Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


Fan boblari va mavzularini o‘rganish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

1. Fan boblari va mavzularini o‘rganish. Bu hali mustaqil ish 
ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan birinchi bosqich ta’lim oluvchilari uchun 
maqsadga muvofiq bo‘lib, uning natijalari bajarilgan referat, individual 
topshiriq, seminar kabilar orqali tekshiriladi. 
2. Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish. 
Bunda o‘qituvchi asosiy materialni bayon etishga katta e’tibor qaratadi. 
Tarqatma material har bir ma’ruza uchun tayyorlanadi. Ushbu ishlarning 
natijalari tegishli nazorat bosqichlarida tekshiriladi. 
3. Avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi, nazorat qiluvchi tizimlar bilan 
ishlash. Bu ma’ruza, laboratoriya ishlari yoki seminar va amaliyot 
mashg‘ulotlarga tayyorgarlik doirasida olib borilib, barcha bosqich ta’lim 
oluvchilariga taalluqli. 
4. Maxsus, ilmiy adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘lim va mavzulari ustida 
ishlash. Bular hisoblash-grafik topshiriqlar, referat, kurs ishi loyihalari, bitiruv 
malakaviy ishlarni bajarishda barcha bosqich ta’lim oluvchilari uchun 
ahamiyatli. Uning natijalari tegishli Nizom talablari asosida tekshiriladi. 
6. Ta’lim oluvchining ilmiy tekshirish ishlarini bajarish bilan bog‘liq 
bo‘lgan fan bo‘limi yoki mavzularini chuqur o‘rganish. Bu barcha bosqich 
ta’lim oluvchilari uchun maqsadga muvofiq. 
Mustaqil ishlarni yuqoridagi tartibda tashkil etishda ta’lim oluvchilar bilan 
bevosita ishlash vaqtining chegaralanganligini hisobga olgan holda uning 
samarali bo‘lishi uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va quyidagilarga amal qilishi 
talab etiladi: 


47 
1. Har bir beriladigan topshiriq ta’lim oluvchining bilim darajasiga mos 
kelishi shart. Aks holda, ta’lim oluvchining topshiriqlarni bajarishga bo‘lgan 
qiziqishlari oshmaydi. Chunki, topshiriq qiyin bo‘la, ta’lim oluvchi uni xato 
bajaradi va bajarish jarayonida unda ishonchsizlik hissi kuchayadi.
2. Topshiriqlar sistemasini didaktikaning “oddiydan murakabga tomon” 
tamoyiliga amal qilgan holda ishlab chiqilsa, ko‘zlangan maqsadga erishish 
samarali bo‘ladi. Ayniqsa, berilayotgan mustaqil ish o‘rganilgan mavzuning 
davomi bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bunda har bir o‘rganilgan yangi mavzu 
ta’lim oluvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirganliklarini hisobga olish 
muhimdir

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling