Banklarda kassa operatsiyalari hisobi aylanma kassa


Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar


Download 169.1 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi169.1 Kb.
#1572465
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bank 12.05.23

Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar
Omonatchilarning talab qilinishi bilanoq beriladigan omonatlar talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlardir. Bank plastik kartalaridagi mablag‘lar (elektron plastik omonat kartalaridagi muddatli va jamg‘arma omonatlar bundan mustasno) talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar hisoblanib, ularning harakati alohida qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Bank bilan yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor hamda dehqon xo‘jaliklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat hisobvarag‘i bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar bank hisobvarag‘i shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari bo‘yicha, bank omonatchining birinchi talabiga ko‘ra (agar bank omonati shartnomasida boshqa muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa) omonatchining tegishli ko‘rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechikmagan holda uning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi shart.
Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari muddatsiz hisoblanadi. Bank omonati shartnomasida omonatni omonatchining birinchi talabi bilan qaytarish va belgilangan foizlar to‘lash shartlari bo‘lishi lozim.
kreditlar va olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobvaraqlari — faol bozorda kotirovka qilinmaydigan, qat’iy belgilangan yoki o‘rnatilgan to‘lovlar bilan nohosilaviy moliyaviy aktivlar bo‘lib, quyidagilar bundan mustasno:
1) bank zudlik bilan yoki yaqin kelajakda sotmoqchi bo‘lgan va shu sababli sotishga mo‘ljallangan deb tasniflanishi lozim bo‘lgan yoki dastlabki tan olishda sotib olish va sotish uchun deb tasniflangan moliyaviy aktivlar;
2) bank tomonidan dastlabki tan olinishida sotish uchun mavjud deb tasniflangan aktivlar;
3) egasi o‘zining boshlang‘ich investitsiya summasini amalda undirib ololmaydigan aktivlar, aktivlar sotish uchun mavjud deb tasniflanishi lozim bo‘lgan kreditning qadrsizlanish holatlari bundan istisno.
real foiz stavka usuli — aktivning (majburiyatning) xizmat muddati davomida muddati uzaytirilgan foizli to‘lovlarni taqsimlash orqali (masalan, har oyda emas, har yilda olinadigan yoki to‘lanadigan) diskont yoki mukofotni foizli daromadga (yoki xarajatga) amortizatsiyalash yo‘li bilan doimiy foiz stavkasini tan olinishiga olib keladigan usul;
real foiz stavkasi — bu moliyaviy aktivning mo‘ljallangan xizmat muddati davomida yoki maqbul bo‘lgan holda, qisqaroq davrda kutilayotgan kelajakdagi pul to‘lovlari yoki tushumlari oqimlarini uning sof balans qiymatigacha aniq diskontlaydigan stavka;
qadrsizlanishdan ko‘riladigan zarar (yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar) — kreditning balans qiymati uning qoplanadigan miqdoridan oshib ketgan summasi. Bu qarzdor kreditning to‘liq summasini (asosiy qarz va foizlarni) qaytara olmasligini va bankda zararning yuzaga kelishi mumkinligini bildiradi.
qoplanadigan qiymat — kreditning balans qiymati va kreditning dastlabki real foiz stavkasi bo‘yicha diskontlangan kutilayotgan pul oqimlarining joriy qiymatidan eng kattasi.

Download 169.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling