Name of presentation


Download 1.97 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#193376
Bog'liq
Oz. T-11-14

O‘zbekistonda yoshlar siyosati

11-sinf O’zbekiston tarixi fani darsligi asosida 14-mavzu

Yoshlar tashkiloti.


O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan

keyin mamlakat yoshlarini birlashtirish uchun “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti tuzildi.

1996-yilda “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi tuzildi.

“Kamolot” jamg‘armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko‘magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi.

2001-yil Toshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi.

2017-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati (YoIH) qurultoyi bo‘lib o‘tdi.


Bu qurultoyda “Kamolot” YoIH tashkiloti tugatilganligi va “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” tashkil etilganligi e’lon qilindi.

Yoshlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi.


Millat kelajagi ham ma’nan, ham jismonan baquvvat, sog‘lom yoshlar qo‘lida.

O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ortig‘ini

30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

1997-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet ellarda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Umid” jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida farmoni e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yilda qabul qilgan “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha taklifl arni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni jamiyat hayotida yetuk mutaxassislar, yetakchi va iqtidorli qizlarning shakllanishiga zamin yaratdi.


Zulfiya nomidagi davlat mukofoti

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari

80 nafarga yaqin xotin-qizlarning mumtoz qo‘shiqchilik, akademik ijro, estrada, opera, balet, cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy ijrochilik, raqs yo‘nalishlarida “Nihol” mukofoti bilan taqdirlangani tom ma’noda ularga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.


“Nihol” mukofoti

2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Yoshlarga e’tiborning kuchayishi.


2016-yilda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.

Prezidentimizning 2017-yil iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq mamlakatimizdagi barcha harbiy akademik litseylarga “Temurbeklar maktabi” nomi berildi.


Temurbeklar maktabi

Istiqlol yillarida yoshlarning har tomonlama yetuk, barkamol voyaga yetishi uchun mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi.


Xususan, 23 ta qonun va 100 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

Savol va topshiriqlar:

1. O‘zbekistonda yoshlar umumiy aholining qanchasini tashkil qiladi? Biz kimlarni yoshlar deb ataymiz?

2. Lex.uz saytidan 2016-yildagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunni topib mazmun-mohiyatini aytib bering.

3. O‘zbekistonning yoshlarga doir davlat siyosati asosiy tamoyillarini izohlang.

4. Bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imtiyozlar haqida nimalarni bilasiz?

5. Prezident Sh.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi

72-sessiyasidagi nutqida yoshlar muammosiga doir qarashlarini sharhlang.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling