Banklarda buxgalteriya hisоbini yuritish va hisоbоtlarni tayyorlash
Download 471.75 Kb.
|
MARUZA MATNI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.2. Hisobvaraqlarning raqamlanishi.
- SSSSS VVV
- Hisobvaraqning tartib raqami
- Bank kodi yoki mijoz kodi
- Kontraktiv hisobvaraqlar
- Balansdan tashqari schyotlar
- Тayanch so‘z va ibоralar
Raqamli kodlashtirishga quyidagi zarur shartlar joylashtirilgan: jamlanma hisobvaraqlar uchun MM va/yoki SS nol raqamlariga ega (masalan, 10000-“Aktivlar”, 10100-“Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari” va boshqalar); “Aktivlar” bo‘limidagi “.... zararlarni qoplash zahirasi” sarlavhali subhisobvaraqlar uchun SS o‘rnida 99 raqam qabul qilingan. 10.2. Hisobvaraqlarning raqamlanishi. Yordamchi kitobda shaxsiy hisobvaraqlar quyidagi sxema bo‘yicha kodlashtiriladi:
Bundan tashqari, operatsiyalarni boshqarish maqsadida YOrdamchi kitoblarga Markaziy bank, tijorat banklari boshqarmalari hamda tijorat banklari menejmenti (boshqarishi) uchun zarur bo‘lgan batafsil axborotlar bilan ta’minlovchi qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi. Hisobvarqlar rejasi – buxgalteriya xisobi bo‘yicha hisobvarqlarning ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir tizimga solingan ro‘yxatdir. Tijorat banklarida hisobvaraqlar qo‘yidagi turlarga bo‘linadi; aktiv hisobvaraqlar, passiv hisobvaraqlar, kontrar hisobvaraqlar, kontraktiv hisobvarqlar, kontr passiv hisobvaraqlar, tranzit hisobvaraqlarga va doimiy hisobvaraqlarga bo‘linadi. Doimiy hisobvaraqlar deb nomlanishining sababi – ular har bir hisobot davri yakunida yopiladigan vaqtinchalik hisobvaraqlardan farqli o‘laroq, doimiy saldoga ega bo‘lishlari mumkin. Domiy hisobvaraqlar balansda ko‘rsatiladi, shuning uchun ham bu hisobvaraqlar balans hisobvaralari deb nomlanadi: bular aktivlar, majburiyatlar va xususiy sarmoya hisobvaraqlaridir. Doimiy hisobvaraqlar: aktiv, passiv va kontrar (kontraktiv va kontrpassiv) bo‘lishi mumkin. Aktiv hisobvaraqlarda turli aktivlar aks ettiriladi va ular faqat debet saldosiga ega bo‘ladi. Aktivlarning ko‘payishi ushbu hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi. Passiv hisobvaraqlar majburiyatlar va sarmoyaning oshishini aks ettirish uchun mo‘ljallangan, faqatgina kredit saldosiga ega bo‘ladi, majburiyatlar va sarmoya oshishi mazkur hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi. Kontraktiv hisobvaraqlar saldosi hisobotda ularning sof (balans) qiymatini aks ettirish uchun asosiy vositalarning eskirishi misol bo‘ladi. Asosiy vositalarning eskirishi hisobvaraqlari balansda ularning boshlang‘ich qiymatini kamaytirib ko‘rsatadi. Kontrpassiv hisobvaraqqa sotib olingan xususiy aksiyalarni misol qilib keltirish mumkin, hisobotda ustav kapitalining haqiqiy hajmini aks ettirish uchun “Ustav sarmoyasi” hisobvarag‘i saldosidan uning saldosi chegiriladi. Hisobvaraqlar rejasida tranzit hisobvaraqlar – daromad va xarajatlar hisobvaraqlaridan iborat va hisobvaraqlarni joylashtirish tartibi bo‘yicha “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” shakliga muvofiq keladi. Ularning tranzit (vaqtinchalik) hisobvaraqlar deb atalishining sababi, shundaki, ular har bir hisobot davrining oxirida yopiladi hamda keyingi hisobot davrining boshida nollik saldoga ega bo‘ladi. Hisobvaraqlar rejasida “jamlama” hisobvaraq tushunchasi, ilova hisobvaraqlar mavjud emas, ya’ni ikkinchi tartib hisobvarqlari jamlama hisobvaraqlarining tahliliy tarkibiy qismlaridir. Balansdan tashqari schyotlar - bu bankga qarashli bo‘lmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarni bori va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlar. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi va bankning hisobotida aks ettirilmaydi. Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraqning aktiv yoki passiv bo‘lishi aniq belgilab qo‘yilgan, aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo‘ladigan ayrim hisobvaraqlar bundan mustasno. Aktiv hisobvaraqlarga “Aktivlar”, “Xarajatlar” va “Ko‘zda tutilmagan holatlar” bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Kapital” va “Daromadlar” bo‘limlaridagi balans hisobvaraqlari taalluqlidir. Aktivlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida “ Aktivlar” bo‘limiga kontr-aktiv hisobvaraqlari, majburiyatlarning real qiymatini aks ettirish maqsadida esa “Majburiyatlar” bo‘limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritilgan. “ Тayanch so‘z va ibоralar Buxgalerteriya hisоbi, balans, hisоbvaraq, hisobvaraq, hisоbvaraqlar rejasi, qоldiq (saldо), asоsiy hisobvaraq, sub-hisobvaraq, aktiv, passiv, kapital, majburiyatlar, balans ichidagi hisоbvaraqlar, balans tashqarisidagi hisоbvaraqlar, kоntrhisоbvaraq, kassadagi naqd pullar, depоzitlar. Download 471.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling