Banklarda kassa operatsiyalari hisobi aylanma kassa
Download 169.1 Kb.
|
bank 12.05.23
Bank filiallarida mijozlar bilan bajariladigan omonat operatsiyalarining qonun hujjatlariga va bank ichki siyosatiga muvofiqligini nazorat qilish uchun omonat bo‘linmasi tashkil etilishi shart. Omonat bo‘linmasi, Front-ofis va Bek-ofis tarkibiy tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan banklarda “Mijozlarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim”, boshqa hollarda bankda omonat operatsiyalarini nazorat qilish bo‘yicha alohida bo‘linma (boshqarma, bo‘lim, shu’ba) sifatida tashkil etilishi mumkin.
Omonat bo‘linmasi tarkibida aholi omonatlari operatsiyalari ustidan so‘nggi nazoratni amalga oshirish uchun ish hajmidan kelib chiqqan holda alohida so‘nggi nazoratchi shtat birliklari tashkil etilishi lozim. So‘nggi nazoratchi bir vaqtning o‘zida nazoratchi vazifasini ham bajarishi mumkin emas. Bank omonati shartnomasi omonatchilar va bank o‘rtasida yozma shaklda tuziladi, bundan mazkur bankda hisobvarag‘i ochilgan jismoniy shaxslar tomonidan oferta asosida qo‘yilgan omonatlar mustasno. Bank va omonatchilar o‘rtasida bank omonati shartnomasi, omonat summasi bank kassasiga qabul qilingan yoki omonat hisobvarag‘iga tegishli mablag‘ naqd pulsiz kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Oferta asosida omonatlar ofertani elektron shaklda akseptlash orqali qo‘yiladi. Ofertani belgilangan muddatda olgan shaxsning akseptlash maqsadida unda ko‘rsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari, agar qonun hujjatlarida yoxud ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki qayd etilmagan bo‘lsa, aksept hisoblanadi. Muomala layoqatiga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs o‘z nomiga va boshqa shaxs nomiga omonat qo‘yishi, o‘zining bank omonat hisobvarag‘idagi mablag‘ini o‘zi yoki vakili orqali mustaqil tasarruf etishi, shuningdek boshqa shaxslar omonat mablag‘larini tasarruf etish uchun vakil bo‘lishi mumkin. 4. Omonatchi tomonidan qo‘yiladigan omonatning eng kam va eng ko‘p miqdori har bir bank tomonidan qonun hujjatlariga asosan mustaqil ravishda belgilanadi. Download 169.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling