Reja: Mijozlarning uzoq muddatli sodiqligini ta’minlashda shopping va ta’riflar


Download 23.26 Kb.
bet1/2
Sana17.03.2023
Hajmi23.26 Kb.
#1279533
  1   2
Bog'liq
5-mavzu


5 - Mavzu. Mijozlarning uzoq muddatli sodiqligini ta’minlash.
REJA:
1. Mijozlarning uzoq muddatli sodiqligini ta’minlashda shopping va ta’riflar.
2. Mijozlarning uzoq muddatli sodiqligini ta’minlashda savdo xodimlarini vazifalari.
3. Mijozlarga xizmat kо‘rsatish qoidalari.


1. Mijozlarning uzoq muddatli sodiqligini ta’minlashda shopping va ta’riflar.
Tovar sotib olish jarayoni xaridorlarning psixologik stereotiplariga bog‘liq bо‘ladi. Bir hil buyumlar rejalashtirilmasdan tо‘satdan sotib olinadi, boshqalari esa yaxshilab ushbu buyum tо‘g‘risida axborotlar о‘rganilib sо‘ng sotib olinadi. Dо‘kondagi iste’molchilar uchun sotib olish jarayoni xar hil tarzda bо‘lishi mumkin ekan.
Shopping ayrimlarga dо‘konga о‘rtoqlari yoki dugonasi bilan birga borib aylanib oxirgi yangiliklarni muxokama etish bо‘lishi mumkin. Bunday holatda tovar sotib olish rejalashtirilmagan bо‘ladi, bunda tovarni sotib olish jiddiy о‘ylanmaydi. Bunday savdo jarayonida impulsiv ya’ni tezkor xarid amalga oshirilishi mumkin. Xaridni amalga oshirish kо‘proq sotuvchilarni mijozlarga bо‘lgan muomilasiga, xaridni amalga oshirishga ishontirish qobiliyatiga va tovarni qanday joylashtirilganiga bog‘liq bо‘ladi.
Dо‘konlarda olib borilgan kuzatishlar shuni kо‘rsatadiki,
Kassada kim kо‘proq pul qoldiradi degan savolga ayol bolasi bilan, ayol bir о‘zi, ayol dugonasi bilan va ayol erkak bilan dо‘konga kelganda ayol erkak bilan kelganda kо‘proq pul tashlab ketilar ekan.
Shopping bu о‘zini “men” tushunchasini kо‘rsatishdir. Insonning nimani qayerda sotib olishiga qarab atrofdagilar uni xohishlari va xarakteri tо‘g‘risida xulosa chiqarishlari mumkin.
Sotuvchilar о‘zining sotayotgan tovari tо‘g‘risida, tovarni ishlab chiqargan brend tо‘g‘risida kо‘proq ma’lumotlarga ega bо‘lishi kerak.
Sotuvchilar haridorlarga tovar tо‘g‘risida bor axborotni aytib berishi kerak bо‘ladi.
Shopping yana о‘z о‘ziga sovg‘a qilish demakdir. Insonlar bir birini juda kam maqtashadi va hursand qilishadi. Shu sababli kо‘pchilik insonlar о‘zini hursand qilish maqsadida о‘zlariga yangi buyumlar sotib olishadi.

Download 23.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling