Банкларда фойда ва зарарлар ҳисоби


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/33
Sana02.12.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1779573
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
dat asakabank farxod filialida foyda va zararlar hisobi va uning

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


~ 24 ~ 
2.2.DAT “Asakabank” Farxod filialida foyda hisobini tahlili. 
O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi 
Qonuniga asosan tijorat banklarining asosiy maqsadi – foyda olishdir. Tijorat 
banklari o’z faoliyatlari davomida juda ko’plab mijozlarga xizmat ko’rsatadi, turli 
xil operatsiyalarni bajaradi, bir qator xarajatlarni amalga oshiradi. Buning natijasida 
ma’lum miqdorda daromad oladi.
Shunday qilib, har bir tijorat banki o’z faoliyatini olib borishdan maqsadi 
yuqori daromad olishga qaratilgan bo’lib, o’z daromadlarini ko’paytirish 
yo’llarini tijorat banklari mustaqil ravishda belgilaydilar. 
Tijorat banklarining daromadlari mijozlarga qisqa va uzoq muddatlarga 
berilgan kreditlar bo’yicha olinadigan foizlar, kreditlarning o’z muddatida 
qaytarilmagani uchun mijozlardan shartnomada ko’rsatilgani bo’yicha 
olinadigan yuqori stavkadagi foizlardir. Banklarning bu daromadlari barcha 
daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi.
Bundan tashqari, tijorat banklari mijozlariga talab qilinguncha 
saqlanadigan 
depozit 
hisobvaraqlari, 
muddatli, 
jamg’armali depozit 
hisobvaraqlari, valyuta va boshqa hisobvaraqlar ochadi va yuritadilar. Bu 
hisobvaraqlar bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida mijozlarga turli 
xil xizmatlar ko’rsatib tegishli ravishda haq oladilar. Bu xizmatlari uchun 
oladigan daromadlari ko’pincha tijorat banki va mijoz o’rtasida hisobkitob yoki 
boshqa hisobvaraqlarga xizmat ko’rsatish to’g’risidagi o’zaro tuzilgan 
shartnomada belgilanadi.
Tijorat banklari kutilmagan daromadlar ham ko’rishi mumkin. Bunday 
daromadlarga bank kassalaridagi naqd pul mablag’larining ortiqcha chiqqan qismi, 
qarzdorlardan undirilgan turli jarima va penyalar, banklarning asosiy vositalarini 
tugatish yoki sotishdan olgan daromadlari kiradi. 
Shunday qilib, tijorat banklarning daromadlari va ularning manbalarini bank 
faoliyatiga qarab, tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalar nuqtayi 
nazaridan ko’rib chiqish mumkin. 


~ 25 ~ 
Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasiga asosan bankning barcha 
daromadlarini foizli, foizsiz va boshqa daromadlarga bo’lish mumkin.
6
Foydaning asosiy manbasi daromad bo’lganligi va banklar faoliyatining 
asosiy ko’rsatkichi daromadlar sanalganligi sababli, ishda foydaning asosi bo’lgan 
daromadlar hisobi haqida alohida to’xtalib o’tdik. Daromadlar-bu bankning
odatdagi faoliyati natijasi sifatida iqtisodiy resurslarning yoxud aktivlarning okib 
kelishi yoki usish yo’li orqali, yoxud Majburiyatlarning qisqarishi yo’li orqali 
usishidir, masalan tovarlarning sotilishi, xizmatlar ko’rsatilishi, yoki boshqa 
sub’ektlar tomonidan korxonaning foizlar, ijara to’lovi, dividendlar yoki 
imtiyozlar keltiradigan resurslardan foydalanishi. 
BXXS (buxgalteriya hisobining xalkaro standartlari) tan olishni moddaning
bank moliyaviy hisobotlariga kiritilishi jarayoni deb ta’riflaydiyu Tan olish 
ko’rsatilgan summani hisobotning yakuniy ko’rsatkichlarida aks ettirishdan 
iboratdir. 
Banklarning daromadlari ularning xarajatlarini qoplaydigan asosiy manbaa 
hisoblanadi. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling