Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va atamalar
Download 266.19 Kb.
|
Банк аудити дарслик.24pdf 200-320
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z bilimini tekshirish bo‘yicha savollar
- 10-bob. AYDITORLIK RISKLARI VA AUDITORLIK XULOSALARI
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va atamalarAsosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, amortizatsiya, inventarizatsiya, qayta baholash qiymati, kamayib boruvchi qoldiq usuli, kumulyativ (yillar summasi) usuli, haqqoniy qiymat. O‘z bilimini tekshirish bo‘yicha savollarAsosiy vositalar va ularni hisobga olishning hisobi? Asosiy vositalarni qayta baholash qanday amalga oshiriladi va uni audit qilish tartibini tushuntiring? Asosiy vositalarni inventarizatsiyasi qanday tartibda tekshiriladi? Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobini tashkil etishning auditi qanday amalga oshiriladi? Nomoddiy aktivlarga qanday eskirish hisoblanadi? O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi xalqaro auditorlik tashkilotlari. Kam baholi tez eskiruvchi buyumlar va asosiy vositalarning tarkibi. Auditorlik guruhlarini tuzish tarkibi. Tez eskiruvchi buyumlar va asosiy vositalar hisobining yuritilishi. Kam baholi buyumlarning hisobdan chiqarilishi. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularni audit qilish tartibi. 10-bob. AYDITORLIK RISKLARI VA AUDITORLIK XULOSALARIAuditorlik faoliyati bilan bog‘liq risklar Auditorlik xulosalari va ularning turlari Auditorlik faoliyati bilan bog‘liq risklar Ma’lumki, respublikamizda islohotlarning chuqurlashtirilishi va iqtisodiyotning erkinlashtirilishi natijasida moliyaviy hisobot axborotlaridan foydalanuvchilarning turlari ko‘paymoqda, moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlash esa auditorlik tashkilotlarining asosiy vazifasiga kiradi. Shu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda batafsil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2018-yil 19-sentyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3946 qarorida bayon etgan: “... auditorlik tashkilotlarini tan olish bo‘yicha mavjud cheklovlar va tanlovlar o‘tkazish amaliyoti ko‘p hollarda insofsiz, shu jumladan, narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda”36. Shubhasiz, hamma vaqt moliyaviy hisobotdan foydalanuv- chilarning xolisona va foydali auditorlik hisoboti va xulosasi bilan ta’minlanishi professional risk kategoriyasiga kiruvchi auditorlik riski bilan uzviy bog‘liq. Bugungi kunda auditorlik riskini baholash muammosi amaliyotda xalqaro audit standartlarini qo‘llash zaruriyati munosabati bilan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 36 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziѐev “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. PQ-3946, 2018-yil,19-sentyabr, www.minfin.uz R.Do‘stmuratovning fikricha, u yoki bu riskning ahamiyatliligi va ko‘lamini aniqlash hamda muayyan auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishda uni pasaytirish yo‘llarini izlash va qo‘llash, auditorlarning mijozlariga qaraganda, ularning o‘zlari uchun muhimroq hisoblanadi37. Audit amaliyotida, auditorlik riski ko‘pincha “yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan” audit riski deb ataladi. Masalan, A.Arensning fikricha, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan auditorlik riski – audit yakunlanganidan va standart auditorlik fikri bildirilganidan so‘ng auditor tomonidan moliyaviy hisobotda katta xatolar bo‘lishi mumkinligini tan olinishiga tayyorligi darajasidir. Shuningdek, xorijiy olimlardan A.Zaytsanu, E.Xlatsius va S.Lukanlarning fikricha, kompaniya duch keladigan auditorlik risklarini baholash va identifikatsiya qilish auditorlik tekshiruvi jarayonida juda muhim qadam bo‘lib hisoblanadi. Risk aslida jamiyat uchun xavf sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan spetsifik hodisa natijasidagi tahdid sifatida ta’riflanadi. Auditorlar tomonidan foydalaniladigan moliyaviy hisobot auditida risklarni identifikatsiya qilish va baholash usullari klassik bo‘lsa, ular keyingi bosqichga olib chiqishlari va darajalarini oshirishlari shart38. Afsuski, mavjud adabiyotlarda auditorlik riskining aniq va bir ma’nodagi ta’rifi yo‘q, ko‘pincha uning mohiyati umumiy holdagina tavsiflanadi. 9-AFMS “Muhimlik va auditorlik riskiˮ nomli standartga muvofiq, auditorlik riski hisobotning ishonchsizligida ishonchliligi haqida fikr bildirishdagina emas, balki hisobot aslida ishonchli bo‘lgan paytda unga ishonchsiz deb fikr bildirishda ham mavjud bo‘ladi39. Shunga asosan, auditorlik riski birinchi va ikkinchi turdagi riskga bo‘linadi. Shunday qilib, 9-AFMS “Muhimlik va auditorlik riskiˮ nomli standartning 11-bandiga muvofiq, auditorlik riski tijorat bankining moliyaviy hisobotida uning ishonchliligi tasdiqlangandan so‘ng aniqlanmagan muhim xatolar va (yoki) o‘zgarishlar bo‘lishi yoki moliyaviy hisobotida bunday xatoliklar bo‘lmagan holda muhim 37 R.D.Dustmuratov Auditorlik faoliyati: nazariya, uslubiyot va amaliyot. T.: “Iqtisod-Moliya” nashriyoti, 2007. – bet. 38 А.Зайцану, Е.Хлациус, С.Лукан “Methods for Risk Identification and Assessment in Financial Auditing” volume 32, 2015 pages 595-602 https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2212567115014379 39 9-sonli AFMS “Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi”- O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi, 03.09.1999y, www.minfin.uz xatoliklar bor deb ko‘rsatilishi ehtimolligini anglatadi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, standartga ko‘ra auditorlik riski, bu hisobotda jiddiy xatolar (noto‘g‘ri dalillar) mavjudligi nuqtayi nazaridan tijorat bankining moliyaviy hisobotlari ishonchliligi bo‘yicha auditorlik firmasining noto‘g‘ri fikr bildirishi ehtimolligidir. Audit va moliyaga oid ayrim manbalarda “riskˮ atamasi turlicha tarjima qilib qo‘llanilmoqda («tavakkalchilik», «xatarlilik», «xavf- xatar», «tahlika», «g‘ov» va h. k). Auditorlik faoliyatiga nisbatan bunday tarjimalar “riskˮ atamasining asl mohiyatini to‘liq ochib bermaydi. Bu borada biz professor T. S. Malikov fikriga qo‘shilamiz. Umuman murakkab ilmiy atamalarni ularning mohiyatini ifodalamaydigan tarjimalar bilan almashtirmasdan, birinchi marta qo‘llanilganida izohlagan holda, keyinchalik aslini qo‘llash maqsadga muvofiq. №9 - “Muhimlik va auditorlik riskiˮ nomli AFMS ga muvofiq: Auditorlik riski – bu auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditorlar tomonidan subyektiv aniqlanadigan, moliyaviy hisobotda, uning ishonchliligi tasdiqlanganidan so‘ng xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda bunday kamchiliklar haqiqatan ham yo‘q bo‘lgan- da, unda kamchiliklar mavjud deb tan olinish ehtimolidir. Faraz qilaylik, agar auditor salbiy xulosa bersa yoki xulosa berishdan voz kechsa o‘zini xavf-xatar ostiga qo‘ymasligi mumkin. Ammo bu noto‘g‘ri fikr, chunonchi, auditor uchun bu holda mijozlarini yo‘qotish xavfi vujudga keladi. Bundan tashqari, auditor har qanday, hatto, mijoz-tijorat bank moliyaviy hisobotini to‘liq tasdiqlaydigan xulosa berganida ham, u shartnoma majburiyatlari bilan bog‘liq xavf- xatarni o‘z zimmasiga oladi. Auditorlik faoliyatida uchraydigan bunday xavf-xatarlar yig‘indisini keyinchalik auditorlik risklarning maqbul to‘plami deb atash mumkin. Ma’lumki, har qanday malakali va puxta o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi ham auditorlik riskini to‘liq bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun auditorlik amaliyotida uning (auditorlik riskining) maqbul chegarasi 5% deb qabul qilingan. Ya’ni, auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan 100 ta auditorlik xulosasidan 5 tasi munozarali masalalar bo‘yicha noto‘g‘ri xulosalar bo‘lishi mumkin. Bunday risk ya’ni, 5% miqdorda noto‘g‘ri xulosa berish ehtimoli auditorlik tashkiloti uchun muhim hisoblanmaydi va uning raqobatbardoshligini pasaytirmaydi. Aksincha, bu ko‘rsatkich (5%)ni yanada pasaytirishga urinish behuda kuch va mablag‘ sarflashga olib keladi hamda raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Umuman auditorlik riskining maqbul to‘plamiga quyidagi shart- sharoitlar asosiy ta’sirini ko‘rsatadi. Download 266.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling