Boshqaruv Raisi
o‘rinbosari
M.Shermatov
Audit Qo‘mitasi Raisi
A. Abdurahimovga
“A” bank Boshqaruvi Raisi
A Ganiyevga A bankning Toshkent shahar mintaqaviy filiali huzuridagi Amaliyot
bo‘limida o‘tkazilgan audit tekshiruvi natijalari bo‘yicha
HISOBOT
Audit tekshiruvi 01.01.2018-yildan 31.12.2018- yilgacha bo‘lgan bo‘lgan davrni qamrab olgan bo‘lib, shahar mintaqaviy filiali huzuridagi Amaliyot bo‘limiga ushbu davrda B. Normatov rahbarlik qilgan.
01.01.2019-yil holatiga Toshkent shahar mintaqaviy filiali huzuridagi Amaliyot bo‘limi aktivlari 213030,6 mln. so‘mni, ular tarkibida daromad keltiruvchi aktivlar 170736,6 mln. so‘mni yoki 80 foizni tashkil etgan. 01.01.2019-yil holatiga nisbatan bank filiali aktivlari 163876,1 mln. so‘mga ortgan. Bu asosan Bosh bankdan olinishi lozim boshqa mablag‘lar (152600,0 mln.so‘m) xissasiga to‘g‘ri keladi va daromad keltiruvchi aktivlarning asosiy qismini tashkil etgan.
01.01.2019-yil holatiga kredit qo‘yilmalari 18028,4 mln. so‘m, likvid mablag‘lar 28845,3 mln. so‘mni tashkil qilgan. Daromad keltirmaydigan aktivlar 42294,0 mln. so‘mni tashkil etib, ularning asosiy qismi naqd pullar (2028,1 mln. so‘m), asosiy vositalar (2536,6 mln. so‘m), hukumat hisobvaraqlari (17500) 10636,0 mln. so‘m va vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar (17.410,2 mln. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Filial majburiyatlari 210260,1 mln. so‘mni tashkil etib, ularning asosiy qismi talab qilib olinguncha depozitlar (126565,5 mln. so‘m), mijozlarning muddatli, jamg‘arma va boshqa depozitlari ((20400, 20600, 22600) 70726,5 mln. so‘m) hisobiga to‘g‘ri keladi. Talab qilib olinguncha depozitlarning jami majburiyatdagi ulushi 59 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112119,2 mln. so‘mga ortgan.
01.01.2019-yil holatiga muddati uzaytirilgan aktivlari 175,7 mln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 261,2 mln.
so‘mga kamaygan. Ushbu muddati uzaytirilgan aktiv muddati uzaytirilgan kredit hisoblanadi.
2018-yil davomida bank filiali tomonidan 13140,9 mln. so‘m daromad olingan va 10957,7 mln. so‘mlik xarajatlar amalga oshirilgan.
2018-yilni 2183,2 mln. so‘m real sof foyda bilan yakunlagan. Rentabellik ko‘rsatkichi 16,6 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 15,2 foizga ko‘paygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |