Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish


Download 266.19 Kb.
bet9/67
Sana26.02.2023
Hajmi266.19 Kb.
#1231996
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67
Bog'liq
Банк аудити дарслик.24pdf 200-320

B. Hisob tizimi

8

Nomoddiy aktivlar hisobi yuzasidan yagona hisob siyosati mavjudmi?

Mavjud

K3

Hisob siyosatining to‘g‘ri tuzilganligini tekshirib ko‘rish lozim

9

Nomoddiy aktivlar ma’lum bir turlar
bo‘yicha klassifikatsiyalanadi

Ha, klassifikat siyalanadi

K3

Klassifikatsiyalashning to‘g‘ri amalga oshirilganligini tekshirish kerak

10

Yangidan kelib tushgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash tartibi asoslanganligi va ular bo‘yicha amortizatsiya normalari tasdiqlanganmi?

Yo‘q

K1

Amortizatsiya hisoblashning haqiqatdagi holatini tahlil qilib ko‘rish

11

Nomoddiy aktivlar hisobini sxemasi ishlab chiqarilganmi?

yo‘q

K2

Schyotlar korrespondensiyasida ma’lum xatoliklar bo‘lishi mumkin

12

Xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish bo‘yicha schyotlar
korrespondensiyasi yuzasidan
namunaviy sxemalar ishlab chiqilganmi?

Yo‘q

K2

Schyotlar korrespondentsiyasida ma’lum bir xatoliklar uchrashi mumkin

13

Nomoddiy aktivlarni baholash tartiblari aniqlab olinganmi?

Aniqlanm agan

K2

Nomoddiy aktivlarni baholashda ma’lum xatoliklar bo‘lishi mumkin

14

Nomoddiy aktivlar sintetik, analitik hamda dastlabki hujjatlardagi hisob ma’lumotlari qanday davriylik bilan solishtirib turiladi?

Faqatgina yil oxirida

K2

Davriy hisobotlarda xatoliklar mavjudligi ehtimoldan holi emas



Izoh. K1- past daraja; K2 - o‘rtachadan past; Kz - o‘rtacha; K4 – yuqori.
Nomoddiy aktivning bozor qiymatini, ushbu nomoddiy aktivning turi bo‘yicha ikkilamchi aktiv bozoridagi narxlar asosida aniqlash mumkin. Balans hisoboti tuzilayotgan sanada balans qiymati bozordagi bahosidan keskin farq qilmasligi uchun qayta baholanishi muntazam ravishda amalga oshirilib borishi zarur.
Agar ayni paytda qayta baholangan nomoddiy aktivning ikkilamchi bozori mavjud bo‘lmasa, aktivning balans qiymati sifatida
so‘nggi marta qayta baholangan sanadagi qiymat qabul qilinishi lozim. Bunda nomoddiy aktivning hosil qilingan balans qiymati ushbu aktivning tiklanish qiymatidan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Qayta baholash paytida nomoddiy aktivlarning to‘liq qayta tiklanish qiymati, qayta baholash sanasida shu baholanayotgan aktivlarga o‘xshash yangi aktivlarning qiymatiga doir, bozor narxi bo‘yicha tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan narxlar asosida to‘g‘ridan- to‘g‘ri hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta baholash usulini qo‘llashda nomoddiy aktivlarning to‘liq tiklanish qiymatini tegishli hujjatlar bilan tasdiqlash uchun bank, o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilardan foydalanishi mumkin:

  1. ishlab chiquvchi firmalar va ularning maxsus dilerlaridan o‘xshash aktivning narxlari to‘g‘risida yozma ravishda olingan ma’lumotlar;

  2. nomoddiy aktivlarni sotib olish va qayta baholash kunlaridagi Markaziy bank kurslariga nisbatan hisob-kitob koeffitsiyenti aniqlanadigan erkin ayriboshlanadigan valyutada sotib olingan aktivlarning qiymati (tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  3. qayta baholash davrida ommaviy axborot vositalarida va maxsus adabiyotda narxlar darajasi to‘g‘risida e’lon qilingan ma’lumotlar va shakllar;

  4. baholovchining aktiv qiymati to‘g‘risidagi hisoboti.

Qayta baholangandan so‘ng nomoddiy aktivlarning qayta baholangan qiymati ularning balans qiymati va jamg‘arilgan eskirish summasi bilan taqqoslanadi va o‘rtadagi farq summasiga tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.

  1. Agar aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan ortiq bo‘lsa, ushbu oshgan summa 31501 schyotda quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali aks ettiriladi: a) Dt 16601 Kt 31501; b) qayta baholashgacha bo‘lgan va qayta baholangandan keyingi jamg‘arilgan eskirish summalari o‘rtasidagi farq summasiga: Dt 31501 Kt 16605.

  2. Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar qiymatining o‘sgan summasi shu aktiv bo‘yicha ilgarigi qayta baholashning xarajat sifatida

hisobga olingan va qiymatini kamaytirgan summasini qoplaydigan qismigina daromad sifatida tan olinadi.

  1. Agar aktivning qayta baholangandagi qiymati uning balans qiymatidan kam bo‘lsa, unda aktivning summasi kamayadi va bu kamayish quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:

    1. qayta baholashgacha bo‘lgan va qayta baholangandan keyingi jamg‘arilgan eskirish o‘rtasidagi farq summasiga: Dt 16605 Kt 31501.

    2. qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv qiymatining kamayish summasiga Dt 31501 Kt 16601 (ilgarigi o‘sish miqdori doirasida);

  2. Agar 31501 – hisobvaraqdagi kredit qoldiq (nomoddiy aktivlarning aynan shu toifasiga taalluqli qismi) yetarli bo‘lmasa, unda qayta baholangan aktivning qo‘shimcha kamaygan qiymati quyidagicha hisobga olinadi: Dt 55995 Kt 16601.

Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat qilish muddati amortizatsiya normalari yordamida aniqlanadi. Amortizatsiya normalari bank tomonidan ularning boshlang‘ich qiymati va foydali xizmat qilish muddatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Foydali xizmat qilish muddati, obyektdan foydalanish vaqtini o‘z ichiga olgan yillarda, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmida o‘lchanishi mumkin. Aktivning foydali xizmat qilish muddatini aniqlashda quyidagi omillarning barchasi hisobga olinishi lozim:

  1. bank tomonidan aktivdan qanchalik samarali foydalanishdan kelib chiqqan holda kutilayotgan foydalanish;

  2. aktivning namunaviy hayot sikli va foydalanilayotgan shunga o‘xshash aktivlarning foydali xizmat qilish muddatini baholanganligi to‘g‘risida ommaviy axborot olish;

  3. texnik, texnologik va boshqa turdagi eskirishlar. Tez o‘sib borayotgan texnik taraqqiyotni inobatga olib, kompyuter dasturiy ta’minotlari va shunga o‘xshash nomoddiy aktivlarning foydali xizmat qilish muddati qisqa bo‘lishi;

  4. aktiv ustidan nazorat qilish davri va yuridik yoki aktivdan foydalanishning boshqa cheklashlari, jumladan, ijara shartnomalari muddatlarining tugashi;

  5. aktivning foydali xizmat qilish muddatini, bankning boshqa aktivlarini foydali xizmat qilish muddatlariga bog‘liqligi va shu kabilar. Nomoddiy aktivning foydali xizmat qilish muddatini baholashga, foydali xizmat qilish muddatining ortib borishi bilan, ishonch kamayib boradi, chunki chegara mavjud va xalqaro standartlardan kelib chiqib, ba’zi nomoddiy aktivlarning foydali xizmat qilish muddati 20 yildan

oshmaydi.
Agar nomoddiy aktivdan kelajakda keladigan iqtisodiy samaralar ustidan nazorat, yuridik huquqlar (patentlar, mualliflik huquqlariga o‘xshagan) orqali amalga oshirilsa, unda bunday nomoddiy aktivlarning foydali xizmat qilish muddati yuridik huquqlarni amal qilish davridan oshib ketmasligi kerak. Quyidagi holatlar bundan mustasno:

  1. yuridik huquqlar qayta yangilanadigan bo‘lganda:

  2. yangilanish (uzaytirish) haqiqatda aniq bo‘lganda.

Nomoddiy aktivning foydali xizmat qilish muddatiga, mavjud bo‘lgan iqtisodiy hamda huquqiy omillar ta’sir etishlari mumkin: iqtisodiy omillar iqtisodiy samara olish davrini aniqlasa, huquqiy omillar esa bankning ushbu samaralardan foydalanish davrini chegaralaydi. Bu holda foydali xizmat qilish davri ushbu davrlar ichida eng qisqasini tashkil etadi.

  1. rasm. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularning formulasi35


Aktivning amortizatsiyalanadigan summasi uning balans qiymatidan aktivning likvidatsiya qiymatini ayirib tashlash orqali aniqlanadi. Quyidagilardan tashqari hollarda, nomoddiy aktivning likvidatsiya qiymati nolga tenglashtirilib qabul qilinishi lozim:



    1. aktivni foydali xizmat qilish muddati oxirida ushbu aktivni sotib olishga uchinchi shaxs majburiyati borligi; yoki

    2. aktiv uchun amal qilayotgan faol bozor mavjudligi va:

  1. ushbu bozorga asoslanib aktivning likvidatsiya qiymatini aniqlash mumkinligi;




35 Ma’lumotlar asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

  1. aktivning foydali xizmat qilish muddati oxirida shunday bozorining mavjud bo‘lish ehtimolidan holi emasligi.

Amortizatsiya quyidagi uslublarni qo‘llash yo‘li bilan hisoblanadi:

  1. bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usuli;

  2. bajarilgan ishlarning hajmiga proporsional ravishda eskirishni hisoblash usuli;

  3. qoldiqning kamayib borish usuli.

Aktivlarning har xil turlariga amortizatsiya hisoblashning turli usullarini qo‘llash ruxsat etiladi. Bunda bir turdagi nomoddiy aktivlarga faqatgina bitta usul qo‘llanilishi kerak. Eskirishni hisoblashning tanlangan usuli hisob yuritish siyosati tomonidan aniqlanishi va bir hisobot davridan keyingi hisobot davriga ketma-ket ravishda qo‘llanilib borilishi hamda yil davomida o‘zgarmasligi kerak.



    1. Download 266.19 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling