Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g
O‘quv adabiyotlardan foydalanish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
7.Matematika o\'qitish metodikasi
O‘quv adabiyotlardan foydalanish
Ma’lumki, an’anaviy ta’lim tizimida mustaqil ravishda adabiyotlar va o‘quv mashg‘ulotiliklarni o‘rganishda juda ko‘p hollarda kerakli ma’lumotlar ulardan ko‘chirib olinar edi. Bugungi kunda bunday yo‘l bilan bilimlar bazasini oshirib bo‘lmaydi. Chunki axborotlar oqimining uzluksiz ravishda shiddat bilan oshib borishi har bir mutaxassis yoki bo‘lg‘usi mutaxassisdan ko‘chirib olgan har bir ma’lumot yoki qoidalar yoki tushunchalarning har birini o‘z vaqtida shaxsiy fikrlariga tayangan holda sharhlay olishi hamda asoslab bera olishini talab etadi. Bular esa o‘z navbatida oldindan o‘rganilgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va 44 kompetensiyalarni ongli ravishda o‘zlashtirgan hamda anglagan bo‘lishini talab etadi. Aks holda biz ham, ta’lim oluvchi ham ko‘zlangan maqsadga erisha olmaymiz. Chunki, ta’lim oluvchi tomonidan o‘rganilgan yoki o‘rganilayotgan biror mavzu yoki fanni o‘zlashtirishda uni yaxshi bilib olishni o‘zi yetarli bo‘la olmaydi. Negaki, oldindan egallangan bilimlar darajasi o‘z amaliy faoliyatida yoki yangi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonidagi amaliy vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Bunda ta’lim oluvchilar mustaqil ishlarini quyidagi qismlarga ajratish mumkin: Ma’ruza matnlarini o‘qish; O‘rganilayotgan mavzuga aloqador bo‘lgan turli o‘quv va ilmiy metodik adabiyotlarni o‘qish, undagi tushunchalarni tahlil qilish va shu asosida matn tuzish; Mazkur jarayonda alohida e’tiborni qaratish zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘quv mashg‘ulotilikdan o‘qish; Olingan barcha ma’lumotlarni umumlashtirish va yakuniy xulosa chiqara olish va h.k. Ma’lumki, o‘quv mashg‘ulotilik ta’lim maqsadlariga erishish va uning samaradorligini oshirishda asosiy ta’lim vositasi hisoblanib, u ta’lim oluvchining mustaqil ta’lim olishida muhim o‘rin tutadi. Chunki, o‘quv mashg‘ulotilik – o‘rganilayotgan fan bo‘yicha dasturga asoslangan holda yaratilgan bo‘lib, u mazkur fan bo‘yicha butun materiallarni qisqartilgan holda bo‘lsa ham o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi va yetarli darajada o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan majburiy bilimlar hajmini belgilab beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling