Qimmatli qog’oz – o’zi bilan bog’liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan hujjatdir, u daromad manbayi bo’lib xizmat qiladi, fond bozorida muomalada yuritilishi va oldi-sotdi vositasi bo’lishi mumkin. Qimmatli qog’ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birgalikda, o’z qiymatiga ega bo’lgan, sotish, sotib olish va to’lovini amalga oshirish
mumkin bo’lgan maxsus hujjatlar (qimmatli qog’ozlar)ga egalik qilish bilan ham bevosita bog’liq. Qimmatli qog’ozlar o’zida mulkchilik huquqini mujassamlashtirgan bozorda erkin aylanadigan, sotib olish sotish va boshqa bitimlarning obyekti bo’ladigan, doimiy va bir martalik daromad olish manbayi bo’lib xizmat qiladigan, pul kapitalining bir
ko’rinishidagi hujjatdir. «Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida‖gi 2015-yil 4-iyunda e‘lon qilingan O’zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasiga asosan qimmatli qog’ozlar – hujjatlar bo’lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o’rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi,
dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to’lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o’tkazish imkoniyatini nazarda tutadi.
Qimmatli qog’ozlar turli subyektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Umumiy holda bu emitentlar 5 guruhga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |