Rivojlanish evolyutsiyasiga ko‘ra auditning qanday turlari mavjud?
ichki va tashqi audit;
majburiy va ixtiyoriy;
ichki va dastlabki audit;
birinchi va dastlabki.
Maqsadli sistemali auditning asosiy mohiyati nimada namoyon bo‘ladi?
muomala (operatsiya)larini nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratiladi;
hisob registrlari va hujjatlar tekshiriladi;
sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi;
yuqoridagilarning barchasi.
Tavakkalchilikka asoslangan auditda asosiy e’tibor nimaga
qaratiladi?
sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi;
hisob registrlari va hujjatlar tekshiriladi;
muomala (operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratiladi;
yuqoridagilarning barchasi.
Quyida keltirilgan javoblardan qaysi biri audit rahbari huquqlariga kirmaydi
audit qilinayotgan tashkilotdan ayrim shaxslarning xizmat vazifalarini bajarishdan chetlashtirish;
audit qilinayotgan tashkilotdan ayrim shaxslarning xizmat vazifalariga tayinlash;
tartibbuzarliklar aniqlangan hollarda bu hujjatlarni belgilangan tartibda olib qo‘yish;
tekshirilayotgan muassasalarning mas’ul xodimlaridan
tushuntirish xati talab qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |