«A» tijorat bank rahbariyati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va haqqoniyligi, hamda ichki nazorat tizimi uchun javobgardir.
Auditorlik tashkilotining javobgarligi o‘tkazilgan auditorlik tekshiruviga asosan ushbu moliyaviy hisobot yuzasidan fikr bildirishdan iborat.Biz «A» tijorat bankining ilova qilingan moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat. Biz auditorlik tekshiruvini Auditorlik faoliyatining milliy standartlariga muvofiq o‘tkazdik. Ushbu standartlar moliyaviy hisobot jiddiy buzib ko‘rsatishlarga ega emasligiga yetarli darajadagi ishonchga ega bo‘lishni ta’minlovchi auditorlik tekshiruvini rejalashtirishni va o‘tkazishni taqozo etadi. Auditorlik tekshiruvi auditorlik dalillarini olishga yo‘naltirilgan auditorlik amallarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Auditorlik amallarini tanlash bizning mulohazamizning predmeti hisoblanadi. Fikr bildirishni rad etish uchun asos bo‘ladigan, maxsus qismda qayd etilgan vaziyatlar natijasida, bizda auditorlik tashkiloti fikrini ifodalash uchun asoslarni ta’minlovchi yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmadi.
«A» tijorat bank «XXX»ning birgalikdagi faoliyatga ulushi 20XX yil 31-dekabr holati bo‘yicha buxgalteriya balansining «tegishli» moddasida XXX ming so‘m miqdorida aks ettirilgan va bu 20XX yil 31- dekabr holatiga ko‘ra sof aktivlar qiymatining 90 % ni tashkil etadi. Biroq, moliyaviy investitsiyalar, shuningdek‚ ular bilan bog‘liq pul oqimlari yuzasidan tashqi dalillarni olish uchun «A» tijorat bank rahbariyati tomonidan cheklovlar va to‘siqlar o‘rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |