«A» tijorat bank rahbariyati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va haqqoniyligi, hamda ichki nazorat tizimi uchun javobgardir.
Auditorlik tashkilotining javobgarligi o‘tkazilgan auditorlik tekshiruviga asosan ushbu moliyaviy hisobot yuzasidan fikr bildirishdan iborat.Biz «A» tijorat bankining ilova qilingan moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat.Biz auditorlik tekshiruvini Auditorlik faoliyatining milliy standartlariga muvofiq o‘tkazdik. Ushbu standartlar moliyaviy hisobot jiddiy buzib ko‘rsatishlarga ega emasligiga yetarli darajadagi ishonchga ega bo‘lishni ta’minlovchi auditorlik tekshiruvini rejalashtirishni va o‘tkazishni taqozo etadi. Auditorlik tekshiruvi auditorlik dalillarini olishga yo‘naltirilgan auditorlik amallarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Auditorlik amallarini tanlash bizning mulohazamizning predmeti hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvi davomida olingan auditorlik dalillar moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risida fikr bildirish uchun yetarlicha asos bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, maxsus qismda qayd etilgan izohlar bilan fikr bildirish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlar natijasida, bizda auditorlik tashkiloti fikrini ifodalash uchun asoslarni ta’minlovchi yetarlicha auditorlik dalillari mavjud.
20XX yil 31 dekabr holatiga ko‘ra miqdori XXX ming so‘m bo‘lgan bank uskunasining qiymati buxgalteriya balansining «Asosiy vositalar» moddasi bo‘yicha aks ettirilmagan. Buning oqibatida, mos ravishda 20XX yil 31 dekabr holatiga ko‘ra, mol yetkazib beruvchi oldidagi XXX ming so‘mlik kreditorlik qarzi buxgalteriya balansining
«tegishli» moddasida aks ettirilmagan. Umuman olganda, ushbu summa
moliyaviy hisobotdagi buzib ko‘rsatishlarning ta’sirini baholash uchun o‘rnatilgan muhimlilik darajasidan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |