Reja: Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi o’rni


Download 30.27 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi30.27 Kb.
#211369
Bog'liq
Pul va banklar


O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi.

Reja:


  1. Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi o’rni.

  2. Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.

  3. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.

  4. Markaziy bank va uning funksiyalari. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining asoslari

  5. Tijorat banklarining vazifalari va roli.

Tayanch iboralar

Banklar va ularning kelib chiqish asoslari. Kredit tizimi va uning tarkibi. Bir va ikki pog’onali bank tizimi. Bank tizimining rivojlanish bosqichlari. O’zbekiston Respublikasining bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari. Markaziy bank va uning funksiyalari. Markaziy banklar vujudga kelishining yo’llari. O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning bosh maqsadi va vazifalari. Maxsus moliya-kredit muassasalari. O’zbekiston Respublikasida sug’o’rta tizimi va lizing munosabatlari. Kredit uyushmalari.
1. Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi o’rni.

Bank deb, pul mablaglarini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit-xisob va boshqa vositachilik operasiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.

Banklar paydo bo’lishining asosi bo’lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi xisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo’lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo’lishini taqazo etadi.

Banklar o’rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o’z bo’sh turgan mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag’ zarur bo’lgan subyektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.

Bank so’zi italyancha «banka» so’zidan olingan bo’lib, «stol», «pullik stol» degan ma’noni anglatadi, chunki o’rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo’yib xisob-kitob qilganlar.

Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694 yilda aksioner bank sifatida tashkil bo’lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil bo’lgan.

Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning muhim subyekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa subyektlaridan farq qilib pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini yig’uvchi, uni unga ehtiyoj sezgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag’larini samarali ishlatish asosida o’z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi.

Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi subyekt hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a’zolari farovonligiga zamin yaratadi.

2.Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari

Xozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi ikki pog’onali bank tizimi bo’lib u markaziy bank va tijorat banklari tarmog’ini o’z ichiga oladi.

Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib qayta tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi:

- Xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish

- bank tizimidagi islohatlar umumiqtisodiy islohatlarning o’tkazilishi bilan mos kelishi

- bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo’li bilan jahon banki tizimiga yaqinlashtirish

- pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning iqtisodining xususiyatini hisobga olish

- banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar.

Jahon amaliyotidagi xozirgi mavjud banklarning rivojlanishini quyidagi ikki davrga bo’lish mumkin:

Birinchi davr – bu O’zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo’lgan davrdagi bank tizimi

Ikkinchi davr O’zbekiston mustakillikka erishgandan keyingi davrdagi bank tizimi.

Bank tizimi rivojlanishining birinchi davri quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

- Birinchi bosqich XIX-asrning oxiridan 1930-32 yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib bunda oldingi mavjud bo’lgan banklar zaminida sobiq ittifoqning kredit tizimi tashkil qilindi. Bu davrda shu vaqtdagi iqtisodiyotning rivojlanishiga mos keluvchi tarmoq banklari, o’lka banklari, tijorat banklari, maxsus banklar, davlat banklari kabi banklar faoliyat ko’rsatgan.

- Ikkinchi bosqich 1932 yildan 1959 yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda banklar korxonalarni veksel orqali kreditlashdan (egri kreditlash) to’g’ridan-to’g’ri kreditlashga o’tdi. Bunda banklar xalq xo’jaligi sohalari bo’yicha tashkil qilindi va ular shu sohalarga muddatli kreditlash va moliyalashtirish bilan shug’ullangan. Davlat banki asosan qisqa muddatli kreditlashni olib borgan.

- Uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bunda mavjud tarmok banklari qayta tashkil qilinib mamlakatdagi barcha kredit munosabatlarni olib borish maqsadida uchta yirik bank - Davlat banki, qurilish banki, tashqi savdo banki tashkil qilindi. Davlat banki xalq xo’jaligining barcha sohalariga (qishloq xo’jaligiga o’zoq muddatli kredit ham) qisqa muddatli kredit bergan. Šurilish banki kapital quyilmalar bilan boglik operasiyalarni bajargan. Tashki savdo banki mamlakatning eksport-import operasiyalarini bajargan.

- Turtinchi bosqich bank tizimini qayta tashkil qilish bosqichi bo’lib, u 1988 yildan 1990 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda davlat banki bilan bir qatorda ko’plab maxsus tarmoq banklari tashkil etildi.

Bu davr bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib ikki pog’onali bank tizimiga o’tish bilan ham bog’liq.

Xalqaro amaliyotda ikki pog’onali bank tizimi Vengriyada 1987 yilda, SSSRda 1988 yildan, Polshada 1989 yildan, Bolgariya, Ruminiya va Chexoslavakiyada 1990 yildan joriy etilgan.

3. O’zbekiston Respublikasining bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.

Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug’ildi.

Bank tizimini qayta qurish:

- ikki pog’onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy imission bank va bevosita xo’jalik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;

- ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini moliyalashga utkazish;

- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o’z ichiga oladi.

O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini tanlagani bois bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega:

- Birinchi bosqich milliy valyutani muomilaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog’onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish bo’yicha olib boriladigan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni asosida amalga oshirildi. Ushbu qonun asosida sobiq SSSR davlat bankining respublika muassasi asosida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’zildi (1992 yil sentyabr) va unga respublikada pul muomilasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va tulov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi.

Ushbu davrda tashkil etilgan maxsus ixtisoslashgan banklar jumlasiga sanoat qurilish banki, kommunal qurilish va sosial taraqqiyot banki, agrosanoat banki, tashqi iqtisodiy faoliyat banki, jamg’arma banki va boshqa banklarni kiritish mumkin.

O’zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta muomilaga kiritilgan (1994 yil 1 iyul) va ikki pog’onali bank tizimining xuquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o’z ichiga oladi.

1994 yil 18 martdagi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasidagi mustahkam qonuniy poydevor yaratdi.

Ushbu bosqichning xususiyatlaridan biri 1995 yildan boshlab O’zbekistonda maxsus nobank kredit tashkilotlari (investisiya kompaniyalari, sug’o’rta kompaniyalari va boshqalar) tashkil qilina boshlandi.

O’zbekiston bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000 yillarni o’z ichiga olib u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish va aksiyador – tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni ko’chaytirishdan iborat.

Bu bosqichda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (1997 yil 24 aprel), «Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi (1998 yil 2 oktyabr), «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to’g’risida»gi (2000 yil 21 mart) farmonlari muhim ahamiyatga ega.

Shu kabi 1999 yil 15 yanvarda O’zbekiston Respublikasining «Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida» gi, 2000 yil 24 martdagi «Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida» gi qarorlari qabul qilindi.

Bank tizimiga chet el sarmoyasi keng jalb qilina boshlandi va 2006 yilning boshiga 5 ta bank chet el kapitali ishtirokida faoliyat kursatmokda. Bulardan tashqari xalq xo’jaligiga 3 ta bank davlat mulki asosida. 12 ta aksiyador-tijorat va 9 ta xususiy bank xizmat ko’rsatmokda.

Shu bosqichda bank tizimini islox qilish respublika komissisiyasi to’zildi, mijozlarga xizmat kursatish sifati oshirildi, kichik va o’rta biznesni yanada rivojlantirishga, ichki nazorat ta’sirchanligini oshirishga e’tibor qaratildi.

Bank tizimi rivojlanishining to’rtinchi bosqichi 2001 yildan boshlandi va uning asosiy xususiyatlari bo’lib kuyidagilar hisoblanadi:

1. Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish asosida aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchi mustahkamlandi. Agar 2004 yilni boshiga tijorat banklar kapitali 791 mlrd so’mdan 2005 yilni boshiga 824,1 mlrd. so’mga, ya’ni 104,2% ga oshgan bo’lsa, shu davrda axolining banklardagi pul jamgarmalari (yangi omonat turlari, yukori foizlar va boshqalar xisobiga) 244,7 mlrd. so’mdan 322,6 mlrd. so’mga yoki 131,8 foizga oshdi, 2005 yilni boshiga esa banklardagi aholi jamg’armalari 450 mlrd. so’mga yetdi.

2. Tijorat banklarining xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznes subyektlariga ko’rsatgan yordami ortdi. Ma’lumki, kichik tadbirkorlik subyektlarining soni yil sayin oshib bormoqda va ularni soni 1.01.2004 yilga 235,4 ming tani tashkil etadi. 2005 yilda kichik biznes subyektlariga berilgan kredit 419,9 mlrd. so’mni tashkil etib shundan 287,4 mlrd. o’zoq muddatli kreditni tashkil etadi. Kichik biznes subyektlarining YaIMdagi ulushi 2005 yilda 38 foizni tashkil etdi, 2006 yilni rejasiga ko’ra uni 45 foizga yetishi muljallangan.

3. Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish bo’yicha ishlar jadallashtirildi. Bu bosqichda milliy valyutani erkin ayirboshlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi va 2003 yil 15 oktyabridan boshlab joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi.

Valyuta munosabatlarini takomillashuvi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003 yil 11 dekabridagi 557 son qarori bilan «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuniga o’zgartirishlar kiritildi.

4. Markaziy bank va uning funksiyalari. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining asoslari.

Markaziy bank – kredit tizimining bosh banki bo’lib, mamlakatda pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi.

Birinchi markaziy banklar bundan qariyib uch yuz yil oldin tijorat banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil bo’lgan Shved Riks Jiro banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir.

Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko’rsata boshlagan. AŠShda Markaziy bank funksiyasini 12 federal rezerv bankidan iborat federal rezerv tizimi bajaradi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1992 yilning sentyabr oyidan sobiq SSSR davlat bankining Respublika bo’limi zaminida paydo bo’lgan.

Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yuli mavjud:

Birinchi yul – o’zoq davr mobaynida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida ularni Markaziy bankka aylanishi. Shu holat 1844 yilda Angliyada, 1848 yilda Fransiyada, 1874 yil Ispaniyada, 1875 yilda Germaniyada (Reyxsbank), 1893 yilda Italiya Markaziy banklari tashkil bo’lishi bilan bog’liq.

Ikkinchi yo’l – bir yo’la Markaziy bank – emission markaz sifatida tashkil qilingan banklar. Bunday banklarga AŠShning federal banklari, 1913 yildan tashkil etila boshlangan Lotin Amerikasi mamlakatlari banklari, Avstriya Markaziy banki va boshqalarni kiritish mumkin.

Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarishda va bank tizimini nazorat qilishda muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham uning faoliyati uning Ustaviga nisbatan yuqori kuchga ega bo’lgan qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bank alohida statusga ega bo’lgani holda butun bank tizimini, davlat organlarini nazorat qilib uning faoliyati, vazifalari va yuklatilgan majburiyatlar uni tijorat faoliyati chegarasidan chiqadi.

Respublikamizda Markaziy bank to’g’risidagi qonun 1995 yilni 21 dekabrda qabul qilinib 2002 yilda unga ayrim o’zgartirishlar kiritilgan.

5. Tijorat banklarining vazifalari va roli

Bugungi kunda tijorat banki o'z mijozlariga 200 turgacha turli xil bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etishi mumkin. Operatsiyalarni keng diversifikatsiya qilish banklarga mijozlarni saqlab qolish va juda noqulay iqtisodiy sharoitda ham daromadli bo'lish imkoniyatini beradi. Shuni yodda tutish kerakki, har qanday bank operatsiyalari har kuni amalga oshirilmaydi va ma'lum bir bank muassasasi amaliyotida qo'llaniladi (masalan, xalqaro hisob-kitoblar yoki ishonch operatsiyalari), ammo ma'lum bir asosiy to'plam mavjud bo'lib, ularsiz bank mavjud bo'lmasligi va normal ishlashi mumkin emas. Bunday konstruktiv bank operatsiyalariga quyidagilar kiradi:

omonatlarni qabul qilish;

naqd to'lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshirish;

kreditlar berish.

To'lov vositalarini yaratish bank mijozlariga kredit berishning depozit funktsiyasi bilan chambarchas bog'liq. Depozit ikki yo'l bilan paydo bo'lishi mumkin: mijozning bankka yoki jarayonga naqd pul qo'yishi natijasida bank kreditlari... Ushbu operatsiyalar mamlakatdagi pul massasi qiymatiga boshqacha ta'sir qiladi. Agar mijoz pulni talab bo'yicha topshirgan bo'lsa, u holda ular naqd pulsiz naqd pulsiz pulga aylanadilar. Fermer xo'jaligidagi umumiy pul miqdori o'zgarmadi. Agar pul depozitga kiritilgan bo'lsa, unda bank o'z faoliyati bilan yangi to'lov vositalarini yaratganligi sababli, iqtisodiyotdagi pullarning umumiy miqdori oshdi. Qarama-qarshi harakat - yo'q qilish, mijoz hisobvarag'idan naqd pulni olib qo'yganda va qarzlarni to'lash uchun depozitdan pul tushirganda yuz beradi. Tijorat banklarining depozitlar va pul massasini ko'paytirish va kamaytirish qobiliyatidan tizim orqali foydalaniladigan markaziy bank keng foydalanadi majburiy zaxiralar kreditning dinamikasini boshqaradi.



Banklar faoliyatining ikkinchi keng funktsional yo'nalishi - bu kredit vositachiligi. Tijorat banklari, yuqorida aytib o'tilganidek, to'planib turadigan va zarur bo'ladigan iqtisodiy birliklar o'rtasida vositachilar rolini o'ynaydi puloh. Ular erkin kapital egalariga turli xil depozitlar ko'rinishida pulni saqlashning qulay shaklini taqdim etadi, bu mablag'larning saqlanishini ta'minlaydi va mijozning likvidlikka bo'lgan ehtiyojini qondiradi. Ko'plab mijozlar uchun pulni saqlashning bunday shakli obligatsiyalarga yoki aktsiyalarga mablag 'qo'yishdan ko'ra afzalroqdir. Bank krediti, shuningdek, ma'lum bir qarz oluvchining ehtiyojlarini moslashuvchan ravishda hisobga olishga va ularga kredit olish shartlarini ularga moslashtirishga imkon beradigan (bozordan farqli o'laroq) juda qulay va ko'p hollarda moliyaviy xizmatlarning ajralmas shakli hisoblanadi. qimmatli qog'ozlarbu erda kreditning shartlari va boshqa shartlari standartlashtirilgan).

Ijro etishdan tashqari asosiy funktsiyalar, bank mijozlarga boshqa ko'plab moliyaviy xizmatlarni taklif etadi. Masalan,banklar korporatsiyalar va jismoniy shaxslar uchun mol-mulkni bank boshqaruviga ishonchli asosda topshirish, mijozlar uchun qimmatli qog'ozlarni sotib olish, mulkni boshqarish va obligatsiyalar chiqarish bo'yicha kafolat funktsiyalarini bajarish bilan bog'liq turli xil operatsiyalarni amalga oshiradilar.
Download 30.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling