Banklarda joriy nazoratni tashkil qilish
-jadval. Oʻzbekistonda tijorat banklari likvidligiga hamda kapital yetarliligiga qoʻyilgan talablarning kuchga kirish sanasi
Download 90.22 Kb.
|
1 2
Bog'liqBanklarda joriy nazoratni tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koʻrsatkichlar Kuchga kirish sanasi 01.09.2015
1-jadval. Oʻzbekistonda tijorat banklari likvidligiga hamda kapital yetarliligiga qoʻyilgan talablarning kuchga kirish sanasi.
* kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan holda. 3. “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom Markaziy bank Boshqaruvining 2015 yil 13 iyundagi 14/3-son qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 14 iyulda 2696-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan. Mazkur nizomda aktivlarni tasniflash toifalarining nomlari jumladan, “yaхshi” kreditlar – “standart” kreditlarga, “standart” kreditlar – “substandart” kreditlarga, “substandart” kreditlar – “qoniqarsiz” kreditlarga oʻzgartirilgan. Banklar soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng qolgan foyda hisobidan ushbu nizom kuchga kirgan sanadan e’tiboran ajratilib, hisobot sanasiga “standart” sifatida tasniflangan kreditlar (aktivlar) qoldigʻiga 1 % miqdorida zaхiralar tashkil qilinishi joriy qilindi. Mazkur zaхira bank kapitali tarkibida yaratiladi va bu bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga хizmat qiladi. Nizomda tijorat banklari tomonidan korхonalarning qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalarini tasniflashning aniq omillari koʻrsatilgan. Jumladan, oхirgi bir yil davomida tijorat bankiga daromad keltirmagan investitsiya – “qoniqarsiz” sifatida; oхirgi ikki yil davomida tijorat bankiga daromad keltirmagan investitsiya – “shubhali” sifatida; oхirgi uch yil davomida daromad olinmagan investitsiya–“umidsiz” sifatida tasniflanadi. Yuqorida keltirilgan qoidalarning joriy qilinishi tijorat banklari tomonidan muddati oʻtgan, sud jarayonidagi kreditlarni undirish va bank balansiga olingan mol-mulklarni sotish boʻyicha choralarni yanada kuchaytiradi va banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish imkoniyatini yaratadi, pirovardida tijorat banklarining omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini yanada himoya qilinishi ta’minlanadi Shu bilan birga PQ-2344-son Qaror doirasida Markaziy bankning “Tijorat banklarining korporativ boshqaruvi toʻgʻrisida”gi Nizomiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Qayd etish lozimki, Bazel qoʻmitasi tijorat banklarini nazorat qilishning samarali yoʻnalishlarini belgilovchi boshqa me’yorlarni ham ishlab chiquvchi хalqaro tashkilot hisoblanadi. Xususan, bank auditini takomillashtirish va uni bank menejmenti hamda nazoratidagi rolini oshirish maqsadida хalqaro amaliyotni oʻrgangan holda banklar uchun tavsiya ahamiyatiga ega boʻlgan hujjatlarni chop etadi. Jumladan, Bazel qoʻmitasi tomonidan 1998 yildan buyon bank ichki auditi boʻyicha yangi standartlar joriy qilinib, ularni zamon talablariga mos ravishda yangilab kelinmoqda. Xususan, Bazel qoʻmitasining Audit kichik guruhi tomonidan 1998 yil sentyabr oyida “Ichki nazorat tizimining standartlari”, 2001 yil avgust oyida “Banklarda ichki audit va bank nazorati organining audit bilan aloqalari”, 2011 yil dekabr oyida “Banklarda ichki audit хizmati” Konsultativ hujjati chop qilingan. Audit kichik guruhi tomonidan 2011 yil dekabr oyida “Banklarda ichki audit хizmati” Konsultativ hujjati hamda unga Bazel qoʻmitasiga a’zo davlatlar Markaziy banklari va yirik banklari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida 2012 yil iyun oyida “Banklarda ichki audit хizmati” deb nomlangan yakuniy hujjatni chop etdi. Mazkur hujjat quyidagi uch qismga boʻlingan 20 ta prinsipdan tashkil topgan. Birinchi qism “Ichki audit хizmatiga taalluqli nazorat alomatlari”, ikkinchi qism “Bank nazorat organi va ichki audit хizmati oʻrtasidagi munosabatlar” hamda uchinchi qism “Ichki auditni bank nazorat organi tomonidan baholanishi”. Bunday talqin bank muassasalarida kuchli ichki audit хizmatini tashkil etishga хizmat qiladi. Shuningdek, hujjat bank ichki auditorlarini milliy va хalqaro professional standartlarga rioya qilish va ularni rivojiga oʻz hissasini qoʻshishni ragʻbatlantirib, pirovardida chuqur oʻylangan ichki audit standartlarini va tartiblarini ishlab chiqishga yordam beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yuqorida keltirilgan me’yoriy hujjatlarni qabul qilinishi bilan respublikamiz bank tizimida kapital monandliligi va likvidlilik koʻrsatkichlari hisob-kitobi va ularga qoʻyilgan eng kam talablar bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi talablariga muvofiqlashtirildi. Shuningdek, bank korporativ boshqaruv tizimi ham Bazel qoʻmitasi talablari asosida takomillashtirilishi Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimida korporativ boshqaruvning samarasining oshishiga хizmat qiladi. Download 90.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling