Банклараро хисоб-китобларнинг мазмуни ва уларнинг ташкил этилиши. Банкларнинг вакиллик хисобварақлари ҳақида тушунча. Электрон тўловлар тизими
Banklarning vakillik hisobvaraqlari ochilishi va yuritilishi
Download 1.61 Mb.
|
9-МАВЗУ. БАНКЛАРАРО ҲИСОБ-КИТОБЛАР ҲИСОБИ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Norezident banklar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va O’zbekiston Respublikasining vakolatli banklarida vakillik hisobvaraqlarini ochish uchun quyidagilar taqdim qilinadi
Banklarning vakillik hisobvaraqlari ochilishi va yuritilishi.
Tijorat banklarining boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari quyidagi turlarga bo’linadi: a) rezident banklardagi vakillik hisobvaraqlari; b) norezident banklardagi vakillik hisobvaraqlari; v) O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi majburiy zaxira hisobvarag’i; g) banklarning boshqa depozit hisobvaraqlari. Tijorat banklari banklarda milliy valyutada vakillik hisobvarag’i ochish uchun quyidagi hujjatlarni: a) hisobvaraq ochish to’g’risida ariza; b) solik to’lovchining identifikasiya raqami berilganligi to’g’risida guvoxnoma nusxasi; v) bank operasiyalarini amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan lisenziyaning nusxasi; g) statistika organlari tomonidan berilgan korxona va tashkilotning Yagona davlat ro’yxatiga kiritilganligi to’g’risida guvoxnoma nusxasi; d) imzolar namunalari va muxr izi qo’yilgan varaqcha. Tijorat bankining filiali milliy valyutada vakillik hisobvarag’ini ochish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xududiy Bosh boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi: a) hisobvaraq ochish to’g’risida ariza ; b) Bosh bankning iltimosnomasi; v) imzolar namunalari va muxr izi qo’yilgan varaqcha. Rezident banklarga xorijiy valyutada vakillik hisobvaraqlari xorijiy valyutadagi operasiyalarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bosh lisenziyasi bo’lgan holdagina ochiladi. Vakolatli rezident banklar xorijiy valyutada operasiyalarni amalga oshirish uchun olgan lisenziyalarida xorijiy banklarda vakillik hisobvaraqlarini yuritish ko’zda tutilgan bo’lsa, shuningdek, tegishli davlat Markaziy (Milliy) bankining vakillik munosabatlarini belgilab beruvchi ruxsatnomasiga (ushbu ruxsatnoma xorijiy davlat konunchiligida ko’zda tutilgan bo’lsa) ega bo’lsalar, boshqa davlatlarning banklarida vakillik hisobvaraqlari ochishlari mumkin. Norezident banklar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va O’zbekiston Respublikasining vakolatli banklarida vakillik hisobvaraqlarini ochish uchun quyidagilar taqdim qilinadi: a) ixtiyoriy shaklda hisobvaraq ochish to’g’risida ariza; b) imzolar va muxr izi namunalari. Vakillik hisob varaklaridagi mablag’lar Markaziy bank (xududiy boshqarmasi) kassa hisob-kitob markazida saqlanadi. Banklar mijozlarga hisobvaraqlar ochishda O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga rioya qilishlari lozim. O’zbekiston Respublikasi banklari o’z mijozlari bo’lgan yuridik shaxslarni, shuningdek, yuridik shaxs makomiga ega bo’lmagan tadbirkorlarni va ularning hisobvaraqlarini Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh Markazidagi BDMAB xizmat ko’rsatish markazida majburiy tartibda ro’yxatdan o’tkazishlari shart. BDMABda ro’yxatdan o’tkaziladigan hisobvaraqlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilanadi. BDMABda mijozlarga berilgan unikal kodlar ularning xo’jalik faoliyati to’xtatilgandan so’ng 10 yil mobaynida saqlanadi va bu davr ichida boshqa mijozlarga berilmaydi. Mijozlarning bank hisobvaraqlari BDMABda avtomatik ravishda hisobvaraqning ochilish joyidan qat’iy nazar xar bir valyutaning balans hisobvarag’i ichida ketma-ket raqamlash tamoyili asosida shakllantiriladi. Mijozning BDMABda shakllantirilgan bank hisobvarag’i bankning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va ular bankda o’zgartirilishi mumkin emas. Mijozga birinchi tartibli depozit hisobvaraq ochish jarayonida bank BDMABdan mijozga unikal kod berilganligi to’g’risidagi xabarni olgandan keyin, bu to’g’rida o’z mijoziga xabar beradi va shundan keyingina ushbu hisobvaraq bo’yicha bank operasiyasini amalga oshirish xuquqiga ega bo’ladi. BDMAB banklarning quyidagi so’rovlariga xizmat ko’rsatadi: mijozni identifikasiyalash (0 so’rov); mijozlarni ro’yxatdan o’tkazish va birinchi marotaba hisobvaràq ochish (1 so’rov); mijozlarga ularning unikal kodlari bilan hisobvaraqlar ochish (2 so’rov); hisobvaraqlarni vaqtincha yopish (blokirovaniye) (3 so’rov); vaqtincha yopilgan hisobvaraqlarni ochish (razblokirovaniye) (4- so’rov); mijozlarni obyektiv ma’lumotlarini o’zgartirish (5- so’rov); hisobvaraqlarni boshqa bankka ko’chirish (6- so’rov); mijozlarning hisobvaraqlarini yopish (7- so’rov); mijozlarning boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlari to’g’risida ma’lumotlar olish (8 so’rov); mijozning faoliyatini (unikal kod aktivligini) tugatish (9 - so’rov). Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling