bitimlar va operatsiyalarni Markaziy bank tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq ro‘yxatga olishi shart. Markaziy bank banklar kapitalining monandligini ularning tavakkalchiliklari sohasidan kelib chiqib baholash uchun ularning faoliyati, tashkil etilishi va ichki jarayonlari to‘g‘risida axborot olish maqsadida banklar bilan hamkorlik qiladi. Zarur hollarda Markaziy bank nazorat vazifalarini bajarish uchun tashqi ekspertlarni jalb etishga haqli. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2217, 14.04.2011-y.). Download 116.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling