Банклараро хисоб-китобларнинг мазмуни ва уларнинг ташкил этилиши. Банкларнинг вакиллик хисобварақлари ҳақида тушунча. Электрон тўловлар тизими
Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda
Download 1.61 Mb.
|
9-МАВЗУ. БАНКЛАРАРО ҲИСОБ-КИТОБЛАР ҲИСОБИ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisob-kitob shakllari deyilganda
Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda - korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operasiyalar bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bir hisobvaraqadan ikkinchi hisob varaqga o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi.
Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarini o’zida aks ettirishiga ko’ra ikki kismga bo’linadi: tovar operasiyalari bo’yicha pul aylanishi; moliyaviy majburiyatlar bo’yicha pul aylanishi. Birinchi guruhga tovarlarni sotish, xizmatlar ko’rsatish va kapital qurilish jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi. Ikkinchi, moliyaviy majburiyatlar, guruhiga esa byudjetga to’lovlar, ya’ni foydadan to’lanadigan soliq, qo’shilgan qiymat soliyoi va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan tashqari fondlar, bank ssudalarini qaytarilishi, kredit uchun foizlarning to’lanishi, sug’urta kompaniyalari bilan hisob-kitoblar kiradi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi xududida naqd pulsiz hisob-kitoblar amaldagi Nizom2 asosida tartibga solinadi. Ushbu Nizomga asosan naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunda ko’zda tutilgan va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan quyidagi shakllar: memorial order. to’lov topshiriqnomasi; to’lov talabnomasi; akkreditiv; inkasso topshiriqnomasi; hisob-kitob cheklari; plastik kartochkalar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. To’lovchi va mablag’ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shartnoma asosida belgilanadi. Hisob-kitob shakllari deyilganda - huquqiy me’yorlarda ko’zda tutilgan, hisob-kitob hujjatlarining turi, hujjatlar aylanish tartibi, mablag’larni mol sotuvchi korxona hisobvarag’iga o’tkazish va yozish usuli bilan bir-biridan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. Bank to’lovchi bo’lib chiqqan va memorial orderlar ishlatilgan hollarda, ular bank rahbarining va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlanadi, boshqa holatlarda memorial orderlar ushbu bank hisobvarag’ini olib boruvchi bosh buxgalter va buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi. Memorial orderlar bilan sodir etilayotgan operasiyalarning to’g’riligi bo’yicha javobgarlik bankning rahbariga va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi. Banklar memorial orderlardan fuharolarning olib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan holda, yozma topshiriqnomalari bo’yicha naqd pulsiz pul mablag’larini o’tkazishni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin. Bunda, topshiriqnoma bo’yicha to’lash amalga oshirilgandan so’ng memorial order bilan birga bankning kunlik hujjatlariga tikib qo’yiladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling