Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi. Bajardi: Usmonov Shavkatbek Mavzu doirasida o‘rganiladigan savollar


Tijorat banklari mohiyatini teran anglash uchun ayrim metodologik masalalari


Download 121.58 Kb.
bet2/4
Sana17.02.2023
Hajmi121.58 Kb.
#1207011
1   2   3   4
Bog'liq
Shavkatbek

Tijorat banklari mohiyatini teran anglash uchun ayrim metodologik masalalari:
– banklarning mohiyatini yoritishda ularning mikrodarajadagi faoliyatiga e’tibor qaratish lozim;
– banklarning mohiyatini yoritishda ular qanday shaklda va maqsadda tashkil etilganligiga emas, balki ularga yagona bank sifatida faoliyat yuritishiga e’tibor qilish lozim;
– banklarning mohiyatini ajralmas qismi sifatida ularning tashkil topish asoslari, ya’ni tashkiliy-huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb etadi;
– banklarning mohiyati – bu o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan obyektning tarkibini anglatadi;
– banklarning mohiyatiga qator ta’riflar shakllantirilgan bo‘lib, muammoni o‘rganayotgan paytda uning qanday jihatiga e’tibor qaratilayotganligi muhim hisoblanadi.
Banklarning turlari
Mulkiy jihatdan
davlat banki,
aksiyadorlik banki,
kooperativ bank,
Xususiy banklar
xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma banklar
Huquqiy jihatdan
ochiq turdagi aksionerlik
yopiq turdagi jamiyatlar
Banklar bajaradigan funksiyasi (operatsiyalari) jihatidan
emission,
tijorat,
investitsion,
Ipotekali,
jamg‘arma banklar.
Tijorat banklari mamlakat bank tizimi va kredit muassasalari tarkibidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy muassasalar hisoblanadi. Ular banklar bajarishi mumkin bo‘lgan barcha operatsiyalarni bajaradi.
Investitsion banklarning asosiy faoliyati passiv operatsiyalari natijasida shakllantirgan moliyaviy mablag‘larini asosiy ulushini qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdan iborat bo‘ladi. Mamlakatda investitsion banklar faoliyat yuritishi uchun qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlangan va yetarli darajada investitsion muhit yaratilgan bo‘lishi lozim.
Ipoteka banklari jismoniy va yuridik shaxslarga garov asosida uzoq muddatli kreditlar berish bilan shug‘ullanadi. Ipoteka atamasi ko‘chmas mulklarni garovga qo‘yish natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabat bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk kredit (qarz) oluvchining tasarrufida qolishidir.

Download 121.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling