Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Juz’iy qoidabuzarliklar uchun choralar va sanksiyalar


Download 116.76 Kb.
bet34/43
Sana30.04.2023
Hajmi116.76 Kb.
#1407170
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Bog'liq
O bank

59-modda. Juz’iy qoidabuzarliklar uchun choralar va sanksiyalar
Juz’iy qoidabuzarliklarni sodir etganlik uchun Markaziy bank:
Oldingi tahrirga qarang.
banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan holda amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalardan olingan daromadlarning miqdorini aniqlash imkoni bo‘lsa, bankdan ushbu daromadlardan yoki bank tomonidan o‘tgan moliya yili davomida olingan sof foydaning bir foizi yoki bank jami kapitalining 0,1 foizi miqdoridan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima undirishga;
(59-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ushbu Qonun 51-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan choralarni bankka nisbatan alohida holda yoki jamlangan tarzda qo‘llashga;
bank kuzatuv kengashining, boshqaruvining a’zosidan yoki muhim ahamiyatga ega xodimidan jarima qo‘llanilayotgan oydan avvalgi bir yil ichida olingan mukofotning ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima undirishga;
qoidabuzarga nisbatan choralar va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida yozma ogohlantirish yuborishga haqli.
8-bob. Banklararo operatsiyalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish
60-modda. Banklararo operatsiyalar
Banklar shartnoma asosida pul mablag‘larini depozitlar, kreditlar shaklida bir-biridan jalb etishi va bir-biriga joylashtirishi, hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishi hamda litsenziyada nazarda tutilgan boshqa moliyaviy operatsiyalarni bajarishi mumkin.
Markaziy bank sog‘lomlashtirish rejimida bo‘lgan banklar uchun banklararo operatsiyalar bo‘yicha qo‘shimcha limitlar belgilashga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom”.

Download 116.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling