hukumat;
davlat korxonalari;
xususiy sektor;
Markaziy bank;
chet el subyektlari.
Egaligi yoki emitentiga qarab qimmatli qog’ozlarni davlat, xususiy, xalqaro qimmatli qog’ozlarga ajratish mumkin. Xususiy sektor tomonidan chiqarilayotgan qimmatli qog’ozlar tarkibida turli ishlab chiqarish korxonalari, tijorat banklari, investitsion banklar, investitsion fondlar va boshqalarning qimmatli qog’ozlari alohida o’rin tutadi. Xalqaro qimmatli qog’ozlar esa ularning hisoblanadigan valyutasiga qarab va emitentlari bo’yicha bo’linadi.
Qimmatli qog’ozlar muomalada bo’lish hududiga ko’ra regional (mahalliy), milliy va xalqaro qimmatli qog’ozlarga bo’linadi. Yuqorida ta‘kidlangan qonunga asosan, O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi turdagi qimmatli qog’ozlar chiqarilishi va muomalada bo’lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |