Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi o’rni Reja


Download 100 Kb.
bet1/4
Sana24.08.2023
Hajmi100 Kb.
#1669876
  1   2   3   4
Bog'liq
Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi o’rni


Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi o’rni
Reja:



  1. Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari, taraqqiyoti va ularni bozor iqtisodiyotidagi o`rni.

  2. O`zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.

  3. Markaziy bank va uning funksiyalari. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining asoslari

  4. Tijorat banklari, ular faoliyatining tamoyil va funksiyalari. Tijorat banklarining operatsiyalari.

  5. Markaziy bankning tijorat banklari bilan o`zaro aloqalari.

  6. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solishda qo`llaniladigan iqtisodiy me`yorlar.

  7. Bank tizimi faoliyatini tartibga solishda qo`llaniladigan iqtisodiy choralar.

Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari, taraqqiyoti va ularni bozor iqtisodiyotidagi o`rni.
Bank deb, pul mablaglarini yig`uvchi, saqlab beruvchi, kredit-xisob va boshqa vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.
Banklar paydo bo`lishining asosi bo`lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi xisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo`lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo`lishini taqazo etadi.
Banklar o`rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o`z bo`sh turgan mablag`laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag` zarur bo`lgan subyektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Bank so`zi italyancha «banka» so`zidan olingan bo`lib, «stol», «pullik stol» degan ma`noni anglatadi, chunki o`rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo`yib xisob-kitob qilganlar.
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancherii» deb atalib, agar puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma`suliyatsizlik qilsa, u o`tirgan stol sindirib tashlangan va uni «Banco rotto», ya`ni bankrot deb atashgan. Banklar paydo bo`lishining boshlang`ich nuqtasi bo`lib XVI asrda Florensiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar xisoblanadi. Keyinchalik bunday banklar Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o`z mijozlari – savdogarlarga xizmat qilgan, ular o`rtasida naqd pulsiz xisob-kitoblarni olib borgan.
Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib chiqqan.
Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694 yilda aksioner bank sifatida tashkil bo`lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil bo`lgan.
Natural xujalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotik munosabatlarining rivojlanishi pullik xisob-kitoblar olib borishga, kredit tizimini rivojlanishiga yo`l ochdi.
Ssuda kapitalisti asosan o`z bo`sh mablag`ini karzga berib ssuda foizi sifatida daromadga ega bo`lsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag`larni kreditga berib foydaga ega buladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo`sh pul mablag`larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag`ni jamlab uni xarakatini boshqaradi. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatini takomillashuvi ularni maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keldi.
Xozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi ikki pog`onali bank tizimi bo`lib u markaziy bank va tijorat banklari tarmog`ini o`z ichiga oladi.
Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib qayta tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi:
- Xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish
- bank tizimidagi islohatlar umumiqtisodiy islohatlarning o`tkazilishi bilan mos kelishi
- bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo`li bilan jahon banki tizimiga yaqinlashtirish
- pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning iqtisodining xususiyatini hisobga olish
- banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar.
Jahon amaliyotidagi xozirgi mavjud banklarning rivojlanishini quyidagi ikki davrga bo`lish mumkin:
Birinchi davr – bu O`zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo`lgan davrdagi bank tizimi
Ikkinchi davr O`zbekiston mustakillikka erishgandan keyingi davrdagi bank tizimi.
Bank tizimi rivojlanishining birinchi davri quyidagi bosqichlarni o`z ichiga олади:
- Birinchi bosqich XIX-asrning oxiridan 1930-32 yillargacha bo`lgan davrni o`z ichiga olib bunda oldingi mavjud bo`lgan banklar zaminida sobiq ittifoqning kredit tizimi tashkil qilindi. Bu davrda shu vaqtdagi iqtisodiyotning rivojlanishiga mos keluvchi tarmoq banklari, o`lka banklari, tijorat banklari, maxsus banklar, davlat banklari kabi banklar faoliyat ko`rsatgan.
- Ikkinchi bosqich 1932 yildan 1959 yillargacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda banklar korxonalarni veksel orqali kreditlashdan (egri kreditlash) to`g`ridan-to`g`ri kreditlashga o`tdi. Bunda banklar xalq xo`jaligi sohalari bo`yicha tashkil qilindi va ular shu sohalarga muddatli kreditlash va moliyalashtirish bilan shug`ullangan. Davlat banki asosan qisqa muddatli kreditlashni olib borgan.
- Uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Бунда mavjud tarmok banklari qayta tashkil qilinib mamlakatdagi barcha kredit munosabatlarni olib borish maqsadida uchta yirik bank - Davlat banki, qurilish banki, tashqi savdo banki tashkil qilindi. Davlat banki xalq xo`jaligining barcha sohalariga (qishloq xo`jaligiga o`zoq muddatli kredit ham) qisqa muddatli kredit bergan. Qurilish banki kapital quyilmalar bilan boglik operatsiyalarni bajargan. Tashki savdo banki mamlakatning eksport-import operatsiyalarini bajargan.
- Turtinchi bosqich bank tizimini qayta tashkil qilish bosqichi bo`lib, u 1988 yildan 1990 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda davlat banki bilan bir qatorda ko`plab maxsus tarmoq banklari tashkil etildi.
Bu davr bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib ikki pog`onali bank tizimiga o`tish bilan ham bog`liq.
Xalqaro amaliyotda ikki pog`onali bank tizimi Vengriyada 1987 yilda, SSSRda 1988 yildan, Polshada 1989 yildan, Bolgariya, Ruminiya va Chexoslavakiyada 1990 yildan joriy etilgan.
Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning muhim subyekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa subyektlaridan farq qilib pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo`sh turgan pul mablag`larini yig`uvchi, uni unga ehtiyoj sezgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag`larini samarali ishlatish asosida o`z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi subyekt hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida kapital aylanishining uzluksizligini ta`minlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a`zolari farovonligiga zamin yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyat ochib beradi.
Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug`ildi.



Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling