Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish
Auditorlik xulosalari va ularning turlari
Download 266.19 Kb.
|
Банк аудити дарслик.24pdf 200-320
Auditorlik xulosalari va ularning turlariAudit xulosasi barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun, hokimiyat va sud idoralari uchun huquqiy hujjat hisoblanadi41. Bu xulosa matbuotda ham e’lon qilinishi mumkin. Auditning taftishdan asosiy farqi ham mana shunda. Tijorat banklarida o‘tkazilayotgan auditorlik tekshirishlari sifati va ta’sirchanligini oshirish, tashqi audit faoliyatini takomillashtirish, auditorlik firmalari o‘rtasida erkin va sog‘lom raqobat munosabatlarini kuchaytirish hamda aholi va sarmoyadorlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish maqsadida 1996-yil 24-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank auditi tizimini rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Mazkur farmon talablarini bajarilishini ta’minlash va Respublikada bank auditini mustahkamlash maqsadida o‘tgan davr mobaynida Markaziy bank tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda ishlab chiqilgan Auditorlik faoliyati milliy andozalari asosida banklarda auditorlik tekshiruvlari tashkil etiladi. Auditorlik faoliyati milliy andozasi-AFMA “Auditorlik faoliyati to‘јrisidaˮgi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentyabrdagi “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari rolini oshirish to‘g‘risidaˮgi 365-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish elementi hisoblanadi. Andozaning maqsadi auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditorlik hisoboti va auditorlik 41 Asokan Anandarajan, Gary Kleinman International Auditing Standards in the United States: Comparing and Understanding Standards for ISA and PCAOB Business Expert Press, 2014 page 288 xulosasini tuzishning yagona tartibini joriy etish hisoblanadi. Mazkur andoza talablari auditorlik tekshiruvini o‘tkazish va tijorat bankka auditorlik hisoboti hamda auditorlik xulosasini taqdim etish paytida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. Mazkur andozaning №70 esa auditorlik xulosalariga bag‘ishlangan42. Auditorlik hisoboti – tijorat bank rahbari, mulkdori, ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yig‘ilishiga taqdim etiladigan, auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi huquq buzilishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish natijasida olingan va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos hisoblanadigan boshqa axborotdan iborat bo‘lgan hujjat. Download 266.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling