Banklarda buxgalteriya hisоbini yuritish va hisоbоtlarni tayyorlash
Mavzu: Tijorat banklarida ichki bank operatsiyalari va ular hisobini tashkil etish asoslari
Download 471.75 Kb.
|
MARUZA MATNI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat banklarida ichki bank operatsiyalari to’g’risida tushuncha.
36. Mavzu: Tijorat banklarida ichki bank operatsiyalari va ular hisobini tashkil etish asoslari.
Reja: 36.1. Tijorat banklarida ichki bank operatsiyalari to’g’risida tushuncha. 36.2. Tijorat banklarida ichki bank operatsiyalari va ular hisobini tashkil etish. Tijorat banklarida ichki bank operatsiyalari to’g’risida tushuncha. Banklar o’z operatsion xarajatlarini ularning bosh banki tomonidan bir yil uchun tasdiqlangan va xabar berilgan smeta assignovaniyalari doirasida amalga oshiradilar. Bankning operatsion xarajatlari smetasi bo‘yicha kreditlarni bank raxbari tasarruf etadi. Bank raxbari bank bo‘yicha bo‘yruk chiqarib, smeta assignovaniyalarini tasarruf etish xukukini uz muoviniga ishonib topshirishga xaklidir. Respublika banki raisi ham bo‘yruk chiqarib smeta bo‘yicha assignatsiyalarni tasarruf etish xukukini uzining birinchi muoviniga berishi mumkin. Birok, smeta bo‘yicha assignovaniyalarni tasarruf etish xukukini boshqa shaxsga berib qo‘yish bilan bank raisini uning smeta intizomi axvoli uchun qonunda belgilangan shaxsiy javobgarlikdan ozod kilmaydi. Smeta assignovaniyalari, shu jumladan kelgusi davrlar xarajatlari hisobidan mablag sarflash uchun xujjatda kreditlar tasarruf etuvchisining ijozat imzosi bo‘lishi shart. Bankning operatsion xarajatlari uchun ajratilgan smeta assignatsiyalari hisobot yilining 31 dekabrigacha amal kiladi. Tugagan yilda amalda kilingan barcha xarajatlar 31 dekabrgacha o’tkazilishi lozim. Bankning operatsion xarajatlari hisobi banklar tomonidan balansda qo‘yidagi tegishli hisobvaraklar yuritiladi: "Ish xaki va xodimlar uchun boshqa xarajatlar", "Ijara va saklash", "Xizmat safari va transport xarajatlari", "Ma’mo‘riy xarajatlar" va shu kabilar. Bu hisobvaraklarga fakat xujjatlar bilan tasdiklangan va amalda kilingan xarajatlar kiritiladi. Kelgusi yillar smetalari hisobidan bankning operatsion xara-jatlari uchun kilinadigan xarajatlar hisobi "Puli oldindan to‘langan xarajatlar" hisobvaragida yuritiladi. Bu hisobvarakka yil oxirida ta’tilga ketayotgan xodimlarga to‘langan ish xaki, xususan kelasi yilga taallukli to‘lovlar, kelasi yil uchun gazetaga obuna bo‘lish xarajatlari, kelgusi yillar smetalari hisobidan o‘rni koplanishi kerak bo‘lgan ijaraga olingan binolarni kapital ta’mirlash xarajatlari summasi va shu kabilar o’tkaziladi. Yangi yilning dastlabki kunlarida shu yilga taallukli xarajatlar "Oldindan to‘langan xarajatlar" nomli 19925-hisobvarakdan Markaziy bankdagi qo‘yidagi tegishli ikkinchi tartib hisobvaraklariga "Ish xaki" nomli 56102, "Davriy nashrlar, kitoblar, gazetalar" nomli 56418, hisobvaraklarga va tijorat banklaridagi boshqa tegishli hisobvaraklarga o’tkaziladi. Summalari hisobidan ishtimoiy sugo‘rtaga ajratmalar kilinmaydigan, ishdan bushaganda to‘lanadigan nafakalarni davlat ishtimoiy sugo‘rtasiga doir badallar bo‘yicha hisob-kitob qaydnomalarida ajratib ko‘rsatish uchun bu nafaka to‘lovlari hisobini aloxida shaxsiy hisobvaraklarda yuritish tavsiya etiladi. Bank operatsion xarajatlari bo‘yicha xujjatlarni rasmiylashtirish vazifasi yuklatilgan xodim bu xarajatlar bo‘yicha xujjatlarni buxgalteriya qaydlovlari uchun qabul kilayotganda qo‘yidagilarni tekshiradi: puli to‘lanayotgan xujjatda kreditlarni tasarruf etuvchining ruxsat imzosi bor-yukligi (agar bunak hisoboti kabi jamlama xujjat puli to‘lanayotgan bo‘lsa, imzo fakat jamlama xujjatda bo‘lishi talab kilinadi); 29802- Tovar – moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablaglar hisobvarakdagi bunaklarni hisobga olgan xolda smeta assignovaniya koldigi ushbu chiqimni to‘lash uchun yetarli ekanligi; puli to‘lanayotgan xujjatdagi xususiy summalar va yakunlar to‘g‘riligi; xujjat to‘g‘ri rasmiylashtirilgani va xususan, ko‘rsatilgan xiz-matlar uchun tuzilgan to‘lovnomalarga bankning tegishli mansabdor shaxslari bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qabul kilinganini tasdiklab qo‘ygan imzolarning bor-yukligi; sotib olingan moddiy boyliklar uchun yozilgan to‘lovnomalarda bu boyliklarni ular but saklanishi uchun javobgar shaxslar qabul kilib olganligi to‘g‘risidagi tilxatlar bor-yukligi; xujjat puli hisoboti topshiriladigan summalardan to‘langan xollarda pul olingani to‘g‘risida xujjatga imzo chekilgani. Agar xujjat nakd pulsiz tartibda to‘lansa, u xolda memorial orderi tuziladi yoki uning o‘rniga puli to‘lanayotgan xujjatda kotirovka kilinadi. Jamlama xujjat, masalan, bunak hisoboti bor bo‘lsa, kotirovka jamlama xujjatda kilinadi. Agar xujjat summasi nakd pulda to‘lanishi lozim bo‘lsa, u xolda kassa chixim orderi tuziladi. Pul to‘lash uchun qabul kilingan xar bir xujjatga "Utkazildi" degan yozuvli shtamp bosiladi. Memorial va kassa orderlari bank ichki hisobvaraklari bo‘yicha hisob yuritadigan buxgalter hamda bosh buxgalter yoki uning muovini tomonidan imzolanadi. "Bank xizmatchilarining ish xaki va ular uchun sarflangan boshqa xarajatlar", "Xizmat safari va yul xarajatlari" va "Xizmat safari vaqtidagi kundalik xarajatlar" hisobi yuritiladigan shaxsiy hisobva-raklar (smeta bo‘linmalari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraklar bundan mustasno) maxsus shaklda bank xodimlari shaxsiy hisobvaraklari yuritiladi. Ish xaki bank xodimlariga fakat ishlangan vakt uchun va belgilangan muddatlarda, oyiga ikki marta - oyning birinchi va ikkinchi yarmida uchun to‘lanishi lozim. Ish xaki to‘lash bo‘yicha belgilangan muddatlarda shaxsiy hisobva-raklarda oyning utgan yarmi uchun hisob-kitoblar to‘ldiriladi. Hisob-kitob shaxsiy kompyuterda dasturiy yul bilan amalga oshiriladi va ushbu hisob-kitoblar asosida ish xaki berish uchun qaydnoma tuziladi. Mexnat ta’tilga chiqayotgan xodimlarning ish xaki shaxsiy hisobvaraklarda va qaydnomada to‘lov davrlari bo‘yicha aloxida satrlarda yoziladi.Oyning birinchi yarmi uchun ish xaki to‘lash qaydnomasining umumiy yakunida order tuziladi. Download 471.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling