Banklarda buxgalteriya hisоbini yuritish va hisоbоtlarni tayyorlash


Tijorat banklarida ichki bank operatsiyalari va ular hisobini tashkil etish


Download 471.75 Kb.
bet86/108
Sana03.10.2023
Hajmi471.75 Kb.
#1691173
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   108
Bog'liq
MARUZA MATNI.

36.2. Tijorat banklarida ichki bank operatsiyalari va ular hisobini tashkil etish.

Oyning ikkinchi yarmi uchun tuzilgan qaydnoma asosida ish xaki bo‘yicha yozilgan butun summa oyning oxirgi kunida "Bank xizmatchilapining ish xaki va boshqa xarajatlar" bipinchi tartib hisobvaragidagi tegishli hisobvaraklar debetiga hamda "Boshqa kpeditoplik hisobvapaklapi" isobvaragining kreditiga kiritiladi. Bunda qaydnomaning "Beriladi" ustuni-dagi yakuniy summasi "Oyning ikkinchi yarmi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan ish xaki" nomli aloxida shaxsiy hisobvarakka yozib qo‘yiladi. Keyingi oy boshida, utgan oyning ikkinchi yarmida ishlab topilgan ish xakini berish uchun ajratilgan kuni kassir nomiga yukorida aytilgan shaxsiy hisobvarakdagi summada kassa chiqim orderi yoziladi.


Xodimlar tomonidan belgilangan to‘lov kuni olingan ish xaki kun oxirida kassaga kirim kilinib, "Boshqa kpeditoplik hisobvapaklapi" hisobvaragining kreditiga qo‘yiladi va xar bir xodimga tegishli summalar "Berilmagan ish xaki bo‘yicha deponentlar" nomli jamlama shaxsiy hisobvaragiga yoziladi. Yirik banklarda raxbariyatning ruxsati bilan 3 (uch) kun davomida ish xaki berilishiga yul qo‘yiladi. Kassir avansning koldigini "Emissiya-kassa ishi, pul tushumlarini inkassatsiya qilish va O‘zbekiston Respublikasi banklarida qimmatliklarni tashish to‘g‘risida"gi Yo‘riknomaning 146-bandida belgilangan tartibda saqlashi lozim.
Ish xaki hisoblanayotganda ushlab kolingan summalarning hisobini yuritish uchun "Boshqa kreditorlik hisobvaraklari" hisobvaragida ushlanmalarning xar bir turi bo‘yicha, uchinchi shaxslar foydasiga ushlanmalar bo‘yicha esa ularning xar biriga aloxida shaxsiy hisobvaraklar ochiladi. Ushlab kolingan summalar kimga tegishliligiga qarab, ish xaki to‘lanadigan muddat kunida utkaziladi. Aloxida fukarolar foydasiga undirilgan summalar, masalan, alimentlar oluvchilar bilan kelishib, ularga pochta orkali junatiladi yoki oluvchi ko‘rsatgan bankdagi omonatlarga utkaziladi. Ushlanmalar nakd pul bilan to‘lanadigan xollarda oluvchilar shaxsan o‘zlari kelgunicha ushbu ushlanmalar "Boxka debitorlik hisobvaraklari" hisobvaragida saklab turiladi.
Ishchi va xizmatchilarga hisoblangan ish xakining barcha turlari ish xaki fondiga kiritiladi. Bank xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi nizomlarga muvofik ularga beriladigan mukofotlar 56106 - "Bank xizmatchilari uchun imtiyozlar" hisobvaragida hisobga olinadi.
Ijtimoiy sugo‘rtaga badallar va ish xaki fondidan belgilangan mikdordagi nafaka fondiga ajratmalarning hisobi 56114 - "Ijtimoiy sugo‘rta bo‘yicha badallar" balans hisobvaragida yuritiladi. Kasaba uyushma- lari kengashi, bandlik fondi, soglikni sugo‘rta qilish va boshqa tegishli fondlarga ajratiladigan badallarning hisobi 56122 - "Bandlik fondi va boshqa tegishli fondlar uchun badallar" balans hisobvaragida ochilgan shaxsiy hisobvaraklarda yuritiladi.
Mol-mulk sugo‘rtasi, yonginga karshi sugo‘rta va bankning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘lik bo‘lgan boshqa sugo‘rtalar bo‘yicha badallarning hisobi 56710 - "Sugo‘rta xarajatlari" balans hisobvaragida yuritiladi. Ijtimoiy sugo‘rtaga daxldor bo‘lgan barcha toifadagi xodimlar ish xaki fondi (daromadi) bo‘yicha belgilangan tarifga asoslangan xolda sug’urta badallari hisoblanadi.
Hisoblangan sugo‘rta badallari utkazilayotganda qo‘yidagi kilingan xarajatlar chegirib kolinadi: pensiyalar, mexnatga vaqtincha layokatsizlik, omiladorlik va tugish nafakalari, bola tugilganda beriladigan, dafn marosimi uchun beriladigan nafakalar, bolalar uchun nafakalar, xizmatchilar va ularning oila a’zolari sanatoriy-ko‘rort xizmatlaridan foydalanishi uchun beriladigan nafakalar. Hisobda xarajatlarning turlari, ishga layokatsizlik kunlarining soni va boshqalar aks ettiriladi.
Xar chorakda hisobot - ijtimoiy sugo‘rta fondi mablaglari bo‘yicha hisob-kitob qaydnomasi tuziladi. Unda butun ish xaki umumiy fondi hamda hisoblangan badallar, boshqa tushumlar summalari, shuningdek UzR Vazirlar Maxkamasi xuzo‘ridagi Ijtimoiy sugo‘rta fondining 1994 yil 10 fevraldagi "Sugo‘rta badallari yozish va to‘lash, davlat sotsial sugo‘rtasi mablaglari hisobini yuritish va sarflash to‘g‘risida"gi Yo08-3/90 yo‘riknomaning 4-ilovasida berilgan shakl bo‘yicha pensiya va nafakalar to‘lashga sarflangan summalar ko‘rsatiladi. Ayni shunday hisobotlar pensiya fondiga, Ish bilan ta’minlash fondiga va kasaba uyushmalari kumitasiga ham yuboriladi.
Hisob-kitob qaydnomasi ma’lumotlariga qarab chorak davomida ijtimoiy sugo‘rtasiga utkazilgan to‘lovlar kayta hisoblab chiqiladi. Bunda to‘lanishi kerak bo‘lgan badallar cummasidan bank utgan davr mobaynida kilgan xarajatlar summasi chegirib kolinadi.
Agar kayta hisoblash natijasida sugo‘rta badallari kam to‘langani aniklansa, u xolda to‘lanmay kolgan summa hisobot bilan birga utkaziladi, basharti kayta hisoblash chogida ortikcha pul to‘lab yuborilgani ma’lum bo‘lsa, u xolda shu summa mikdorida navbatdagi bunak to‘lovi kamaytiriladi.
Amaldagi qonunlarga muvofik, yosh mutaxassislarga ular oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tugatganidan keyin ta’til davri uchun to‘lanadigan, xodim va uning oila a’zolari joylashib olishi uchun bir marta beriladigan nafakalar summasi, kundalik xarajatlar, xodim va uning oila a’zolari kuchishga sarflaydigan pul kiymati "Xodimlar uchun boshqa xarajatlar" degan hisobvarakdagi "Kuchish" degan aloxida shaxsiy hisobvarakda hisobga olinadi.
Bank reklama va e’lon berish, yozuv-chizuv anjomlari va ish joyi uchun buyumlar sotib olishga kiladigan xarajatlar, pochta,telefon hamda faks xarajatlari, davriy nashrlar, kitoblar, gazetalar uchun kiladigan xarajatlar hisobi "Ma’mo‘riy xarajatlar" degan shaxsiy hisobvarakda tegishlicha ikkinchi tartib hisobvaraklarida yuritiladi. Bu hisobvaraklar bo‘yicha xarajatlar bosh bank belgilagan smetalar jdoirasida kilinadi.
Bank junatmalarini yuborish va boshqa xizmatlar uchun aloka korxonalari bilan hisob-kitoblar respublika Aloka vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, tuzilgan shartnomalar asosida bunaklarni topshiriknoma bilan utkazish yoki tomonlap kelishuviga kupa bip oy yoki boshqa davp uchun aloka korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun takdim etilgan to‘lovnomalar pulini keyinchalik to‘lash yuli bilan amalga oshipiladi. Banklar BAM xizmatlari uchun to‘lovni xar oyning 25-kunida, bosh axborotlashtirish markazi takdim etgan to‘lovnoma fakto‘ralar asosida to‘laydilar.

Download 471.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling