Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish


Bank daromadlarini undirilishi tahlili


Download 247.79 Kb.
bet59/65
Sana02.11.2023
Hajmi247.79 Kb.
#1740095
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
Bog'liq
Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini teks-fayllar.org

Bank daromadlarini undirilishi tahlili:

Tekshirish davri oralig‘ida jami 1242,3 ming so‘m bank daromadi (kredit, amaliyotlari bo‘yicha 8,3 ming so‘m, buxgalteriya amaliyotlari bo‘yicha 957,4 ming so‘m, plastik kartochkalar amaliyotlari bo‘yicha 274,2 ming so‘m, jamg‘arma amaliyotlari bo‘yicha 2,4 ming so‘m) undirilmaganligi aniqlandi va tekshirish jarayonida to‘liq bank daromadiga kirim qilindi.



    1. BUXGALTERIYA AMALIYOTLARI TAHLILI


  • filialning “Buxgalteriya hisobi va hisoboti” bo‘limiga 14 ta shtat birligi ajratilgan bo‘lib, barcha lavozimlar butlangan. Bo‘limning ish faoliyati o‘rganilganda, quyidagilar ma’lum bo‘ldi:


  • 20.06.2018-yilda A Bosh ofisidan olib kelingan 38584,4 ming so‘mlik antivirus programma litsenziyasi “O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlarˮ hisobvarag‘iga kirim qilinmasdan, “Ombordagi asosiy vositalarˮ hisobvarag‘iga kirim qilingan.


  • 2 ta holatda nosoz holatga keltirilgan elektron kalitlar uchun mijozlardan ming so‘mga ortiqcha mablag‘ undirilgan va nosoz holatga keltirilgan elektron kalitlar bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilmagan.


  • omonatlarni kafolatlash fondiga o‘tkazilgan mablag‘ hisobidan qaytgan ming so‘m mablag‘ tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilmasdan 29896 hisobvaraqda 6 oy muddatga qoldiq sifatida saqlangan va ushbu mablag‘ hisobidan keyingi davrlar uchun kafolatlash fondiga a’zolik badali sifatida o‘tkazilgan.


  • 2 ta holatda yoqilg‘i mahsulotlarini sotib olishda sarflangan


mablag‘ga nisbatan 2018-yil iyul oyida 43,05 ming so‘mga kam va avgust oyida 15,8 ming so‘mga ortiqcha mablag‘ bank xarajatiga olib borilgan.


  • Akkreditiv shartnoma shartlari bajarilgandan so‘ng, akkreditiv bo‘yicha filialga taqdim etilgan asosiy hujjatlar (shartnoma, hisob faktura va ishonchnoma) kunlik hujjatlar yig‘majildiga ilova qilinmasdan, alohida yig‘majildda saqlab kelingan.


  • “IABSˮ dasturida akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitob qilish muddati “bank ish kuniˮga nisbatan hisoblanganligi hisobiga, hisob- kitoblar shartnomada belgilangan muddatdan keyin amalga oshirish holatini keltirib chiqarganligi sababli akkreditiv shartnomada yuklab jo‘natilgan mahsulotlar bo‘yicha hisob-kitob qilish muddati 30 kun deb belgilangan bo‘lsada, mijoz tomonidan filialga belgilangan vaqt ichida asos hujjatlar taqdim etilmagan.


  • Kunlik hujjatlar yig‘ma jildiga 2018-yil va 2019-yil yanvar oylari “Bank- mijozˮ dasturiy majmuasi orqali o‘tkazilgan to‘lov hujjatlarining ro‘yxati o‘rniga elektron shaklidagi to‘lov topshiriqnomalar ilova qilingan.


  • Mijoz “Desen Pak” MChJga hisoblangan 36177,50 so‘m bank daromadi uchun naqd pulda 37000,00 so‘m mablag‘ topshirilgan va hisoblangan bank daromadi topshirilgan naqd pul hisobidan so‘ndirilgan. Qolgan 822,5 so‘m mablag‘ boshqa mijozning bank daromadini so‘ndirish uchun o‘tkazilgan.


  • Ko‘p yillik xizmatlari uchun qo‘shimcha ish haqi 6,5 ming so‘m ortiqcha, 47,3 ming so‘m umuman hisoblanmaganligi aniqlandi va tekshirish jarayonida qayta hisob-kitob qilinib, ish haqi hisoblash dasturiga kirim qilindi.


  • Mijozlarga naqd pul berishda naqd pul cheki bilan ish haqi ajratmalarini o‘tkazish bo‘yicha xo‘jalik subyekti rahbari hamda buxgalteri tomonidan imzolangan va dumaloq muhri bilan tasdiqlangan reestri olinmagan;


  • Hisobvaraqlarni mas’ul ijrochi va mas’ul buxgalterlar o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashni qayd etish maxsus daftari va elektron dasturi yuritilmagan;


  • 1 ta holatda bank hisobvaraq shartnomasiga sana qo‘yilmaganligi aniqlandi va tekshirish jarayonida to‘g‘rilandi;


  • 1 ta holatda bank hisobvaraq shartnomasi yurist tomonidan imzolanmagan;


  • Filialda tuzatish memorial orderlari kitobchasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan;



Download 247.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling