1. Fan boblari va mavzularini o‘rganish. Bu hali mustaqil ish
ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan birinchi bosqich ta’lim oluvchilari uchun
maqsadga muvofiq bo‘lib, uning natijalari bajarilgan referat, individual
topshiriq, seminar kabilar orqali tekshiriladi.
2. Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish.
Bunda o‘qituvchi asosiy materialni bayon etishga katta e’tibor qaratadi.
Tarqatma material har bir ma’ruza uchun tayyorlanadi. Ushbu ishlarning
natijalari tegishli nazorat bosqichlarida tekshiriladi.
3. Avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi, nazorat qiluvchi tizimlar bilan
ishlash. Bu ma’ruza, laboratoriya ishlari yoki seminar va amaliyot
mashg‘ulotlarga tayyorgarlik doirasida olib borilib, barcha bosqich ta’lim
oluvchilariga taalluqli.
4. Maxsus, ilmiy adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘lim va mavzulari ustida
ishlash. Bular hisoblash-grafik topshiriqlar, referat, kurs ishi loyihalari, bitiruv
malakaviy ishlarni bajarishda barcha bosqich ta’lim oluvchilari uchun
ahamiyatli. Uning natijalari tegishli Nizom talablari asosida tekshiriladi.
6. Ta’lim oluvchining ilmiy tekshirish ishlarini bajarish bilan bog‘liq
bo‘lgan fan bo‘limi yoki mavzularini chuqur o‘rganish. Bu barcha bosqich
ta’lim oluvchilari uchun maqsadga muvofiq.
Mustaqil ishlarni yuqoridagi tartibda tashkil etishda ta’lim oluvchilar bilan
bevosita ishlash vaqtining chegaralanganligini hisobga olgan holda uning
samarali bo‘lishi uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va quyidagilarga amal qilishi
talab etiladi:
47
1. Har bir beriladigan topshiriq ta’lim oluvchining bilim darajasiga mos
kelishi shart. Aks holda, ta’lim oluvchining topshiriqlarni bajarishga bo‘lgan
qiziqishlari oshmaydi. Chunki, topshiriq qiyin bo‘la, ta’lim oluvchi uni xato
bajaradi va bajarish jarayonida unda ishonchsizlik hissi kuchayadi.
2. Topshiriqlar sistemasini didaktikaning “oddiydan murakabga tomon”
tamoyiliga amal qilgan holda ishlab chiqilsa, ko‘zlangan maqsadga erishish
samarali bo‘ladi. Ayniqsa, berilayotgan mustaqil ish o‘rganilgan mavzuning
davomi bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bunda har bir o‘rganilgan yangi mavzu
ta’lim oluvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirganliklarini hisobga olish
muhimdir
Do'stlaringiz bilan baham: |