Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish
«A» tijorat bank rahbariyatining javobgarligi
Download 266.19 Kb.
|
Банк аудити дарслик.24pdf 200-320
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos
«A» tijorat bank rahbariyatining javobgarligi«A» tijorat bank rahbariyati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va haqqoniyligi, hamda ichki nazorat tizimi uchun javobgardir. Auditorlik tashkilotining javobgarligiAuditorlik tashkilotining javobgarligi o‘tkazilgan auditorlik tekshiruviga asosan ushbu moliyaviy hisobot yuzasidan fikr bildirishdan iborat. Biz «A» tijorat bankining ilova qilingan moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat. Biz auditorlik tekshiruvini Auditorlik faoliyatining milliy standartlariga muvofiq o‘tkazdik. Ushbu standartlar moliyaviy hisobot jiddiy buzib ko‘rsatishlarga ega emasligiga yetarli darajadagi ishonchga ega bo‘lishni ta’minlovchi auditorlik tekshiruvini rejalashtirishni va o‘tkazishni taqozo etadi. Auditorlik tekshiruvi auditorlik dalillarini olishga yo‘naltirilgan auditorlik amallarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Auditorlik amallarini tanlash bizning mulohazamizning predmeti hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvi davomida olingan auditorlik dalillari moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risida fikr bildirish uchun yetarlicha asos bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, maxsus qismda qayd etilgan izohlar bilan fikr bildirish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlar natijasida, bizda auditorlik tashkiloti fikrini ifodalash uchun asoslarni ta’minlovchi yetarlicha auditorlik dalillari mavjud. Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos«A» tijorat bankining «ZZZ» chet el qaram korxonasiga qo‘yilmalari, buxgalteriya balansida 20XX yil 31 dekabr holati bo‘yicha XXX so‘m miqdorida ulushli ishtirok etish usuli bilan hisobga olinib ko‘rsatilgan, hamda «A» tijorat bank ining «ZZZ»korxonasi sof foydasidagi ulushi XXX so‘m miqdorida shu sanada yakunlanadigan yil bo‘yicha «UUU»ning foydasiga kiritilgan. Biz 20XX 31 dekabr holatiga ko‘ra «UUU» ning «ZZZ» chet el qaram korxonasidagi qo‘yilmalarining balans qiymati va «A» tijorat bankning «ZZZ» qaram korxonasining sof foydasidagi ulushi yuzasidan yetarlicha zarur darajadagi auditorlik dalillarini ololmadik, chunki bizga moliyaviy axborotlardan foydalanishga ruxsat berilmadi. Buning oqibatida, bizda ushbu summalarga qandaydir tuzatishlar kiritish kerakligi yoki kerak emasligini aniqlash imkoniyati bo‘lmadi. Download 266.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling