Banklarda buxgalteriya hisоbini yuritish va hisоbоtlarni tayyorlash
Download 471.75 Kb.
|
MARUZA MATNI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 40.1. Daromad va xarajatlar tushunchasi ularni tan olish usullari.
Тayanch so‘z va ibоralar
Asоsiy vоsitalar, bоshlang‘ich qiymat, qоldiq qiymat, amоrtizatsiya, to‘g‘ri chiziqli, tezlashtirilgan usul, qayta bahоlash, nоmоddiy aktivlar, binо-inshооtlar, mebel va jihоzlar, asоsiy vоsitalar оmbоrxоnasi, оldindan to‘lash, kam bahоli va tez eskiruvchi buyumlar, inventarizatsiya. Nazorat savollari 1. Kam bahоli va tez eskiruvchi buyumlar hisоbi qanday yuritiladi? 2. Моddiy qimmatliklarni оmbоrdan berish qanday tartibda amalga оshiriladi? 3. Моddiy qimmatliklardan fоydalanish hisоbi qanday yuritiladi 40. Mavzu: Daromad va xarajatlarni tan olish. Reja: 40.1. Daromad va xarajatlar tushunchasi ularni tan olish usullari. 40.2. Bank darоmadlari va ularning turlari. 40.1. Daromad va xarajatlar tushunchasi ularni tan olish usullari. Daromadlar-bu bankning odatdagi faoliyati natijasi sifatida iqtisodiy resurslarning yoxud aktivlarning oqib kelishi yoki usish yuli orkali, yoxud Majburiyatlarning kiskarishi yuli orkali usishidir, masalan tovarlarning sotilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi, yoki boshqa sub’ektlar tomonidan korxonaning foizlar, ijara to‘lovi, dividendlar yoki imtiyozlar keltiradigan resurslardan foydalanishi. BXXS (buxgalteriya hisobining xalkaro standartlari) tan olishni moddaning bank moliyaviy hisobotlariga kiritilishi jarayoni deb ta’riflaydiyu Tan olish ko‘rsatilgan summani hisobotning yakuniy ko‘rsatkichlarida aks ettirishdan iboratdir. Daromad moddalarini kondirish lozim bo‘lgan tan olish mezonlari qo‘yidagichadir: a) Modda ulchash uchun tegishli asosga ega va sumani okilona baxolashni amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi. b) Kelgusi iqtisodiy manfaatlarning olinishi mumkinligi yoki olinishi. Shunday kilib, daromadlar odatda shartnomaning bajarilishi amalga oshirilganda va tushumni ulchash va olish imkoni mavjudligi to‘g‘risida qat’iy ishonch xosil bo‘lganda tan olinadi. Daromad va xarajatlar uzaro sabab-natijaviy munosabatlar bilan bog‘lik bo‘lganda xarajat daromadga mos keladi va bitta davr daromadining yakuniy hisob-kitobiga kiritiladi. Boshqa xollarda xarajatlar daromadlar bilan bog‘lik bo‘lmasligi mumkin, birok bitimlar yoki xodisilar amalga oshiriladigan davrga tegishli bo‘lishi mumkin. Tan olishining 4 mezoni-aniqlash, baxolash, uz vaktlilik va ishonchlilik - moliyaviy hisobotlarda tan olish uchun hamma modalarga nisbatan qo‘laniladi. Buxgalteriya hisobining xalkaro standartlarida banklar daromadani vaqtiga muvofik tan olishning qo‘yidagi usullari qo‘llaniladi: Daromadlarni tan olishning kassa usuli. Shartnoma yoki aktivdan foydalanish davri davomida tan oilsh usuli. Tijorat banklari ko‘rsatadigan xizmat turlari ichida shundaylari mavjudki ulardan olingan daromad xizmatlar bajarilganida tan olinadi. Shuning uchun ham daromadni tan olishning ushbu usuli kasa usuli deb ataladi. Shartnoma yoki aktivdan foydalanish dari davomida daromadni tan olish usuli bank uz aktivlaridan boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga shartnoma asosida ruxsat berilganda qo‘llaniladi. Masalan, lizing operatsiyalaridan olinadigan daromad, kredit berishdan olingan foizlar va boshqalar. Banklarning daromadlari ularning xarajatlarini koplaydigan asosiy manbaa hisoblanadi. Bank daromadlari asosan ikki manbadan tashkil topadi: - Foizli daromadlar. - Foizsiz daromadlar. - Foizli daromadlar qo‘yidagicha to‘rkumlanadi. - Berilgan karzlar bo‘yicha foiz daromadlari. - Korschetlar bo‘yicha foiz daromadlari. - Qimmatbaxo qog‘ozlarni sotish bo‘yicha foiz daromadlari. - Investitsiyalar bo‘yicha foiz daromadlari. - Boshqa foiz daromadlari. Foizsiz daromadlarni qo‘yidagicha to‘rkumlash maksadga muvofikdir. Komissiya va xizmatlardan olingan daromadlar. Chet el valyutasidagi foyda. Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda. Investitsiyadan olingan foyda va dividendlar. Boshqa foizsiz daromadlar Buxgalteriya hisobining amaldagi schotlar rejasida bank daromadlarini hisobga olish uchun aloxida to‘rtinchi bo‘lim schotlari tayinlangan bo‘lib, ularda bank daromadlari turlari bo‘yicha hisobga olinadi. Shunday kilib, schotlar rejasining to‘rtinchi bo‘limi daromadlar deb ataladi va unda bank daromadlarini hisobga olish uchun qo‘yidagi schotlar tayinlangan. 40000 - Daromadlar 40200 - O‘RMB schotlar bo‘yicha foiz daromadlari 40400 - Boshqa banklardagi schotlar bo‘yicha foiz daromadlari. 40600 - Qimmatbaxo qog‘ozlarni sotib olish va sotish schoti bo‘yicha foiz darmadlari 40800 - Sotib olingan veksellar bo‘yicha foiz daromadlari 41000 - Mijozlarning Majburiyatlari bo‘yicha foiz daromadlari 41200 - Bankning koplanmagan akseptlariga doir mijozlarning Majburiyatlari bo‘yicha foiz daromadlari 41400 - O‘RMB berilgan kiska muddatli karzlar bo‘yicha foiz daromadlari 41600 - Boshqa banklarga berilgan kiska muddatli karzlar bo‘yicha foiz daromadlari 41800 - Xukumatga berilgan kiska muddatli karzlar bo‘yicha foiz daromadlari 42000 - Jismoniy shaxslarga berilgan kiska muddatli karzlar bo‘yicha foiz daromadlari 42100 - Aloxida tadbirkorlarga berilgan kiska muddatli karzlar bo‘yicha foiz daromadlari 42200 - Davlat korxonalari va tashkilotlariga berilgan kiska muddatli karzlar bo‘yicha foiz daromadlari 42400 - Kushma korxonalarga berilgan kiska muddatli karzlar bo‘yicha foiz daromadlari 42600 - Xususiy korxonalar jamoa korxonalari va korporatsiyalarga berilgan kiska muddatli karzlar bo‘yicha foiz daromadlari. Download 471.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling