Reja: Mijozlarning uzoq muddatli sodiqligini ta’minlashda shopping va ta’riflar
Mijozlarning uzoq muddatli sodiqligini ta’minlashda savdo xodimlarini vazifalari
Download 23.26 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Mijozlarga xizmat kо‘rsatish qoidalari.
- Фойдаланадиган адабиётлар
2. Mijozlarning uzoq muddatli sodiqligini ta’minlashda savdo xodimlarini vazifalari.
Har bir zamonaviy dо‘konda savdoni olib borish jarayoni bevosita savdo xodimlarining tajribalariga bog‘liq bо‘ladi. Chunki qanchalik dо‘kon chiroyli zamonaviy dizaynga ega bо‘lmasin va u erda brend tovarlari merchandayzing qoidalariga mos joylashtirilgan bо‘lsa, agar savdo xodimlari mijozlarga kerakli zamon talablariga mos muomilani qilmasa bunda mijozlar soni kо‘paymaydi. Zamonaviy merchandayzerlar savdo xodimlarini maxsus tanlovlar asosida tanlab olib ularni maxsus kurslarda о‘qitadilar. Hozirgi vaqtda supermarketlar va boshqa savdo majmualarda joylashgan savdo dо‘konlari о‘rtasida mijozni о‘ziga qaratish va uni ushlab qolish bо‘yicha raqobat kuchli. Bunday raqobatda g‘olib bо‘lish kо‘proq savdo dо‘konida ishlayotgan savdo xodimlarining mijozlarga hizmat kо‘rsatish darajasiga bog‘liq. Savdo xodimlarining asosiy vazifalari - mijozlar tasavvurida dо‘kon imidjini kо‘tarish, mijozlarni dо‘konga yana qaytib kelishiga xoxish о‘yg‘otish va dо‘konga kelgan mijozlarni tovar sotib olishiga yordam berish. 3. Mijozlarga xizmat kо‘rsatish qoidalari. Savdo xodimlari va savdo dо‘konida hizmat kо‘rsatayotgan barcha xodimlar qaerda bо‘lishiga qaramasdan iltifotli va hushmuomila bо‘lishi kerak.Savdo dо‘konidagi barcha xodimlarning yuzidan tabassum arimasligi lozim. Savdo dо‘koniga kirayotgan xaridorni “hush kelibsiz” degan ibora bilan kutib olish lozim.Xaridorlar dо‘konda kimga murojat qilishiga qaramasdan, barcha savdo xodimlari kerakli javobni hushmuomillalik bilan qaytarishlari kerak. Agar xaridor biror narsani tushirib borsa, yoki dо‘kon qо‘riqchisida xaridorni tovarga pul tо‘lamaganlikda gumoni bо‘lsa ham, bu vaziya tni yaxshi muomila bilan hal etish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Savdo hududidagi har bir xodim mijozga e’tiborli bо‘lishi kerak. Mijozlarni har bir savoliga xodimlar e’tibor bilan erinmasdan javob berishlari lozim.Lekin shuni ta’kidlash kerakki, ayrim hollarda savdo xodimlari mijozlarning ketidan yurib ularning jig‘iga tegishi mumkin. Shuning uchun ham savdo xodimlari mijozlarning psixologiyasini yaxshi bilishi kerak. Savdo xodimi dо‘kondagi tovarlar tо‘g‘risida kо‘p ma’lumotlarga ega bо‘lishi lozim va mijozga kerakli maslahatlarni berishni bilishi kerak. Kiyim va poyabzal sotadigan dо‘konlarda sotuvchilar xaridorlarga kerakli о‘lchamdagi va rangdagi modellarni tez taqdim qilishlari kerak. Sotuvchi agar mijoz nohaq bо‘lsa ham uni isbotlashi kerak bо‘lmaydi, chunki mijozni mustaqil va erkin shaxs ekanligini his etishga yordam berishi lozim. Kassa apparatida ishlaydigan xodimning ham savdo dо‘konining imidjini oshirishda roli katta,chunki xaridorning savdo dо‘koni tо‘g‘risida tassavuri va qaytib kelishiga hohishi paydo bо‘ladi. Kassa xodimi ish jarayonida xar hil holatlarga duch kelishi mumkin. Masalan xaridorlar olgan tovarini qaytarib berishlari mumkin yoki xaridorlarni olgan tovarlarini sotib olishga pullari yetmasligi mumkin. Bunday holatlarda ham kassa xodimi sabrli bо‘lib mijozga tushuntirishi kerak bо‘ladi. Savdo hududini tozaligini saqlash uchun, dо‘kondagi tozalovchi xodimlar tozalash jarayonini mijozlar dо‘konda bо‘lganida amalga oshirishga majbur bо‘ladilar. Shuning uchun shuni unutmaslik kerakki, tozalash jarayoni mijozlarga xalaqit bermasligi kerak. Savdo dо‘konida savdo xodimlarini mijozlar bilan ishlashini nazorat qilish uchun, dо‘kon rahbari ti tomonidan kerakli kuzatishlar о‘tkazib turiladi. Bu kuzatuvlar notanish insonlar yordamida amalga oshiriladi va aniqlangan kamchiliklarni tez bartaraf qilish kerak bо‘ladi. Faqatgina mashaqqatli mehnat tufayli savdo xodimlarini kerakli darajada hizmat kо‘rsatishlarini ta’minlash mumkin. Nazorat savollari: 1. Shopping deganda nimani tushunasiz? 2. Savdo xodimlarini asosiy vazifalari tо‘g‘risida aytib bering. 3. Mijozga savdo xodimlari tomonidan hizmat kо‘rsatish qoidalarini aytib bering? 4. Savdo xodimlarining mijoz bilan ishlash texnikasi dо‘kon imidjiga qanday ta’sir etadi? Фойдаланадиган адабиётлар: 1. Наталия Гузелевич. Фокусы мерчандайзинга. изд. Питер. 2010. 2. Хелен Говорек. Закупки в сфере моды. Пер.с англ. Гревцов Паблишер. Минск.2009. 3. Ф.Котлер, К.Л.Келлер. Маркетинг Менеджмент 12-е издание. Питер. 2009. Download 23.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling