Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


a) Topshiriqni maqsadini belgilash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

a) Topshiriqni maqsadini belgilash. Bu ta’lim oluvchilar guruhi 
tomonidan amalga oshiriladi (Guruhni shakllantirishda o‘qituvchi ta’lim 
oluvchilarning xohish-istagidan kelib chiqqan holda shakllantirishi maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Chunki guruh a’zolari orasida o‘zaro kelishmovchiliklar 
kelib chiqishi va ular topshiriqni bajarish jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazishi 
mumkin). Bunda topshiriqni bajarilishi yuzasidan ular o‘z farazlari, takliflarini 
o‘zaro o‘rtoqlashadilar va bu borada topshiriqni bajarish bo‘yicha o‘z 
takliflarini beradilar. 
b) Topshiriqni bajarishni rejalashtirish. Bu bosqichda guruh yetakchisi 
boshchiligida guruh a’zolari tomonidan belgilangan maqsadga erishish rejasi 
tuziladi. Buning uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlar o‘rganib chiqiladi. 
s) Topshiriqni bajarish. Berilgan topshiriq guruh a’zolari tomonidan 
tuzilgan reja asosida birgalikda yoki alohida-alohida bajariladi. 
d) Baholash. Topshiriq bajarilib bo‘lingandan so‘ng guruh yetakchisi o‘z 
yetakchiligiga baho beradi. Guruh a’zolari esa umumiy guruh ishiga baho 
beradi. 
Topshiriqni bajarish jarayonida guruh ishning samarali bo‘lishi uchun 
professor-o‘qituvchi tomonidan oldindan quyidagi tartibdagi ko‘rsatmalarni 
berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
13
Шу жойда 


51 

guruh a’zolari bir-birini diqqat bilan tinglashi; 

guruh a’zolarini navbat bilan o‘z fikrlarini o‘rtoqlashishi; 

guruh a’zosining fikri bajarilishi talab etilayotgan topshiriqni bajarish 
uchun to‘g‘ri bo‘lmasa ham uni oxirigacha tinglash talab etiladi va h.k. 
Izoh. Topshiriqlarni bajarishni yozma ravishda amalga oshirish ham 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki ba’zi hollarda kishi o‘z fikrini yozma 
holda yaxshiroq va erkinroq ifodalashi mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling