Banklarda lizing operatsiyalarini tashkil etilishi. Lizing operatsiyalari turlari va ularni amalga oshirish tartibi


Download 64.24 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi64.24 Kb.
#1472462
1   2   3
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi

1 – чизма.

1 – chizmada Lizigning ishlab chiqarish funksiyasi.
Lizing ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va ishlab chiqarish faoliyatini aktivlashtirish uchun zarur ijtimoiy – iqtisodiy jarayon sifatida bir qancha funksiyalarni bajaradi.
Lizingning ishlab chiqarish funksiyasi – ishlab chiqarish masala – muammolarini vaqtinchalik ishlatish yo‘li bilan hal qilishni nazarda tutadi va qimmat turuvchi, manaviy eskirgan uskunalarni sotib olish yoo‘li bilan bu masalalarni hal qilishni inkor etadi. Bu ishlab chiqarishni moddiy texnikaviy ta’minlashning unumdor yoo‘li bilan hisoblanadi va yangi texnika, ilmiy – texnik taraqqiyot natijalarini o‘zlashtirishning unumli yoo‘li hisoblanadi.
To‘la lizing holatida mulkni berish turlicha servis xizmati bilan texnik xizmat ko‘rsatishi, sug‘urta, xom – ashyo bilan ta’minlash kabilar bilan birga olib boriladi. Lizingning bu funksiyasidan kelib chiqadigan asosiy xususiyati – operativlik va moslashuvchanlik hisoblanadi.
Lizing korxonada resurslarni ratsional taqsimlash imkoniyatini yuzaga chiqaradi. Ishlab chiqarish omillari resurslari narxi, jumladan asosiy kapitalni xarid qilish narxi va ularning ijara narxi defitsit resurslarini ratsional ishlatish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ma’lumki, bozor narxlari qanday mahsulot, tovarni qanday ishlab chiqarish lozimligini ko‘rsatadi. SHuningdek, lizing ham ishlab chiqarish unumdorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ijaraga beruvchi nuqtai – nazaridan qaraganda, u alternativ hal qiladi yoki ijaraga beruvchining ko‘zda tutilgan uskuna, texnikani ishlatadi, bu esa bir qancha sabablarga ko‘ra katta unum bermaydi yoki ularni foydalanuvchi lizing oluvchiga lizing asosida beradi. Bu esa uskunani katta qaytim bilan foydalanish imkoniyatini beradi. Natijada mulk egasi ijara haqi ko‘rinishida daromad oladi. SHu ma’noda korxonada lizingning resursni tejash defitsit resurslar, ishlab chiqarish aktivlarini ratsional ishlatish funksiyasi namoyon bo‘ladi.
Lizingning moliyaviy funksiyasi.
Lizing oluvchi – korxona lizingga moliyaviy jihatdan yondashganda uning uchun zarur mulkdan o‘ziga tegishli bo‘lgan xususiy mablag‘lar yoki bank kreditini jalb qilmay turib foydalanish mumkin. Lizing oluvchi mulk to‘la qiymatini birdaniga to‘lashdan ozod qilinishi, lizing munosabatini oldi – sotdi munosabatidan farqlantiruvchi xususiyat ekanligini bildiradi. Ammo, ko‘pincha lizing oldi – sotdi munosabatlarining bir ko‘rinishi sifatida baholanadi. Bundan tashqari lizing zarur mulk egasi bo‘lish uchun imkoniyat manbai hisoblanadi va chegaralar yuzaga kelganda yollagan vositalar, mablag‘lardan foydalanish imkonini beradi.
Lizingning savdo funksiyasi. Bu iste’molochilar doirasining kengayishi va yangi savdo bozorlarini o‘zlashtirish, lizing sohasiga u yoki bu turdagi mulkni birdaniga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish. Lizingning savdo funksiyasi boshqa funksiyalar kabi ahamiyatga ega. Ammo u to‘la amalda qo‘llanilmaydi, lizingning yaratilgan mahsulotni sotish kanallarining bir ko‘rinishi sifatida qatnashishi ishlab chiqarish darajasining umuman tushib ketishi va mashina texnik – mahsulotlar bozorining muvozanat holatida bo‘lmasligi oqibatidir. Lizingning savdo funksiyasi iste’molchilar miqdorida, uskunalarni sotib olish uchun zarur moliyaviy resurslarga ega bo‘lmagan, shuningdek, bunday uskunalarga doimiy egalik qilishga ehtiyoj sezmaydigan korxonalar jalb qilinadi. Ayrim holatlarda lizingni texnikaning bir –birligini sinov uchun olib, kelgusida uning yirik partiyasini xarid qilishni mo‘ljallash borasida qo‘llaydilar. Lizingning xalq xo‘jaligi doirasidagi funksiyalari. Bunda lizingning moliyaviy funksiyasi boshqa funksiyalar o‘rtasida keng qo‘llaniladi. Bu holatda lizingning ishlab chiqarish ichki moliyaviy funksiyasini takrorlanishi bo‘lmaydi. SHu jumladan, lizing investisiyalashning bir shakli hisoblanadi va makro sohada investitsiya faoliyatini rag‘batlantiradi.
Lizingning takror ishlab chiqarish funksiyasi.
Lizingdan foydalanish, lizing biznesi ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari zanjirida mulkchilikning yangi munosabatlarini shakllantiradi, ko‘zlangan tovarni qayta ishlab chiqarish, shuningdek, umumiy ishlab chiqarish siklining takrorlanishiga yordam beradi. Ma’lumki, har qanday xo‘jalik faoliyatining pirovard natijasi uning ikki qismi yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning biri – ishlab chiqarish vositalari, mehnatda moddiylashgan avvalgi natijalar hisoblansa, ikkinchisi mazkur xo‘jalik zvenosiga kiritilgan yangi hissa hisoblanadi. Buni quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin.
Ro = Rp +Rc
R0 – mazkur xo‘jalik zvenosi faoliyatining umumiy natijasi.
Rn – avvalgi mehnat bilan belgilanadigan umumiy natija qismi.
Rc – mazkur xo‘jalik zvenosining o‘z hissasi bo‘lgan qismi.
Agar 2 – chizmada ko‘rsatilgan K, L, M, N korxonalar o‘rtasidagi xo‘jalik faoliyatini ko‘rib chiqsak :



K – korxona


L – korxona

N - korxona



Rok




M – korxona
PoL

Pom

RoN
2 – chizma. Lizingning takror
ishlab chiqarish funksiyas

Bir korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot zanjirida mavjud bo‘lgan navbatdagi korxona tomonidan iste’mol qilinadi. Natijada L korxona natijasi quyidagicha tasvirlanadi:

Rol = Rnc + Rcl


Bunda: Rol – L korxonaning umumiy natijasi;


Rnl – L korxona umumiy natijasining avvalgi mehnat bilan baholanadigan qismi;
Rcl – mazkur korxona o‘z hisobidan qo‘shilgan hissa;
Rnl – Rok ning natijasi bilan baholanar ekan, uni quyidagicha tasvirlash mumkin:
Rol = Rnl+Rcl=Rok+Rcl va shunday holatda quyidagicha davom ettiriladi:
Rom=Rnm+Rcm=Rol+Rcm=Rok+Rcl+Rcm
SHunday qilib, M korxona faoliyatining natijalari K va L korxonalar faoliyati natijalari bilan baholanadi. Aytish mumkinki, M – korxonaning faoliyat natijalri N – korxonaning kelajagini belgilab beradi. YUqoridagilardan kelib chiqib, shunday xulosa qilish mumkin: lizingning takror ishlab chiqarish jarayonini har bir zvenosida bu faoliyatni ancha harakatchan bo‘lishiga olib keladi.
Soliq va amortizatsiya imkoniyatlari funksiyasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

  1. Lizing asosida o‘zlashtirilgan mulk. Lizing beruvchi yoki foydalanuvchilarning balansida ularning o‘zaro kelishuvlariga ko‘ra aks ettiriladi.

b) Ijara haqi ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi tarkibiga kiritiladi. Mos ravishda soliqqa tortiladigan foydani qisqartiradi.
c)SHartnoma muddatiga asosan hisoblanadigan tezlashtirilgan amortizatsiyaning qo‘llanishi foydani kamaytiradi va moddiy texnika bazasini yangilashni tezlashtiradi. Natijada lizing o‘z sohasiga yangi ob’ektlarni jalb qilish orqali takliflar diversifikatsiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ishlab chiqarish bozorini rivojlantiradi va uni diversifikatsiyalaydi. YAngi texnika avlodini o‘zlashtirish siklini qisqartiradi.tadbirkorlikning lizing shakli prinsiplar shakliga asoslanadi.



Download 64.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling