Банкларда фойда ва зарарлар ҳисоби
DAT «Asakabank» Farxod filiali moliyaviy natijalari hisobini yuritish
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
dat asakabank farxod filialida foyda va zararlar hisobi va uning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- To’rtinchidan
DAT «Asakabank» Farxod filiali moliyaviy natijalari hisobini yuritish
borasida quyidagi hulosa va takliflar ishlab chiqildi: Birinchidan, tijorat banklarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasida moliyaviy xo’jalik faoliyatiga baho berish uchun va yakuniy moliyaviy natijani aniqlash uchun alohida hisobvaraq ajratilmagan. Bank daromadlari va xarajatlari yil yakunida to’g’ridan-to’g’ri 31200 – “Taqsimlanmagan foyda” hisobvarag’iga olib boriladi. Bizning fikrimizcha, yakuniy moliyaviy natija hisobini olib borish uchun alohida “YAkuniy moliyaviy natijalar” sintetik hisobvarag’ini kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu hisobvaraqda bank faoliyatining moliyaviy natijasi, ya’ni olingan jamiki daromadlar va sarflarni taqqoslash natijasida qoldiq sifatida aks ettirish imkoni bo’ladi. Ta’kidlab o’tish lozimki, hozirgi vaqtda Markaziy bank tomonidan inflyatsiya darajasini pasaytirish bo’yicha bir qator chora-tadbirlar qo’llanilmoqda, ~ 60 ~ lekin shunga qaramasdan mamlakatimiz iqtisodiyotiga inflyatsiya o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Ikkinchidan, daromadlar va xarajatlar to’g’risidagi hisobotning barcha moddalari hisobot davri sanasiga haqiqiy hisoblangan o’lchov birligida aks ettirilishiga imkon beruvchi yangi standart kiritish. Shunday qilib, barcha summalar inflyatsiya darajasi koeffitsiyentiga korrektirovka qilish yo’li bilan qayta hisoblanadi. Uchinchidan, tijorat banklari foizli daromadlarini oshirish uchun banklarning qimmatli qog’ozlari bilan bog’liq operatsiyalarni rivojlantirishlari zarur. SHu bilan birga lizing, faktoring va diskont operatsiyalarini rivojlantirishlari lozim. To’rtinchidan, yuqoridagilardan tashqari, banklar boshqa banklardan olingan kreditlarning salmog’ini kamaytirish va ularning o’rniga muddatli va jamg’arma depozitlarning salmog’ini oshirishga e’tiborni kuchaytirish lozim. Beshinchidan, banklar daromadlarni oshirish bilan birga, ayrim xarajatlarni kamaytirishlari lozim. Bank faoliyatining yuqori samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlardan biri tavakkalchilik bilan bog’liq xarajatlar hisoblanadi. Albatta, tavakkalchilik bilan bog’liq operatsiyalarni har doim qattiq nazorat qilib borish lozim. Bank faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jarimalar va penyalar miqdorini kamaytirish yoki ularga umuman yo’l qo’ymasllik lozim. Bu taklif va tavsiyalar DAT «Asakabank» Farxod filialida amaliyotga joriy qilinsa, yaxshi natija beradi deb o’ylaymiz. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling