Банкларда фойда ва зарарлар ҳисоби


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/33
Sana02.12.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1779573
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
dat asakabank farxod filialida foyda va zararlar hisobi va uning

Ikkinchidan, tijorat banklarida moliyaviy natijalar hisobi biror manbaga 
asoslanib amalga oshirilishi lozim. SHu maqsadda O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan tijorat banklarida moliyaviy natijalarni buxgalteriya 
hisobida aks ettirish to’g’risida aloxida nizom ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq 
bo’lar edi. 
Bu nizomda tijorat banklarining barcha daromadlari va xarajatlari, foyda va 
zararlarini buxgalteriya hisobini yuritish ko’zda tutiladi.
Nizomni chiqarilishi natijasida quyidagi imkoniyatlar yaratiladi: 
- tijorat banklari barcha daromadlari va xarajatlari hisobi bitta me’yoriy 
hujjatda aks etadi; 
- tijorat banklari buxgalterlari barcha daromadlarni va xarajatlarini 
buxgalteriyada hisobga olishda yagona shu nizomga muvofiq ish olib 
boradilar; 
- tijorat banklari daromadlari va xarajatlari hisobini o’rganuvchilarga 
qulayliklar yaratiladi. 
Uchinchidan, hozirgi vaqtda Markaziy bank tomonidan inflyatsiya 
darajasini pasaytirish bo’yicha bir qator chora tadbirlar qo’llanilmoqda, lekin 
shunga qaramasdan mamlakatimiz iqtisodiyotiga inflyatsiya o’z ta’sirini 
ko’rsatmoqda. 
Biz shuni taklif qilardikki, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotning barcha 
moddalari hisobot davri sanasiga haqiqiy hisoblangan o’lchov biriligida aks 
ettirishga imkon beruvchi yangi standart ishlab chiqilsa, bunga muvofiq barcha 
summalar inflyatsiya darajasi koeffitsiyentiga korrektirovka qilish yo’li bilan qayta 
hisoblanadi. 
 
 
 
 


~ 59 ~ 
Hulosa va takliflar
Bugungi kunga kelib O’zbekistonda yaratilgan sharoitlar natijasida boshqa 
ko’pgina tarmoqlar singari bank tizimi ham rivojlanib kelmoqda. SHunisi 
quvonarliki, mustaqillikka erishilgandan keyingi qisqa davr ichida tijorat banklari 
jahon andozalariga mos keladigan rivojlanishga ega bo’ldilar. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari yuqori foydaga intiluvchi 
sub’ektlar ichida yetakchilardan biri bo’lib qoldi. Tijorat banklari foydasini 
ko’paytirishga harakat qilar ekan, ular daromadlar tarkibini kengaytirishga va 
xarajatlarni kamaytirishga harakat qiladilar. Bunga esa moliyaviy natijalar hisobi 
va tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. 
DAT «Asakabank» Farxod filiali misolida ko’rdikki, hozirgi kunga kelib 
tijorat banklari moliyaviy natijalari hisobini amalga oshirish jarayoni ancha 
takomillashgan, lekin bir qator kamchiliklardan holi emas. 
Biz quyida keltirgan hulosa va takliflar amalda qo’llanilsa, o’ylaymizki bu 
sohada yana ham yaxshi natijalarga erishish mumkin deb o’ylaymiz. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling