Banklarda kassa operatsiyalari hisobi aylanma kassa


Download 169.1 Kb.
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi169.1 Kb.
#1572465
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bank 12.05.23

 Lizing obyekti shartnomaga muvofiq lizing beruvchi bank tomonidan lizing obyektini sotib olishga, lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq va boshqa xarajatlarini qaytarish hamda lizing daromadi (foizi) to‘lovini amalga oshirish ta’minoti vazifasini bajarishi mumkin.

Bunda lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchi bank foydasiga yo‘qolish va shikastlanish hodisalaridan ixtiyoriy sug‘urta qilinishi va bu to‘g‘risida sug‘urta polisini bankka taqdim etilishi shart.

Lizing beruvchi lizing operatsiyasini amalga oshirish natijasida sarflangan mablag‘larning qaytarilishi va lizing foizi to‘lanishining kafolati sifatida lizing oluvchidan boshqa ta’minot shakllarini taqdim etishni talab qilishi mumkin.

Lizing oluvchining buyurtmasi bo‘yicha lizing beruvchi bank tomonidan lizing operatsiyasini amalga oshirish yoki oshirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish muddati buyurtma bankka kelib tushgan kundan boshlab 30 ish kunidan, mikrolizing operatsiyasini amalga oshirish bo‘yicha esa 10 ish kunidan oshmasligi lozim.

Lizing operatsiyasini amalga oshirish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, lizing beruvchi bank lizing oluvchiga bu haqda rad etish sababini asoslagan holda yozma shaklda ma’lum qilishi shart.

 Lizing beruvchi banklarda lizingga berilgan aktivlar hisobi 15600 — “Lizing (moliyaviy lizing)” hisobvaraqlarida yuritiladi.

 Lizing beruvchi banklarda lizingga berilgan aktivlar hisobi 15600 — “Lizing (moliyaviy lizing)” hisobvaraqlarida yuritiladi.

Dastlabki tan olish lizing shartnomasining amal qilish muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda, lizing beruvchi bank lizingga berilgan lizing obyektini o‘z balansida sof investitsiyasi qiymati, ya’ni lizing obyektini sotib olish, uni lizing oluvchiga yetkazib berish va foydalanishga shay holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi yoki uning haqqoniy qiymatida, ularning qaysi biri kichik bo‘lsa o‘sha summada aktiv sifatida tan oladi.


Download 169.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling