Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida
-modda. Jiddiy qoidabuzarliklar
Download 116.76 Kb.
|
O bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- 56-modda. Juz’iy qoidabuzarliklar
55-modda. Jiddiy qoidabuzarliklar
Jiddiy qoidabuzarliklar jumlasiga quyidagilar kiradi: prudensial normativlarga rioya etilmaganligi, bundan bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga oid talablar mustasno; bank yoki banklar guruhi kapitali monandligi koeffitsiyentining olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida Markaziy bank tomonidan belgilangan yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdordan sakson foizgacha va undan kamroq foizgacha pasayganligi; banklar tomonidan to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligi; moliyaviy ahvoli barqaror bo‘lmagan qarz oluvchilarning kreditlari restrukturizatsiya qilinganligi; Markaziy bankning aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risida bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishini xabardor qilishga doir talabi bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruv a’zolari tomonidan bajarilmaganligi; bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruv a’zolari yoxud muhim ahamiyatga ega xodimlari tomonidan korporativ boshqaruv va mukofotlash siyosatlari bajarilmaganligi; buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish qoidalari buzilganligi; Oldingi tahrirga qarang. xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshirilganligi yoki tugatilganligi; (55-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) juz’iy qoidabuzarlik uchun Markaziy bank tomonidan jarima qo‘llanilganidan keyin uch yil davomida takroran sodir etilgan xuddi shunday qoidabuzarlik. 56-modda. Juz’iy qoidabuzarliklar Oldingi tahrirga qarang. Juz’iy qoidabuzarliklar jumlasiga mazkur Qonunning 54 va 55-moddalariga muvofiq qo‘pol yoki jiddiy qoidabuzarlik hisoblanmaydigan, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga javob bermaydigan nomuvofiqliklar kiradi. (56-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 116.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling